Organik moddalarning tuzilish nazariyasi Organik sintez sanoatda ishlatilishi Organik sintezga chiqaradigan mahsulot turlarini


Download 69.5 Kb.
bet3/5
Sana11.10.2023
Hajmi69.5 Kb.
#1698796
1   2   3   4   5
Bog'liq
Organik sintezning rivojlanishi

CO2 + 3H2  CH3OH +H2O
Lekin, nima uchun metanol CO va H2 dan (sintez gazdan) olinadi? Gap shundaki, sintez gada doimo CO2 va suv bug’larining aralashmasini (5% gacha) bo’ladi. Bu miqdor reaksiya boshlanishi uchun kifoyadir. Metanol sintezida katalizatorlar ta’sirida uglerod (II) oksid suv bug’i kislorodi hisobga uglerod (IV) oksidgacha oksidlanadi (busiz jarayon ketmas edi).
Metanol rangsiz suyuqlik 64,7C da qaynaydi, suvda cheksiz eriydi, organik erituvchilar bilan istalgancha aralashadi, o’ta zaharli, 5-10 ml ichilsa, ko’r qiladi, 30 ml o’limga olib keladi.
Dunyoda metanol ishlab chiqarishning yillik o’sishi 15% ni tashkil etadi. Vaholanki, 1970-yillarda metanolga kam ishlatiladigan mahsulot deb qaralgan. Undan formaldegid, dimetiltereftalat, metilamin, dimetilsulfat, dimetilformamid, melamin, metilatsetat, metilakrilat, metilmetakrilat, yuqori molekulyar spirtlar va boshqa ayrim mahsulotlar olingan. Endilikda metanoldan benzin, dizel yoqilg’isining yengil fraksialari, sirka kislota va sirka aldegid, olefinlar, etilen va propilen, etilenglikol, vinilsateat etilbenzol, sterol kabi ko’p tonnali mahsulotlarni olish jarayonlari ishlab chiqilgan. Metanol oziq-ovqat mahsulotlari uchun xom ashyo bo’lib qoldi va yaqin kelajakda kimyo sanoatining eng muhim mahsuloti bo’lib qoladi. Sanoatda 2 tipdagi sintez kolonnasidan foydalaniladi:

  • tokchali kolonna, bunda katalizator bir necha tokchalarga qo’yiladi va gaz tokchalar orqali o’tadi;

  • Bir kolonnaning o’zida katalizator qutisi, elektr qizdirgich va issiq almashtirgichlari bo’ladi;

“Xom” spirt 92-93% bo’lib, tozalangach va rektifikatsiyalangach, 99,5-99,7% toza metanol olinadi. 1 tonna metanol olish uchun 700 m3 CO, 1400-2000 m3 H2 sarflanadi. Unum nazariy hisobning 84-87% ni tashkil etadi. Metanol sintezi fizik-kimyoviy sharoitlari va uni amalga oshirish va texnologik rasmiylashtirilishi bilan ammiak sinteziga o’xshaydi. Shuning uchun ko’pincha har ikkalasi ham bir korxonaning o’zida quriladi.

Download 69.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling