Tarixiy-an'anaviy tamoyil - So'zlarning hozirgi talaffuz normasiga mos kelmaydigan, qadimdan o'zlashib qolgan shaklda yozilishi tarixiy-an'anaviy tamoyil deyiladi. Boshqacha aytganda, so'zlar hozirgi holatiga ko'ra emas, balki an'ana tusiga kirib qolgan qoidaga ko'ra yoziladi: Chor Rossiyasi, pudratchi, fahm, rahm kabi.
- Hozirgi orfografiyada tarixiy-an'anaviy tamoyil asosida yoziluvchi ba'zi shakllar quyidagilar:
- 1. Buyruq-istak mayli (-gin) mumtoz adabiyotimizda qo'llanib kelgan an'ana (she'riyat talabi)ga ko'ra -gil, -g'il tarzida ishlatiladi: borgil // borg'il.
- Meni kutgil va men qaytarmen (K.Simonov) Bas, yetar, cholg'uvchi, bas qil sozingni, Bas, yetar ko'ksimga urmagil xanjar (A.Oripov).2. Maqsad ma'nosini anglatuvchi -gani shaklining -gali, -g'ali, -kali, -qali shakllari:
- Ko'rgali keldingmu yor, Kuydirgali keldingmu yor (qo'shiq).
Etimologik yoki grafik tamoyil - O'zlashgan so'zlarning qadimgi etimologik yoki grafik holatini saqlab qolish asosida yozish imloda etimologik yoki grafik tamoyil deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, yozuvda o'zlashma so'zning etimologiyasi saqlanadi. Masalan, Navoiy, Lutfiy, Maoniy, mutolaa, mushoira, muammo kabi so'zlar ham shu tamoyil asosida yozilgan. Rus tili va u orqali o'zlashgan rol, sentner, tender, kompyuter, bank, senator, aksiya kabi so'zlar etimolo-gik-grafik tamoyil asosida yozilmoqda. Shunisi xarakterliki, o'zbek tili talaffuzi uchun qiyin bo'lgan ba'zi ruscha-internatsional so'zlar hozirgi orfografik qoidalarga ko'ra, istisno tarzda, tilimizning talaffuz xususiyat-lariga moslab yoziladi va talaffuz qilinadi: kiosk – kioska, propusk – propuska, otpusk – otpuska, bank – banka kabi.
- Ayni vaqtda orfografiya tamoyillari o'rtasida uzviy aloqa ham mavjud. Oilaviy, Navoiy kabi so'zlarning oxiridagi -viy, -iy qo'shimchalari tarixiy-an'anaviy tamoyilga ham, etimologik-grafik tamoyilga ham mos keladi.
- Jo'nalish kelishigi shakli -ga, -ka, -qa yozilishida fonetik va morfologik tamoyillar mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |