C – kam gidrogenlangan uglerod
29 | Alkenlarning olinishi (degidrogenlanish, metanni parchalanishi)
1) Metanning har xil temperatura ta`sirida parchalanishi:
2CH4→ C2H4 + 2H2 (500℃,kat)
CH4→ C + 2H2 (1000℃)
2CH4→ C2H2 + 3H2 (1500℃)
Metanning 500℃ da parchalanishi alkenlarning olinish reaksiyasi hisoblanadi. Qolgani boshqa vaziyatlarda adashib ketmasligingiz uchun bitta joyda keltirildi.
Undan tashqari boshqa etilen qatori uglevodorodlarni ham alkanlarni yuqori temperaturada degidrogenlab olish mumkin:
C2H6→C2H4 + H2
C3H8→CH2=CH–CH3 + H2
30 | Alkenlarning olishi (Digalogenli alkanlardan)
Etilen qatori uglevodorodlarni to`yingan uglevodorodlar digalogenli hosilalarining metallar bilan o`zaro ta`sirlashuvidan olish mumkin:
CH2 – CH – CH3 + Zn → CH2 = CH – CH3 + ZnBr2
| |
Br Br
31 | Alkenlarning olinishi (monogalogenli alkanlarga KOH 2 xil ta`siri):
Monagalogenli hosilalarga ishqorning spirtdagi eritmasi ta`sir ettirilganda vodorod galogenid ajralib chiqadi va alken hosil bo`ladi:
CH3-CH2-CH2-Cl+KOH(spirtli eritma)→CH3-CH=CH2+KCl+H2O
CH2 – Cl K CH2
| + | → ||
CH – H OH CH + KCl + H2O
| |
CH3 CH3
Agar suvli eritma bo`lsa spirtlar hosil bo`ladi(Bu alkenlarning olinishiga kirmaydi, o`xshash reaksiya bo`lganligi uchun tushuntirib ketilayapti.)
CH3 – CH2 – CH2 – Cl + K – OH(suvli eritma) → CH3 – CH2 – CH2 – OH + KCl
Do'stlaringiz bilan baham: |