Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi
Download 142.09 Kb.
|
Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi
sp2-Gibridlangan ikkita orbitalning bir-birini qoplashi natijasida sp2-sp2-tipidagi C–C-bog‘i hosil bo‘ladi (14-rasm, A).
Har qaysi uglerod atomida qolgan bittadan p-orbital etilen joylashgan tekislikka perpendikulyar yo‘nalishda bir-birini qoplaydi. Natijada -bog‘ yuzaga keladi. Etilen molekulasidagi - va -bog‘larning joylashishi 14-rasm, B da ko‘rsatilgan. A B 14-rasm. Etilen molekulasining tuzilishi Demak, etilen molekulasidagi jami oltita bog‘ning bittasi sp2-sp2 -tipidagi C–C -bog‘i, bittasi 2p-2p-tipidagi -bog‘, to‘rttasi esa 2sp2-1s tipidagi C–H -bog‘lardir: a = 2sp2 2sp2 b = 2p 2p d = 1s 2sp2 Uglerod atomining sp2-gibridlangan holatiga uning ikkinchi valentlik holati deyiladi. sp2-Gibridlangan uglerod atomining elektromanfiyligi 2,8 ga teng. Agar gibridlanish bitta s- va bitta p-orbital hisobiga sodir bo‘lsa, bunday gibridlanish sp-gibridlanish deyiladi(15-rasm). 15-rasm. Uglerod atomining sp-gibridlanishi Hosil bo‘ladigan ikkita bir xil gibrid orbital bir-biri bilan 180 burchak ostida joylashsagina, ular o‘rtasidagi o‘zaro itarilish minimal bo‘ladi(16-rasm). 16-rasm. sp-Gibridlangan uglerod atomi. sp-Gibridlanish holatidagi uglerod atomi «uchinchi valentlik holatda» deb ataladi. sp-Gibridlanishda ikkita «foydalanilmagan» sof orbital ortib qoladi. Ikkita sp-uglerod atomlaridan atsetilen molekulasi hosil bo‘lishida gibrid orbitallar -bog‘ hosil qilib bog‘lanadi(17-rasm, A). Har qaysi uglerod atomida ortib qolgan ikkitadan p-orbital esa bir-birini o‘zaro perpendikulyar tekislikda qoplaydi (17-rasm, B). A B 17-rasm. Atsetilen molekulasining tuzilishi Demak, atsetilen molekulasidagi uglerod atomlari ikkita - va bitta-bog‘ orqali bog‘langan: sp-gibridlangan uglerod atomining elektromanfiyligi 3,1ga teng. Download 142.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling