Organik va fizikaviy kimyo kafedrasi


Download 1.06 Mb.
bet30/44
Sana10.06.2020
Hajmi1.06 Mb.
#116905
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44
Bog'liq
Amaliy mashg'ulotlar Qurilish


1.138. 1 m3 havoning 25 oC harorat va 2 atm bosimdagi massasini hisoblang. (Javob: 2,372 kg).

1.139. 10 m3 karbonat angidridning 27 oC harorat va 1,5 atm. bosimidagi massasini toping. (Javob: 26,8 kg).

1.140. 40 l hajmli gazometrda 1,4 atm bosimi va 30 oC haroratda saqlanadigan geliyning massasini toping. (Javob:9,01 g).

1.141. 640 ml gaz 39 oC harorat va 741 mm sim.ust. bosimida 1,73 g kelsa, shu gazning molyar massasi qanday bo‘ladi? (Javob: 71).

1.142. 1,5 kg havo 30 oC harorat va 304 kPa bosimda qanday hajmni egallaydi? (Javob: 428,6 l).

1.143. 20 g kislorod 27 oC harorat va 150 kPa bosimda qanday hajmni egallaydi? (Javob: 10,4 l).

1.144. 25 oC haroratda 750 ml hajmli idishda 56 g kislorod bo‘lsa, gazning bosimi qanday bo‘ladi? (Javob: 5781 kPa).

1.145. 4,0 g noma’lum oddiy modda bilan suvning ta’sirlashishidan 30 oC harorat va 202,65 kPa bosimda 1243 ml vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, shu moddani aniqlang. (Javob: Ca).

1.146. 39,4 g ikki valentli noma’lum metall tuzini parchalaganda 25 oC harorat va 300000 Pa bosimda o‘lchangan 1652 ml karbonat angidrid ajralib chiqqan bo‘lsa, noma’lum metall tuzining formulasini toping. (Javob: BaCO3).

1.147. Normal sharoitda olingan 448 sm3 gazda qancha molekula bor? (Javob: 12,04.1021).

1.148. 3,01.1023 kislorod molekulasining massasini aniqlang. (Javob: 16 g).

1.149. 11,2 l vodorod sulfidda nechta molekula bor?

(Javob: 3,01.1023).



1.150. 1,2.1024 ta xlor molekulasi (n.sh.) qancha hajmni egallaydi? (Javob: 44,8 l).

1.151. 20 oC harorat va 202,4 kPa bosimda karbonat angidrid 20 l hajmni egallaydi. Shu gazning n.sh. dagi hajmini toping. (Javob: 37,2 l).

1.152. Teng hajmdagi geliy va kislorod aralashmasining havoga nisbatan zichligini aniqlang. (Javob: 0,62).

1.153. Vodorod va azotdan iborat aralashmada azotning hajmiy ulushi 11,7 %, vodorodning hajmiy ulushi 88,3 % bo‘lsa, gazlarning aralashmadagi massa ulushlarini aniqlang.

(Javob: 65 % azot va 35 % vodorod).



1.154. Gazlar aralashmasida 25 % metan va 75 % havo bo‘lsa, aralashmaning azotga nisbatan zichligi qancha bo‘ladi? (Javob: 0,92).

1.155. 30 oC harorat va 202,65 kPa bosimda vodorod xlorid va vodorod bromid aralashmasining zichligi 4,7257 g/l. Aralashmadagi tarkibiy qismlarning massa ulushlari topilsin.

Yechish: Dastlab gazlar aralashmasining normal sharoitdagi hajmini topamiz, buning uchun Klapeyron tenglamasidan foydalanamiz:

l.

Endi 1 mol aralashmaning molyar massasini topsak:

1,8:4,7257=22,4:x; x=58,81 g/mol.

(Aralashmaning molyar massasini Mendeleev–Klapeyron tenglamasi yordamida ham topish mumkin:



g/mol).

Bu qiymat asosida har bir gazning modda miqdori va massasini o’rtacha molyar massa formulasidan foydalanib topamiz:



.

Mazkur tenglama yechilsa: vHCl=0,5 mol; vHBr=0,5 mol.

Gazlarning massalari:

mHCl=0,5·36,5=18,25 g, vHBr=0,5·81=40,5 g.

HCl=31,06 % va HBr=68,94 %.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling