Organik va fizikaviy kimyo kafedrasi
Download 1.06 Mb.
|
Amaliy mashg'ulotlar Qurilish
1.122. Tarkibida 93 % SiO2 bo‘lgan 4,5 kg qum yuqori haroratda natriy ishqori bilan ishlanganda 8,39 kg natriy silikat hosil bo‘lsa, reaksiyaning unumi qanday bo‘lgan? (Javob: 98,6 %). 1.123. Tarkibida 5,45 g kalsiy nitrat bo‘lgan eritmaga mo‘l miqdor natriy oksalat qoshganda 4,14 g kalsiy oksalat cho‘kkan bo‘lsa, reaksiyaning unumi qanday bo‘lgan? (Javob: 97,3 %). 1.124. Reaksiya unumi 87,5 % bo’lganda qo‘rg‘oshin sulfatning 31,3 g cho‘kmasi hosil bo‘lgan. Buning uchun qancha massa qo‘rg‘oshin nitrat olish kerak? (Javob: 37,83 g). 1.125. Zavodning sulfat kislota sexiga tarkibida 78 % FeS2 bo‘lgan boyitilgan 86,5 t pirit keltirildi. Piritdan SO2 olish jarayoni unumdorligi 95 %, SO3 olish unumdorligi 97 % va oxirgi bosqichda H2SO4 olish unumdorligi 98,5 % bo‘lsa, shuncha massa piritdan qancha sulfat kislota olinishi mumkin? Yechish: Pirit tarkibidagi FeS2 ning massasi: t. Reaksiya tenglamalari:4FeS2+11O28SO2+2Fe2O3, 2SO2+O22SO3, SO3+H2OH2SO4. Tenglamalar asosida yagona sxematik tenglama tuzsak: FeS22SO22SO32H2SO4 hosil bo‘ladi. Sxematik tenglama bo‘yicha tuzilgan proporsiya: t. Reaksiyalar unumlari 100 % bo‘lganda 110,2 t H2SO4 hosil bo‘lardi. Berilgan bosqichlar unumi hisobga olinsa, bosqichlarning umumiy unumi: Bundan: t H2SO4. 1.126. Fosfat kislota sexiga tarkibida 76,5 % Ca3(PO4)2 bo‘lgan 82,4 t boyitilgan fosforit rudasi keltirilgan bo‘lsa, unga sulfat kislota ta’siridagi reaksiya natijasida unumdorlik 96,78 % bo‘lganda, qancha massa ortofosfat kislota olish mumkin? (Javob: 38,6 t). 1.127. Tarkibida 97,5 % NaCl bo‘lgan toshtuzning 15,78 t massasidan unga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirib, unumdorlik 98,5 % bo‘lganda, qancha massa vodorod xlorid olish mumkin? (Javob: 9,46 t). Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling