Organik birikmalar klassifikatsiyasi. Uglevodorodlar. Yuqoru molekulyar birikmalar. Ularni qurilish, avtotransport, temir yo’l va aviatsiya sohalarida qo’llanilishi


Download 61.09 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi61.09 Kb.
#1114179
Bog'liq
5- мавзу

Organik birikmalar klassifikatsiyasi. Uglevodorodlar. Yuqoru molekulyar birikmalar. Ularni qurilish, avtotransport, temir yo’l va aviatsiya sohalarida qo’llanilishi.

Tartibiga uglerod elementi kiradigan birikmalar organik birikmalar deyiladi.

Organik birikmalar tarkibida C-dan tashqari H2, O2, N2, S ,P va galogenlar va ayrim metallar bo`ladi.

Оrganik birikmalarining kimyoviy tuzilish nazariyasini

1861 yili A.M. Butlerov o`zining organik birikmalarining kimyoviy tuzilish nazariyasini yaratdi. Uning asosiy qoidalari:

1- Molekulada atomlar bir-biri bilan valentliklarga muvofiq holda muayyan ketma-ketlikda birikkan.

2- Moddalarning xossalari molekulalarning bir-biri bilan qaysi tarkibda birikkanligiga, kimyoviy tuzilishiga ham bog`liq.

3- Molekulani hosil qilgan atomlar bir-biriga ta`sir etadi, molekulalarni reaksiyaga kiritish xususiyati ana shu ta`sirga ham bog`liq bo`ladi.

4. Kimyoviy xossalari jihatdan o`xshash, tarkibi bir-biridan – CH2 gruppaga farq qiladigan birikmalar gomologlar deyiladi. To`yingan uglevodorodlar (alkanlar) gomologik qatorga misol bo`la oladi.

Uglevodorodlar 

Uglevodorodlar — molekulalari faqat uglerod va vodorod atimlardan tuzilgan organik birikmalar sinfi. U tuzilishiga koʻra, atsiklik yoki alifatik (molekuladagi uglerod atomlari birbiri bilan chiziqli yoki tarmoklangan zanjir boʻlib boglangan), izotsiklik yoki karboiiklik (molekulasi 3 ta va undan koʻp uglerod atomi halqasi — siklidan iborat) xilga boʻlinadi. Bu guruh U. atsiklik va aromatik uglevodorodlardan iborat (yana qarang. Atsiklik U toʻyingan uglevodorodlar va toʻyinmagan uglevodorodlarsan tashkil topgan. 

To`yingan (“CH”) uglevodorodlarning gomologik qatori CnH2n+2


Metan –CH4
Etan-C2H6
Propan-C3H8
Butan-C4H10
Butan-C4H10

Geksan-C6H14
Geptan-C7H16
Oktan-C8H18
Nonan-C9H20
Dekan-C10H22

Barcha to'yingan uglevodorodlar yonadi va yoqilg'i sifatida ishlatilishi mumkin. Ular neft tarkibida bulib, neftni qayta ishlash jarayoni maxsulotidir .

Yuqori molekulali organik birikmalar

Kelib chiqishi bo‘yicha yuqori molekulali organik birikmalar tabiiy, masalan, oqsillar, nuklein kislotalar, tabiiy smolalar va sintetiklarga bo‘linadi. Masalan, polietilen polipropilen fenol-formaldegid qatronlari.

Polietilen - etilenning polimerizatsiyasi jarayonida, masalan, uni 150-250 °C da 150-250 MPa ga siqish orqali hosil bo'lgan polimer (yuqori bosimli polietilen)

nСН2 = СН2 (-СН2-СН2-)n

этилен полиэтилен

Yuqori molekulyar kimyoviy birikmalarning eng muhim xarakteristikalari kimyoviy tarkibi, molekulyar og'irligi va molekulyar og'irlikning taqsimlanishi, makromolekulaning tarmoqlanish darajasi va moslashuvchanligi, stereo qonuniylik va boshqalardir.Polimerlarning xossalari sezilarli darajada shu belgilarga bog'liq.

Yuqori molekulyar kimyoviy birikmalarning eng muhim xarakteristikalari kimyoviy tarkibi, molekulyar og'irligi va molekulyar og'irlikning taqsimlanishi, makromolekulaning tarmoqlanish darajasi va moslashuvchanligi, stereo qonuniylik va boshqalardir.Polimerlarning xossalari sezilarli darajada shu belgilarga bog'liq.

Mexanik mustahkamlik, elastiklik, elektr izolyatsiyasi va boshqalar tufayli polimer mahsulotlarining qimmatli xususiyatlari sanoatning turli sohalarida va kundalik hayotda qo'llaniladi.

Polimer materiallarning asosiy turlari plastmassalar, kauchuklar, tolalar, laklar, bo'yoqlar, yopishtiruvchi moddalar, ion almashinadigan smolalardir. Biopolimerlarning ahamiyati ular barcha tirik organizmlarning asosini tashkil etishi va deyarli barcha hayotiy jarayonlarda ishtirok etishi bilan belgilanadi.


Download 61.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling