Organik kimyoni endi boshlaganlar uchun maslahatlar
Organik moddalarni alohida fan sifatida organik kimyo bo`lib ajralib chiqish sabablari
Download 1.93 Mb.
|
Organika nazariya yangisi
Organik moddalarni alohida fan sifatida organik kimyo bo`lib ajralib chiqish sabablari.
1.2 Organik kimyo fani. Moddalarning sinflanishi. 02 | Uglevodorodlar Organik kimyo fani: a) organik moddalarni tashkil etuvchi uglerod birikmalarini o`rganadigan fan yoki b) uglevodorodlar va ularning hosilalarining tuzilishi, olinish usullari, xossalari, amaliy foydalanish imkoniyatlarini o`rganadi. Organik birikmalar tarkibida ugleroddan tashqari ko`pincha vodorod, kislorod, azot ba`zan oltingugurt, fosfor, galogenlar va ayrim metallar bo`ladi. !!!Azot saqlovchi organik birikmalar tarkibida ham O bo`lishi mumkin. Uglevodorodlar C-C atomlari orasida bog`lanish turiga qarab to`yingan va to`yinmagan bo`lishi mumkin. To`yingan uglevodorodlar: C-C orasida faqat σ bog` mavjud. To`yinmagan uglevodorodlar: C=C, C≡C orasida π bog` (qo`sh bog` yoki 3 bog` holatda) mavjud. Uglevodorodlar ochiq va yopiq zanjirli bo`lishi mumkin. Ochiq zanjirli: C zanjirining 1-uchi bilan 2-uchi tutashmagan holatda ochiq bo`ladi. Yopiq zanjirli(halqali): C zanjirining 1-uchi bilan 2-uchi tutashgan holatda bo`ladi.
Arenlar – aromatik birikmalarning 2 – nomi. Bir sinfga kiruvchi xossalari o`xshash bo`lgam tarkibi bir – biridan CH2 – guruh bilan farq qiladigan birikmalar gomologlar deyiladi. Gomologlar keltirilgan qatorni gomologik qator deyiladi.
03 | Organik moddalarning tuzilish nazariyasi: 1861-yilda Butlerov taklif etgan. Murakkab moddalarning kimyoviy tabiati shu modda tarkibiga kiruvchi oddiy qismlarning tabiati va kimyoviy tuzilishi bilan belgilanadi. Nazariyaning asosiy xulosalari: 1) Organik moddalarni tashkil etgan barcha atomlar o`z valentliklariga muvofiq ma`lum izchillikda birikkan bo`ladi. Molekulada atomlarning bunday izchillikda birikishi kimyoviy tuzilish deyiladi.
C3H6O H H H C H H H H | | | | | | | | O C-C-C=O-H H-C-C=O H-C-C-C ✅ | | | | | | | H H H H H H H H 2) Moddalarning xossalari uning molekulasi tarkibida qanday atomlar va qancha miqdorda bo`lishigagina emas, balki ularning qanday tartibda birikkanligiga ham bog`liq bo`ladi. Bu xulosa organik moddalarda ko`p uchraydigan izomeriya hodisasini tushuntirib beradi. Izomeriya haqida ozroq keyin to`liqroq gaplashamiz.
Quyida 2 ta C2H6O tarkibli moddalar tuzilishi keltirilgan . Tarkibi va massasi bir xil. Tuzilishi va qaysidir xossalari farq qiladi.
3) Berilgan modda tuzilishiga ko`ra xossalarini , xossalariga ko`ra tuzilishini aytish mumkin. Butlerovgacha moddaning xossalariga qarab moddani qaysi ekanligini aytib bo`lmagan. Lekin Butlerov bu ikki holatni ham isbotlab bergan. (Yuqoridagi moddalarni xossalari bilan misol qilsa bo`ladi. 4) Modda molekulasi tarkibidagi atomlar yoki atomlar guruhi bir-biriga ta`sir etadi. O CH3-CH2-OH Na-OH CH3-C O-H C2H5OH – neytral. NaOH – kuchli asos. CH3COOH – kislota. Ko`rib turganingizdek bir xil guruh bo`lgani bilan atomlar guruhi bir – biriga ta`sir ko`rsatganligi uchun xossalari bir – biridan farq qilayapti. 5) Kimyoviy reaksiyalarda modda molekulasini tashkil etgan barcha atomlar emas, balki ayrim atomlar yoki atomlar guruhi ishtirok etadi. C2H5OH + Na = C2H5ONa+H2 Bu reaksiyada faqat gidroksil(OH) guruhidagi vodorod natriy metali bilan almashinadi, qolgan vodorod atomlariga natriy ta`sir qilmaydi. 04 | Organik moddalarni o`zimizga qulayroq qilib uchta usuldan birida yozsak bo`ladi. 1) kengaytirilgan 2) qisqartirilgan 3) Bog`lar yordamida( qora⚫️ lar uglerodlarni bildirsin deb chizdim, aslida yozilmaydi. Shu joyda uglerod bo`ladi.) H H H H H H C6H14 1) | | | | | | 2) 3) H−C−C−C−C−C−C−H a) CH3−CH2−CH2−CH2−CH2−CH3 | | | | | | b) CH3CH2CH2CH2CH2CH3 H H H H H H H | H-C-H H H H H H CH3 C7H16 1) | | | | | 2) | 3) H−C−C−C−C−C−C−H a) CH3−CH2−CH−CH2−CH2−CH3 | | | | | | b) CH3 H H H H H H | CH3CH2CHCH2CH2CH3 c) CH3CH2CH(CH3)CH2CH2CH3 E`tibor bergan bo`lsangiz yuqoridagi jadvalda arenlarni yozmadik. Sababi har doim ularda birinchi vakili benzol halqasi asosiy zanjir bo`ladi. C6H6 05 | Uglevodorodlarda asosiy zanjirni aniqlash: Uglevodorodlar C va H dan tashkil topgan ekanligini bildik. Demak, uning tuzilishida ham C va H o`zaro bog`lar orqali birikadi. Lekin qanday? Aytgancha uglerod organik birikmalarda IV valentli bo`ladi. Javob oddiy: Uglevodorodlarni 2 qismdan tashkil topgan deb tasavvur qilish kerak. 1) Asosiy uglerod zanjiri 2) va unga birikkan vodorod va radikallar (agar hosilalari bo`lsa OH , Cl , NH2, NO2, Br, F, I, kabi funksional guruhlar ham birikishi mumkin) Keling birinchi bo`lib ochiq zanjirli birikmalar uchun ko`rib chiqaylik. Biz asosiy uglerod zanjiri nima ekanligini tushunib olishimiz juda muhim. H H H H H H H H H H H | | | | | | | | | | | H-C-C-C-C-C-C-C-C-C-C-C-H | | | | | | | | | | | H H H H H H H H H H H Yuqoridagi birikmada asosiy uglerod zanjirini va unga birikkan vodorodlarni ko`rishingiz mumkin. Va bu uglevodorod tarmoqlanmagan holatda turibdi. Chunki uglerod ketma-ketlikda to`g`ri ulangan. H H H CH3 H H H H H H H | | | | | | | | | | | H-C-C-C – C – C -C-C-C-C-C-C-H | | | | | | | | | | | H H H H H H H H H H H Yuqoridagi birikmada asosiy uglerod zanjirini va unga birikkan vodorod va radikalni ko`rayapsiz. Va bunda radikal ham borligi uchun tarmoqlangan holatga o`tayapti. Tushundingiz deb o`ylayman. Eng ko`p uglerodlardan tashkil topgan C-C zanjiri asosiy uglerod zanjiri deb ataladi. Va unga birikkan va kamroq C lardan tashkil topgan qismlar esa radikallar deb ataladi. Biz yuqoridagi moddada faqat bitta CH3– radikali misolida ko`rib chiqdik. Radikallar ko`proq va C lar soni va tuzilishi ham har xil bo`lgan radikallar bo`lishi mumkin (C2H5–, C3H7–… ). Radikal nimaligi haqida ozroq keyin tushuncha berib o`taman. Hozir yana bir ikkita misol ko`ramiz.Yuqoridagi ikki holatda ham to`yingan va ochiq zanjirli uglerodlar uchun ko`rdik. Ana endi esa to`yinmagan uglevodorodlar bo`lsachi? Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling