Organik kimyoni endi boshlaganlar uchun maslahatlar


Download 1.93 Mb.
bet23/23
Sana23.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1226137
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Organika nazariya yangisi

73 | Yog`lar, nomlanishi
Yog`lar glitserinning organik kislotalar bilan hosil qilgan murakkab efirlari sanaladi. Glitserin uch atomli spirt bo`lgani uchun, bir vaqtda o`ziga 3 ta organik kislotani biriktiradi.

Yog`ni tuzilishini birinchi marta Shevrel aniqlagan.Bertlo 1-marta sintez qilgan.
To`yingan yog` kislotalar(qattiq yog`lar-hayvon yog`lari;baliq yog`i –suyuq):
C15H31COOH –palmitin kislota
C17H35COOH –stearin kislota
To`yinmagan yog` kislotalar(suyuq moylar-o`simlik moylari;kokos moyi qattiq):
C17H33COOH olein kislota
C17H31COOH linol kislota
C17H29COOH linolen kislota
Nomlanishi:
-kichik kislota radikalidan boshlab kattasiga qarab aytiladi
- bir xil bo`lsa uchchala radikal ham tri- qo`shimchasi qo`yib aytiladi
Olein triglitseridi

Butirooleostearin triglitseridini(Glitserinning butirooleostearati)

74 | Yog`lar gidrolizi
1. Yog`lar parchalanganda uglevod yoki oqsillarga qaraganda 2 barobar ko`p energiya ajralib chiqadi.
2. Yog`lar organizmda maxsus fermentlar yordamida parchalanadi.
3. Yog`lar glitserin va karbon kislotalariga parchalanadi va shu holda organizm tomonidan o`zlashtiriladi. Yog`larning bunday parchalanishi gidroliz reaksiyasiga misol bo`ladi.
4. Yog`larning gidrolizidan sanoat miqyosida foydalaniladi. Maxsus avtoklavlarda, yuqori bosim va temperatura hosil qilinadi. Bu avtoklavlarda yog` glitserin va karbon kislotalarga parchalanadi.

Yog`larni ishqoriy muhitda parchalasak, glitserin bilan birga sovun olish mumkin. Bunda odatdagidek, avval glitserin va karbon kislotalar hosil bo`ladi. Aralashmada ishqor (masalan NaOH) ham bo`ladi. Natijada kislotalar bu ishqor bilan reaksiyaga kirishib tuz hosil qiladi. Aynan shu tuz sovun deb ataladi.
Sovunlar ikki xil bo`ladi:
1. Qattiq sovun – Natriy ishqori asosida olinsa. (Bundan atir sovun va kir sovun olinadi)
2. Suyuq sovun – Kaliy ishqori asosida olinsa.
Karbon kislotaning natriyli tuzi hidsiz va deyarli rangsiz bo`ladi. Sovunlardagi rang va yoqimli hid ularga bo`yovchi va hid beruvchi qo`shimchalar qo`shish orqali hosil qilinadi.

5. Sanoat miqyosida qattiq yog`larga bo`lgan talab yuqori. Shuning uchun avvaldan yog`lardan qattiq yog` olish borasida izlanishlar olib borilgan.
6. Suyuq yog`lar tarkibida to`yinmagan kislotalar bo`ladi. Qattiq yog`lar tarkibida bo`lsa to`yingan kislotalar mavjud. Agar suyuq yog`ni vodorod yordamida gidrogenlasak, ya`ni ular tarkibidagi to`yinmagan kislotalarni to`yintirsak, ular qattiq holatga o`tadi:



|75-82 |
Bu mavzularni 10-sinf maktab darsligidan to`liq o`qiysiz.

Telegram : @icc_kimyo

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling