Aromatik spirtlar ( Arilalkanolar) – gidroksil guruh aromatik uglevodorodlarning yon zanjiridagi radikalga birikkan bo`ladi ( Benzolga OH biriksa fenollar deyiladi)
Aromatik spirt Fenollar
Bir atomli spirtlarning molekulasidagi gidroksil gruppa qaysi uglerod atomiga birikkanligiga qarab, ular birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlarga farqlanadi.
Birlamchi Ikkilamchi Uchlamchi
51 | Spirtlar(Gomologik qator, masalalarda ishlatiladigan umumiy formulalari)
Video orqali batafsil ko`rib, konspekt qilish shart.
52 | Spirtlar, fenollar, aromatik spirtlar nomlanishi(tarixiy, ratsional, sistematik)
Video orqali batafsil ko`rib, konspekt qilish shart.
53 | Izomeriya(Spirtlar, fenollar, aromatik spirtlar)
Video orqali batafsil ko`rib, konspekt qilish shart.
54 | Spirtlar va fenollarning olinishi
1. Murakkab efirlarni gidroliz qilib:
R-O-C(O)-R`+HOH→R-OH+R`COOH
2. Monogalogenli hosilalardan olish.
Bunda ishqorning suvli eritmasi ishlatiladi(Ishqor o`rniga suvni ishlatib bo`ladi, spirt hosil bo`ladi va lekin jarayon qaytar bo`lganligi uchun spirt dastlabki moddalarni hosil qiladi):
R-CH2-CH2Br+KOH→R-CH2-CH2-OH+KBr
3. Etilen uglevodorodlarga temperatura va katalizator – sulfat kislota ishtirokida suv ta`sir ettirib olinadi(gidratlash reaksiyasi):
CH2=CH2 + H2O → CH3 – CH2 – OH
Etilenning gomologlari gidratlanganda ikkilamchi yoki uchlamchi spirtlar ham hosil bo`lishi mumkin. Alkenlarga suv Markovnikov qoidasiga muvofiq birikadi. Qo`shbog` tutgan uglerodlarning vodorod atomlari ko`p bo`lganiga vodorod, vodorodlar soni kam bo`lgan uglerodga esa gidroksil guruhi birikadi. Bunda, masalan propilendan ikkilamchi propil spirti hosil bo`ladi:
CH3 – CH = CH2 + H – OH → CH3 – CH – CH3
|
OH
2-metilpropilendan esa uchlamchi spirtlar hosil qilinadi:
CH3 CH3
| |
CH3 – C = CH2 + H – OH → CH3 – C – CH3
|
OH
4. Sanoatda metanol sintez gazi (CO + 2H2) dan olinadi. Reaksiya yuqori temperatura, bosim va katalizator ishtirokida boradi.
CO + 2H2 CH3OH
5. 1,2 dixloretanni suv ishtirokida gidrolizlab etilenglikol olish mumkin.
6. Yog`lar gidrolizlansa glitserin va yog` kislotalar hosil bo`ladi:
7. Sanoatda fenol xlorbenzolni katalizator ishtirokida o`yuvchi natriy eritmasi ta`sirida gidrolizlab olinadi.
C6H5 – Cl + Na – OH → C6H5OH + NaCl
8. Keyingi yillarda texnikada fenol olish uchun xlorbenzolni gidrolizlash usulidan foydalanilmoqda:
C6H5 – Cl + H – OH → C6H5OH + HCl
Do'stlaringiz bilan baham: |