63 | Oddiy efirlar, nomlanishi
Oddiy efirlar radikallarning tuzilishiga qarab bir xil yoki har xil bo`ladi:
Efir molekulasidagi radikallar bir xil bo`lsa, simmetrik oddiy efirlar deyiladi:
R – O – R
Efir molekulasidagi radikallar har xil bo`lsa, nosimmetrik oddiy efirlar deyiladi.
R – O – R`
Nomenklaturasi R – O – Alkoksi
1) ratsional:kichik radikal +katta radikal+efir
Dimetil efir metil, etil efir metil, fenil efir
2) sistematik R1-O-R Alkoksialkan
2-etoksipropan 1-metoksi-3-metilbutan
64 | Oddiy efirlarning izomeriyasi
!!!Bu mavzuni video orqali o`rganing.
65 | Oddiy efirlarning olinishi, fizik va kimyoviy xossalari
Olinishi:
1. Dietil efir etil spirtini sulfat kislota ishtirokida qizdirilishi bilan olinadi.
2C2H5OH C2H5 – O – C2H5 + H2O
2. Sanoatda spirt bug`larini yuqori haroratda katalizator ustidan o`tkazib olinadi. Masalan: dimetil efir olish uchun metil spirt bug`i Al2O3 ustidan o`tkaziladi.
2CH3OH→CH3-O-CH3 + H2O
Fizik xossalari. Dimetil va etilmetil efirlar gaz, o`rta vakillari suyuqlik, yuqori vakillari qattiq moddalardir.
Kimyoviy xossalari. Efirlar oddiy sharoitda reaksiyaga kirishmaydigan barqaror moddalardir. Ular ishqor va suyultirilgan kislotalar ta`sirida o`zgarmaydi, shuning uchun ko`pgina kimyoviy reaksiyalarda erituvchi sifatida ishlatiladi.
Oddiy efirlar konsentrlangan yodid kislota ta`sirida spirt va alkilgalogenidlarga parchalanadi.
CH3 – O – CH3 + HJ → CH3 – O – H + CH3 – J
66 | Karbon kislotalar, umumiy formulalari va nomlanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |