O‘rganilsa, ham keng ommaga taqdim etilsa, nafaqat amir Umarxon balki uning
Download 448.43 Kb. Pdf ko'rish
|
646dde983efbe Qo\'qon adabiy muhiti va Uchinchi Renessans (2) (2)-198-202
Annotation:
Article is devoted to definition of a place and beaters of creativity known, but still insufficiently studied representative of Uzbek literature of the XVIII centuries Hodzhamnazara Huvaydo living and creating in due time in Kokand literary environment. The place and value of creativity of the poet in Uzbek literature are defined, great art skills and the importance of creativity of the poet, played a significant role for further development of Uzbek literature as a whole are especially emphasized. Key words: creativity, literary circle, literary traditions, stylistic statement of poetry. 199 “Devoni Huvaydo” “Rohati dil” va “Ibrohim Adham” kabi asarlarni o‘z ichiga olgan Huvaydo ijodida Qo‘qon adabiy muhitidagi insonparvarlik ruhi o‘z ifodasini topgan. Shoir ijodining asosiy mazmunini xalqchillik, hayotiylik, ma’naviy- axloqiy tubanlikka qarshi nafrat, diniy mutaassiblikdan yiroqlashishga da’vat g‘oyalari tashkil etadi. Mumtoz she’riyatning yirik vakillaridan biri Huvaydo g‘azallari, mustazodlari, muxammaslari va ruboiylari o‘quvchida zavq-shavq uyg‘otadi, oliy insoniy fazilatlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi. [5, 2] “Huvaydo g‘azallari hayotiy shavq-zavq bilan, insoniy bir armon – o‘kinch bilan yo‘g‘rilgan. Shoir ishqi majoziy hayotda ham, ishqi haqiqiy hayotda ham ajib ehtiros bilan, najib dardmandlik bilan qalam tebratadi. Shoir she’riyatida didaktik ohanglar ham qariyb yetakchi o‘rin tutadi. Lekin, ular shunchaki quruq pandu nasihatlar emas, ularning g‘amdan, nochorlikdan yaralgan donolikni anglaymiz. Shoirning qator g‘azallarida isyonkorona ruh shu qadar yolqinliki, beixtiyor otash haroratini his etamiz. Tasavvufiy g‘azallarda esa e’tiqodda ustuvorlik, imonda poklik tarannum qilinadi, ruhiyatni haq sari izchil yo‘naltirishga da’vat etiladi”, [2, 3] -deb yozadi professor Suyima Gʻaniyeva. Shoir lirikasidagi “g‘amdan, nochorlikdan yaralgan donolik” mohiyatini anglash, qaysi g‘am va qanday nochorlikdan bu donolik vujudga kelganligi haqida mulohaza yuritish, fikr bildirish, shubhasiz, bugungi adabiyotshunoslikning vazifalaridandir. Shu kunga qadar yaratilgan tadqiqotlar, shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan nomzodlik dissertasiyasi bu sohada mavjud ilmiy muammolarni to‘liq qamrab ololmagan. Shoir ijodiy uslubi, g‘oyaviy qarashlari haqida aniq tushuntirib berilmagan, ilmiy asoslanmagan fikrlar ayrim tadqiqotlarda ko‘zga tashlanadi. Huvaydo she’riyatining orifona mohiyati hanuz to‘la ochilmagan. O‘tgan mustabid tuzum va mafkuraning bu masalaga munosabati ayon. Istiqlol davri fani esa har qanday hukmron mafkura tazyiqidan xoli, xolisona ilmiy tadqiqotlar olib borish yo‘liga o‘tdi. Keyingi tadqiqotlarda Huvaydoning orifona qarashlari dunyoqarashi va she’riyatining irfoniy mohiyati chuqurroq o‘rganilishi tayin. Ammo, mavjud ilmiy tadqiqotlardagi noaniqliklarga munosabat bildirish, xato fikrlarni rad etish keyingi tadqiqotlarning ob’yektivligi, ilmiyligi uchun foydadan xoli bo‘lmaydi. O‘tgan asr o‘rtalarida shoir haqida aytilgan fikrlarda “Huvaydo dunyoqarashi va g‘oyaviy pozisiyasida qarama-qarshiliklar bo‘lgan” mazmunidagi g‘oyalar ustunlik qilardi. “O‘zbek adabiyoti tarixi” besh tomligining III jildida “Huvaydo” deb nomlangan mavzu kiritilgan. Unda sevimli shoir hayoti va ijodi muxtasar, ammo barcha mavjud ma’lumotlarni qamragan, mualliflar tomonidan izohlanib, shoir ijodi mohiyati siyosiy mahdudlik sharoitida imkon darajasida yoritilgan. Ijodi qariyb hamd va munojotlardan iborat bo‘lgan sufiy shoir nomini dahriy mustamlakachi “ko‘zini pardalab” fanga, o‘quv adabiyotiga kiritish, ijodini targ‘ib qilish uchun fidoyi, zakiy, vatanparvar o‘zbek olimlari qanchalik katta jasorat ko‘rsatganliklarini tasavvur qilish mumkin. Buni vatanparvarlik va millatsevarlikning yuksak namunasi, haqiqiy qahramonlik desa bo‘ladi. Ammo, albatta siyosiy mulohazalar nuqtai nazaridan bo‘lsa kerak, “Huvaydo adabiy 200 merosining sosial mohiyatiga kelganda shuni qayd qilmoq lozimki, u XVIII asr o‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan, dunyoqarashi va ijodi qarama-qarshi qutblardan iborat shoirlardan biri sanaladi”, [3, 370] -deb yozilgan. Dunyoqarashi barqaror, qalbi imon nuriga to‘la insonlar oilasida dunyoga kelgan Huvaydo, ulg‘aya borgan sari dunyoni, insonning olamga kelishi va ketishi hikmatlarini o‘ylagan, bu sohadagi falsafiy qiziqishlari orta borgan. Ammo, ana shu ongli hayotining boshidayoq uni turli mazmundagi noto‘g‘ri fikrlardan, ikkilanishlardan asrab, haqiqat yo‘liga yo‘naltirib turuvchi kuch bor edi. Bu uning qon-qoniga singib ketgan ma’rifatdir. U qiynoq, azoblardan shikoyat qilgan bo‘lsa, ma’rifatni, go‘zal xulqni kamolga yetkazish yo‘lidagi mashaqqatlarini ifodalagan edi. Bu yo‘l shoir uchun tariqat yo‘li edi. Shu bois u mutafakkir shaxs bo‘lib yetishdi, ma’naviy komillikni o‘zi yashayotgan jamiyatdagi kishilarda ham ko‘rishni istadi: Download 448.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling