1.82. Sulfat kislotada 1,68 g noma’lum metall eritilganda metalning 4,56 g massali sulfati hosil bo‘lgan. Metallning ekvivalentini aniqlang.
Yechish: 1,68 g massali metall 4,56 g massali sulfat hosil qilgan, shu sulfatga qancha sulfat ion to‘g‘ri kelishini topamiz:
m(SO42-)=m(MeSO4)–m(Me)=4,56–1,68=2,88 g.
Demak, 1,68 g metallga 2,88 g sulfat ion to‘g‘ri kelar ekan. Bundan 96:2,88=98:x; x= 2,94 g sulfat kislotaga to‘g‘ri keladi.
Metallning ekvivalenti:
1.83. 5,64 g metall nitrati konsentrlangan sulfat kislota bilan ishlanganda, shu metalning 4,8 g sulfati hosil bo‘lgan bo‘lsa, qaysi metalning nitrati olingan?
Yechish: Metall nitratining massasi sulfatining massasidan katta. Demak, metall bir valentli emas.
Agar metall ikki valentli bo‘lsa:
Me(NO3)2+H2SO4MeSO4+2HNO3
reaksiya sodir bo’ladi. Nitrat va sulfatning molekulyar massalarini M[Me(NO3)2]=Me+2·62; M(MeSO4)=Me+96 topib, proporsiya tuzsak:
Bundan Ar(Me)=64. Bu yechim masala shartini qanoatlantiradi. Demak, metall mis bo‘lishi mumkin.
Agar metall uch valentli bo‘lsa:
2Me(NO3)3+3H2SO4Me2(SO4)3+6HNO3
reaksiya sodir bo‘ladi. Nitrat va sulfatning molyar massalari asosida proporsiya tuzsak:
yoki Ar(Me)=96.
Metall molibden bo‘lishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |