Ohangaron shahar 7-sonli imkooniyati cheklangan
Download 0,51 Mb.
|
1 2
Bog'liqSattarova M.K. ochiq dars logopediya disgrafiya V-F
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqsadlar: Ta’limiy maqsad
- Korreksion maqsad
- Mashg’ulot o’tish metodi
Ohangaron shahar 7-sonli imkooniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab o’qituvchisi Sattarova Muxlisaning logopediya fanidan “Aytilishiga ko’ra o’xshash undosh harflarni farqlash: V-F” mavzusidagi bir soatlik mashg’ulot ishlanmasi Sinf: 5-A Fan: Logopediya Mavzu: Aytilishiga ko’ra o’xshash undosh harflarni farqlash: V-F Maqsadlar: Ta’limiy maqsad: Aytilishiga ko’ra o’xshash V-F undosh harflarni og’zaki va yozma nutqda farqlashga oid bilim, ko’nikma va malaka bilan qurollantirish; Tarbiyaviy maqsad: -chiroyli va xatosiz yozishni tarbiyalash; -mashg’ulotga ijobiy motivatsiyani uyg’otish; -o’z nutqini nazorat qilishga o’rgatish; Korreksion maqsad: -V-F undosh tovushlarini to’g’ri talaffuzini rivojlantirish; -nuqtalar o’rniga tushurib qoldirilgan harflarni qo’yish malakasini rivojlantirish; -fonematik idrokni rivojlantirish; -og’zaki yozma nutqini rivojlantirish; -lug’at boyligini rivojlantirish; -bilish jarayonlarini rivojlantirish; -mayda qo’l motorikasini rivojlantirish; -diktovka asosida to’g’ri yozish malakasini rivojlantirish; Mashg’ulot jihozi: oyna, predmetli rasmlar, kartochka, didaktik o’yinlar, “Barmoqlar mashqi” o’yini, nafas mashqlari uchun o’yinlar to’plami, prezintatsiya. Mashg’ulot o’tish metodi: Aqliy hujum,aralash, interfaol, o’yin. Texnik jihozlar: slayd, kompyuter, televizor. Mashg’ulotning borishi: I.Tashkiliy qism. Mashg’ulotni she’r bilan boshlab olamiz. O’qituvchi: Salom, aziz bolalarim, Gulu rayhon, lolalarim Qani, tinglang so’zlarim Jajji o’g’il-qizlarim. Ona yurt egasi – siz, Istiqlol ertasi – siz, Bo’ling aqli rasolar, Ham bilimdon, donolar. Bugun oddiy mashg’ulot emas, Balki sinov mashg’ulotidir, O’tib olsak sinovdan Bu hammaga yaxshidir. Qani, ayting, bolalar, Kim navbatchi bo’ladi? Bugungi kun hisobin Menga aytib beradi? O’quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligi va navbatchi axboroti tinglanadi? Ikki guruhga bo’linib olamiz. Birinchi guruhga “Quyoshcha”va ikkinchi guruhimizga “Yulduzcha” deb nomlaymiz. Download 0,51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling