Organik va fizikaviy kimyo kafedrasi
Download 1.06 Mb.
|
Amaliy mashg'ulotlar Qurilish
1.97. 11,2 g temirning suyultirilgan sulfat kislota bilan ta’sirlashishida qancha hajm (n.sh.) vodorod ajralib chiqadi? Yechish: Reaksiya renglamasini yozamiz: Fe+H2SO4=FeSO4+H2. Normal sharoitda har qanday gazning 1 mol miqdori 22,4 l hajmni egallashini hisobga olib, tenglama bo‘yicha proporsiya tuzsak: 56:11,2=22,4:x; x=4,48 l. 1.98. 22,2 g malaxit [Cu2(OH)2CO3] parchalanganda necha grammdan mis (II) oksid, suv va karbonat angidrid hosil bo‘ladi? (Javob: CuO16 g; H2O1,8 g; CO2 4,4 g). 1.99. 1 mol kaliy xlorat (KClO3) parchalanganda qancha massa kaliy xlorid va qancha hajm (n.sh.) kislorod hosil bo‘ladi? (Javob: 74,5 g: 33,6 l). 1.100. 5,85 g natriy xlorid hosil qilish uchun qancha massa natriy metali va qancha hajm xlor kerak? (Javob: 2,3 g; 1,12 l). 1.101. Tarkibida 22,2 g kalsiy xlorid bo‘lgan eritmaga mo‘l miqdor natriy karbonat ta’sir ettirilganda qancha massa kalsiy karbonat cho‘kmasi hosil bo‘ladi? (Javob: 20 g). 1.102. 11,9 g massali kaliy bromid olish uchun qancha massa kaliy ishqori va qancha hajm (n.sh.) vodorod bromid kerak bo‘ladi? (Javob: 5,6 g; 2,24 l). 1.103. Reaksiya unumi 80 % bo‘lganda 5,6 g KOH bilan mo‘l xlorning ta’siridan qancha massadan KClO va KCl hosil bo‘ladi? (Javob: KClO : 3,62 g va KCl: 2,98 g). 1.104. Tarkibida 75 % xrom (III) oksid bo‘lgan 250 kg rudadan xromni to‘liq ajratib olish uchun qancha massa alyuminiy kerak bo‘ladi va qancha massa xrom olinadi? Yechish: Ruda tarkibidagi xrom oksidining massasini topamiz: =0,75.250=187,5 kg. Endi reaksiya tenglamasini tuzsak: Cr2O3+2Al=Al2O3+2Cr. =152 g/mol. 152:187,5=54:x; x=66,6 kg Al kerak. 152:104=187,5:x; kg xrom olinadi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling