Organik kimyoni endi boshlaganlar uchun maslahatlar


| Murakkab efirlar, nomlanishi


Download 1.93 Mb.
bet22/23
Sana23.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1226137
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Organika nazariya yangisi

70 | Murakkab efirlar, nomlanishi
Murakkab efirlar deb, kislotalarni spirtlar bilan reaksiyaga kirishib suv ajratishi natijasida hosil bo`lgan moddalarga aytiladi.


Nomlanishi.
1) a) kislota nomi + radikal + efir so`zi. b) Radikal + kislota nomi.

2)Sistematik “alkanoat”
H-C(O)-O-C2H5 etil metanoat
C-C(O)-O-C(CH3)-C izopropil etanoat
C-C(CH3)2-C(O)-O-C-C etil 2,2 – dimetil propanoat


71 | Murakkab efirlar izomeriyasi
!!!Bu mavzuni video orqali batafsil o`rganing.


72 | Murakkab efirlar olinishi, fizik xossalari, kimyoviy xossalari va ishlatilishi
Olinishi: Karbon kislotalarning spirtlar bilan o`zaro ta`siri natijasida murakkab efirlar hosil bo`ladi. Bunda katalizator sifatida konsentrlangan sulfat yoki xlorid kislotadan foydalaniladi.



Kislota va spirtdan murakkab efir hosil bo`lish reaksiyasi “eterifikatsiya” reaksiyasi deyiladi.
Fizik xossalari: Murakkab efirlarning eng oddiy vakillari suvdan yengil, xushbo`y hidli, uchuvchan suyuqliklardir. Quyi kislotalarning metil va etil murakkab efirlarining suyuqlanish va qaynash temperaturalari, karbon kislotalarnikiga nisbatan past bo`ladi.
Kimyoviy xossalari: Murakkab efirlarning eng muhim xossasi ularning gidrolizi, ya`ni suv bilan o`zaro ta`sirlashishidir. Bu jarayon ham kislotali, ham ishqoriy sharoitda sodir bo`ladi. Farqi shundaki, kislotali gidroliz qaytar, ishqoriy gidroliz esa qaytmas jarayondir. Efirlarning gidroliz reaksiyasida tegishli kislota va spirt hosil bo`ladi.

CH3-COOC2H5 + H2O CH3COOH +C2H5OH (kislotali m)


CH3-COOC2H5 + NaOH→ CH3COONa+ C2H5OH (ishqoriy m)
Ishlatilishi. Murakkab efirlar xushbo`y hidga ega bo`lgani uchun oziq-ovqat va atir-upachilik sanoatida ishlatiladi.Yana ular salqin ichimliklar, konfetlar va boshqa ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo`shimcha sifatida ishlatiladi. Ularning ayrim vakillari loklar tayyorlashda erituvchi sifatida ishlatiladi.



Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling