Organik kimyo


Yakuniy nazorat savollari


Download 290 Kb.
bet5/8
Sana05.11.2023
Hajmi290 Kb.
#1748779
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
78225 Organik kimyo 2-kurs yakuniy yangi (2)

Yakuniy nazorat savollari

  1. Organik moddalar tuzilish nazariyasi.

  2. Induksion va mezomer ta’sirlar va izomeriya xodisasi.

  3. Alkanlar gomologik qatori va nomlash, olinish usullari.

  4. Alkanlar fizik va kimyoviy xossalari.

  5. Kokslash. Uning amalga oshirish sharoiti va mahsulotlari.

  6. Neft va neft mahsulotlari,

  7. Neftni birlamchi va ikkilamchi qayta ishlash

  8. Alkanlar galogenli birikmalari va gomologik qatori.

  9. Galogenalkanlarning olinishi

  10. Galogenalkanlarning kimyoviy xossalari

  11. Galogenli alkanlarni ishlatish

  12. Nukleofil o’rin olish reaktsiyalari .SN1 mexanizm

  13. Nukleofil o’rin olish reaktsiyasi. SN2 mexanizm

  14. Ko’p galogenli alkanlar.

  15. Ftorli alkanlar. Olinishi va xossalari.

  16. To’yinmagan galogenli birikmalar va ularning xossalari.

  17. Freonlarning ishlatilishi.

  18. Sikloalkanlar, gomologik qatori va xossalari.

  19. Alkenlar.Ularning gomologik qatori va nomlash.

  20. Alkenlar olinishi va xossalari

  21. Alkenlarning ishlatilishi.

  22. Alkadienlar. Ularnig gomologik qatori va nomlash.

  23. Alkadienlar olinish usullari va xossalari, alkadienlarning ishlatilishi

  24. Alkinlar. Ularnig gomologik qatori va nomlash,

  25. Alkinlar olinishi

  26. Alkinlarning xossalari, alkinlarnig ishlatilishi

  27. Aromatik uglevodorodlar. Ularnig gomologik qatori.

  28. Aromatik radikallar, arenlarnig olinish usullari.

  29. Arenlarda 1- guruh orientatlari

  30. Arenlarda 2- guruh orientatlari.

  31. Arenlarning fizik va kimyoviy xossalari, arenlarnig ishlatilishi

  32. Kislorodli birikmalar. Bir atomli spirtlar va ularnig gomologik qatori.

  33. Bir atomli to’yingan spirtlar nomlash, olinish usullari

  34. To’yingan ikki atomli spirtlar gomologik qatori va nomlash.

  35. To’yingan ikki atomli spirtlarni olish va xossalari.

  36. To’yingan ikki atomli spirtlarining ishlatilishi

  37. Uch atomli spirtlar va ularning gomologik qatori.

  38. Uch atomli spirtlar olinish usullari va xossalari.

  39. Ikki va uch atomli spirtlarning ishlatilishi.

  40. Bir atomli fenollar. Gomologik qatori va nomlash.

  41. Bir atomli fenollarning olinish usullari,

  42. Bir atomli fenollarning xossalari vaishlatilishi.

  43. Ikki va uch atomli fenollar, nomlash, olish va xossalari, ishlatilishi

  44. Oddiy efirlar va ularnig gomologik qatori, olinishi va xossalari.

  45. Oksibirikmalar. Al’degidlar va ularnig gomologik qatori.

  46. Al’degidlarning nomlash va olinish usullari,

  47. Al’degidlarning fizik va kimyoviy xossalari, ishlatilishi.

  48. Ketonlar va ularning gomologik qatori, olinish usullari va xossalari.

  49. Aromatik al’degidlar va ularning gomologik qatori .

  50. To’yingan bir asosli karbon kislotalar va ularning gomologlari.

  51. Bir asosli to’yingan karbon kislotalar nomlash va olinish usullari.

  52. Bir asosli to’yingan kislotalar fizik va kimyoviy xossalari.

  53. Bir asosli to’yingan karbon kislotalarning ishlatilishi

  54. To’yinmagan bir asosli karbon kislotalar gomologik qatori va nomlash

  55. To’yinmagan bir asosli karbon kislotalar olinish usullari

  56. To’yinmagan bir asosli karbon kislotalar xossalari.

  57. To’yinmagan bir asosli kislotalarnig ishlatilishi.

  58. Aromatik bir asosli karbon kislotalar va gomologik qatori.

  59. Aromatik bir asosli karbon kislotalar olinish usullari

  60. Aromatik bir asosli karbon kislotalarning xossalari.

  61. Ikki asosli to’yingan karbon kislotalar. Gomologik qatori, nomlash.

  62. Ikki asosli to’yinmagan karbon kislotalar olinish usullari

  63. Ikki asosli to’yinmagan karbon kislotalar xossalari

  64. Ikki asosli to’yinmagan karbon kislotalar ishlatilishi.

  65. Aromatik ikki asosli karbon kislotalar, gomologik qatori, nomlash.

  66. Aromatik ikki asosli karbon kislotalar olinish usullar

  67. Aromatik ikki asosli karbon kislotalar xossalari.

  68. Yog’lar va moylar. Ularning gomologik qatori va nomlash.

  69. Yog’larning olinishi va xossalari.

  70. Nitrobirikmlar va ularning gomologik qatori.

  71. Nitrobirikmalarning olinish usullari va xossalari, ishlatilishi

  72. Alifatik aminlar va gomologik qatori.

  73. Alifatik aminlarning olinish usullari

  74. Alifatik aminlarning xossalari va ishlatilishi

  75. Aromatik aminlar.Gomologik qatori, nomlash.

  76. Aromatik aminlarning ishlatilishi.

  77. Aromatik aminlarning olinish usullari, aromatik aminlarning xossalari.

  78. Aminofenollar va ularning gomologik qatori va nomlash, olish va xossalari

  79. Diazobirikmalar va ularnig nomlash va gomologik qatori.

  80. Metallorganik birikmalarning fizik va kimyoviy xossalari

  81. Bir asosli oksikislotalar. Gomologik qatori va nomlashi

  82. Oksikislotalarning olinishi va xossalari.

  83. Bir asosli oksikislotalarning ishlatilishi.

  84. Ikki va uch asosli oksikislotalar nomlash va gomologik qatori,

  85. Ikki va uch asosli oksikislotalar olinish usullari va xossalari

  86. Aminokislotalar va ularnig gomologik qatori, nomlash va olinish usullari.

  87. Aminokislotalarning xossalari va qo’llanishi.

  88. Peptidlar va oqsillar. Ularning tuzilishi va olinishi.

  89. Oqsillaring fizik va kimyoviy xossalari.

  90. Uglevodlar va ularning turlari.

  91. Uglevodlar gomologik qatori,olinish usullari, xossalari

  92. Monosaxaridlar olinishi xossalari

  93. Disaxaridlar.Ularning turlari va nomlash,

  94. Disaxaridlar, fizik va kimyoviy xossalari

  95. Polisaxaridlar, xossalari

  96. Besh a’zoli bir geteroatomli geterosiklik birikmalar.

  97. Furan, tiofen va pirrol olinish usullari.

  98. Furan fizik va kimyoviy xossalari .

  99. Tiofen fizik va kimyoviy xossalari

  100. Pirrolning fizik va kimyoviy xossasi.

  101. Furan, tiofen va pirrolning ishlatilishi.

  102. Besh a’zoli ikki geteroatomli birikmalar, olinish usullari, fizik va kimyoviy xossalari

  103. Olti a’zoli geterosiklik birikmalar olinishi,

  104. Olti a’zoli geterosiklik birikmalar fizik va kimyoviy xossalari

  105. Piridinning ishlatilishi

  106. O’zbekistonning kimyogar olimlari. Ularning organik kimyo fani taraqqiyotiga qo’shgan hissasi.

  107. Murakkab efirlarinng olinishi va nomlash. Murakkab efirlarning fizik va kimyoviy xossalari. Murakkab efirlaring ishlatilishi.

  108. Limon kislotasi sul’fat kislota tahsirida qizdirilganda boradigan reaksiya tenglamasini ifodalang.

  109. Monosaxaridning uglerod atomlari zanjirini qayday uzaytirish mumkin.

  110. Kraxmalning kimyoviy tuzilishi va xossasini tushuntiring.

  111. Magniy organik va boshqa birikmalardan foydalanib ikkilamchi spirtlarni hosil etish tenglamasini ifodalang.

  112. Gofman reaktsiyasi asosida uchlamchi butil bromiddan amin olish tenglamasini tuzing.

  113. Metan va etan kislotalar aralashmasi sulfat kislota ishtirokida 46 g etanol bilan reaktsiyaga kirishib 82,4 g murakkab efirlar aralashmasi olingan bo’lsa, boshlangich aralashmadagi kislotalarning miqdorini ( mol ) tarkibini toping.

  114. 0,5 mol tristearin gidrolizga uchraganda necha mol kislota va glitserin hosil bo’ladi. Reaksiya unumi 75 % bo’lganda , glyukozaning bijg’ishi natijasida 54 g sut kislota hosil bo’lgan. Shu miqdordagi glyukoza hosil bo’lishi uchun qayday massadagi saxaroza sarf bo’lgan ?

  115. 0,27 g aromatik diamin yondirilganda 56 ml azot ajralgan bo’lsa, aminning molyar massasini toping.

  116. 20,25 g adeninni to’la yondirish uchun yetarli miqdorda kislorod olishga necha gramm kumush nitrat sarflanadi ?

  117. CxHyN yonishida sarflangan O2 miqdori 1,05 mol , hosil bo’lgan CO2 0,8 mol va hosil bo’lgan N2 miqdori ) 0,1 mol bo’lsa, moddani aniqlang.

  118. Massasi 15,8 g bo’lgan piridinni yoqish uchun zarur bo’lgan kislorodni olish uchun necha gramm kaliy permanganatni parchalash kerak ?

  119. 250 g 2- aminopropan olish uchun necha gramm 2- nitropropanni katalitik qaytarish kerak ? Reaktsiya unumi 92 %.

  120. 22,4 l( n.sh.) karbonat angidrid , 0,5 mol suv va 6,02.10 22 dona azot molekulasi azotli geterohalqali birikma yondirilganda hosil bo’lsa, ushbu birikma nomini aniqlang.

  121. 3. Furandan pirrol ( reaksiya unumi 75 %), pirroldan tiofen (reaksiya unumi 80%) olinganda oxirgi mahsulot massasi boshlangich modda massasidan 4,4 g ga kam bo’lsa, hosil bo’lgan tiofen massasini (g) toping.

  122. Magniy organik va boshqa birikmalardan foydalanib (chumoli al’degidini ishlatmasdan) a) 1- butanol ; b) 3 –metil- 1 -butanol ; v) 4 – metil- 1- pentanol; g) 1- geksanolni sintez etish reaktsiya tenglamasini yozing.

  123. Metan va metilamin aralashmasini xlorid kislota eritmasi orqali o’tkazilganda gazlar aralashmasi 2 marta kamaydi. Boshlangich aralashmada metanning massa ( foizda ) ulushini aniqlang.

  124. Anilin va fenoldan iborat 4,67 g aralashmani neytrallash uchun kaliy gidroksidning 2,24 %li ( r =1,02 g /ml) eritmasidan 49.02 ml sarflandi. Boshlangich aralashma tarkibidagi anilin va fenolning massasini toping.

  125. 3. Tarkibi С4H11N bo’lgan nechta izomeri bor ?

  126. Molekulyar massasi 7500 ga teng bo’lgan 60 g halqasimon oqsil gidrolizi natijasida 62,2 g aminokislotalar aralashmasi hosil bo’lgan bo’lsa, oqsillardagi peptid bog’lar sonini toping.

  127. 72 g glyukozaning moy kislotali achishi natijasida (reaktsiya unumi 75 % ) necha litr ( n.sh.) oddiy modda ajralib chiqadi ?

  128. С4Н6О2 tarkibli formulaga to’g’ri keladigan to’yinmagan karbon kislota va murakkab efirning izomerlar soni nechta ?

  129. Qaysi moddalar orasida murakkab efirlar hosil bo’ladi. 1. Glitserin 2. Natriy gidroksid 3. Mis(II ) -gidroksid 4. Sellyuloza 5. nitrat kislota 6. Kumush (I ) -oksidning ammiakli eritmasi 7. Sirka angidrid

  130. 15 g glitsin bilan NaOH ning 100 ml 0,2 mol /l eritmasi o’zaro tahsirlashganda hosil bo’lgan tuzning massasini toping.

  131. Magniy organik va boshqa birikmalardan foydalanib (chumoli al’degidini ishlatmasdan) a) 1- butanol ; b) 3 –metil- 1 -butanol ; v) 4 – metil- 1- pentanol; g) 1- geksanolni sintez etish reaktsiya tenglamasini yozing.

  132. Sirka kislota oldiniga brom so’ngra ammiak bilan reaktsiyaga kirishib 33,75 g glitsin hosil qildi. Reaksiya uchun olingan yetan kislota massasini toping.

  133. Yog’ning to’la yonishi uchun 23,2 g kislorod sarf bo’ldi. Bunda 0,49 g suv va 0,51 mol CO2 gazi hosil bo’ldi. Yog’ning molyar massasini toping.

  134. 182,4 g sirka kislota bilan tarkibida atom massasi 18 bo’lgan kislorod izotopi tutgan 333,2 g benzil spirt orasidagi reaktsiya natijasida hosil bo’lgan organik birikmaning massasini toping.

  135. Propion kislotaning xlorangidridi n.sh. da 2,24 litr ammiak ta’sir ettirilganda necha gramm amid hosil bo’ladi.

  136. 70,5 g olein kislota oksidlanganda necha gramm azelain kislota hosil bo’ladi.

  137. 66 g etilatsetatga yetarli miqdorda metilmagniyyodid tahsir ettirilganda necha gramm keton hosil bo’ladi.

  138. 22 g etilatsetatga yetarli miqdorda metilmagniyyodid tahsir ettirilganda necha gramm keton hosil bo’ladi.

  139. Furanga a) atsetilnitrat ; v) rux xlorid ishtirokida sirka angidrid ; g) vodorodning birikishi nikel ishtirokida e) malein angidrid ; s) vodorod xloridga to’yintirilgan metil spirti ta’sir etganda hosil bo’ladigan modalarni yozing.

  140. 12.9 g al’degid yangi tayyorlangan 44,1 g mis (II) -gidroksid eritmasi bilan ta’sirlashdi. Hosil bo’lgan cho’kma ajratib qizdirilganda 33.6 g qoldiq hosil bo’ldi. Noma’lum al’degidni toping.

  141. 182,3 g n- toluidin olish uchun qancha n- nitrotoluol kerak. Reaktsiya unumi 70 %ga teng ).

  142. 13,2 g al’degid yangi tayyorlangan 78,4 g mis (II) –gidroksid eritmasi bilan tahsirlashdi. Hosil bo’lgan cho’kma ajratib qizdirilganda 59,2 g qoldiq hosil bo’ldi. Noma`lum al’degidni toping.

  143. Kartoshkada 22 % kraxmal bo’lib, 250 kg kartoshkadan olingan kraxmaldan necha kilogramm 80 % li etil spirti olish mumkin. Reaktsiya unumi 80 %.

  144. 198,36 g mal’tozaning gidrolizidan olingan glyukozaning bijg’ishidan hosil bo’lgan sut kislota mo’l miqdorda natriy metali ta’sir ettirilganda ajralgan gazning hajmini ( l. n.sh.) va hosil bo’lgan tuzni massasini (g) toping.

  145. 144 g glyukozaning bijg’ishidan olishgan moy kislotani neytrallash uchun 20 % li ( r =1,2 g /ml) kaliy gidroksid eritasidan qancha hajm olish kerak. .

  146. 22,5 g aminokislota bilan to’la reaktsiyaga kirishi uchun natriy gidroksidning 120 g 10 % li eritmasi sarflandi. Aminokislotani toping.

  147. Molekulyar massasi 6000 ga teng bo’lgan 36 g xalqasimon oqsil gidrolizi natijasida 46,8 g aminokislotalar aralashmasi hosil bo’lgan. Oқsildagi peptid bog’lar sonini toping.

  148. 54,4 g kaltsiy karbiddan foydalanib olingan glitsin bilan to’la reaktsiyaga kirishi uchun qancha hajm 30 % li ( d=1.236 g/ml) KOH eritmasi sarflanadi.

  149. Tarkibi 61,02% uglerod, 15,25 % vodorod va 23,73 % azotdan iborat aminobirikmaning nechta izomeri bor ?

  150. 14,8 g propion kislota yetarli miqdorda tionil xlorid bilan reaktsiyaga kirishganda hosil bo’lgan gaz necha gramm 14,64 % li bromli suvni rangsizlantiradi ?


Download 290 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling