O‘rganish. Ob’ektning sistematik holati


Tashqi tu/ilishi. Quyonning gavdasi — bosh, bo‘yin, tana, dum va orqa hamda oldingi  oyoqlarga bo'linadi (101-rasm).  101-rasm. Tolay tovushqoni


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana13.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1351809
1   2   3
Bog'liq
11-Laboratoriya umurtqali. (1)

Tashqi tu/ilishi. Quyonning gavdasi — bosh, bo‘yin, tana, dum va orqa hamda oldingi 
oyoqlarga bo'linadi (101-rasm). 
101-rasm. Tolay tovushqoni. 
Tumshuqning pastki qismiga joylashgan og‘iz teshigi ha- rakatchan lab bilan o'ralgan. Yuqori 
lab ikkiga bo‘lingan. Ko‘zlarini shikastlanishdan asraydigan harakatchan yuqorigi va pastki 
qovoqlari bor. Qovoq chetida qattiq tuksimon kipriklar joylashgan. Ko‘zning ichki 


burchagidagi uchinchi qovoq yoki yumgich parda rudiment (qoldiq) holda. Ko‘zdan 
yuqoriroqda elastik tog‘ay skeletli quloq supralari joylashgan. 


Tumshug‘ining uchida ikkita yoriqsimon burun teshiklari bor. 
Dumining ostida orqa chiqarish teshigi bor, undan bir oz oldinda siydik — tanosil teshigi 
joylashgan. Urg‘ochisida siydik tanosil teshigi kenggina yoriq shaklida, erkagida esa kichki- na 
erkaklik jinsiy a’zosining uchiga o‘mashgan. Voyaga yetgan erkak quyonda jinsiy a’zoning ikki 
yonidagi terisi ko‘tarilib xaltacha — yoig'oq hosil qiladi. Oldingi oyoqlari deyarli kalta va besh 
barmoqli, orqa oyoqlari esa uzun hamda to‘rt barmoqli bo‘ladi. Barcha barmoqlarida timoqlari 
bor. 
Quyonning gavdasi yunglar bilan qoplangan. Mo‘yna ikki xil yungdan: yo‘g‘on va uzun 
qildan va shu qillar tagiga o‘rnashgan kalta va yumshoq tivitdan iborat. Tumushug‘ining uchida 
siyrak, uzun va juda qattiq tuklar — vibrissalari bor. Bunday tuklar ko‘z usti va oralig‘ida, ustki 
va pastki lablarda hamda quloqlarining oralig‘ida ham bo‘ladi. Urg‘ochi quyonning qornida sut 
bezlari va 5 juft so‘rg‘ichlari bor. 
Boshqa umurtqali hayvonlarga o‘xshab sutemizuvchilar- ning terisi ham ikki qavatdan iborat, 
ya’ni tashqi — epidermis va ichki kutis qavati bor (102-rasm). 
102-rasm. Sutemizuvchilar terisining tuzilishi: 
l-epidermisning sirtqi (yuza) shox qatlami (hujayralari vaqt-vaqti bilan 
tushib turadi), 2-tirik hujayrali epidermisning chuqur qatlami (malpigiy 
qatlami), 3 -chin teri qatlami (kutis), 4-yung, 5- ter bezi, 6-ter bezi 
yo'Iining teshiklari, 7-yog‘ bezi, 8-yung muskollari, 9-terining 
biriktiruvchi to'qima tolalari, 10-qon tomirlari, 11-yung asosi- dagi 
so'rg’ichchasi. 
Yuzaga yaqin joylashgan yassi hujayralarda keratogial birik- malar to‘planib, ularning sekin-
asta nobud bo‘lishidan shox qavat hosil bo‘lishiga olib keladi. Yuzada joylashgan hujayralar 
batamom shox moddaga aylanib, sekin-asta qazg‘oq yoki yirik bo‘laklar (tyulenlarda) shaklida 
to‘kilib turadi. Malpigiy qavat hujayralarining bo'linib turishi hisobiga ularning o‘mi to‘Iib 
boradi. . 
Sutemizuvchilarning epidermis teri qavati har xil teri hosila- larini — soch, timoq, tuyoq, 
kovak shox (bug'ulardan tashqari), tangacha va turli bezlarni beradi. 
Haqiqiy (chin) teri, ya’ni kutis qavati sutemizuvchilarda juda yaxshi rivojlangan. Chin teri 
qavati juda murakkab to‘r hosil qiluvchi tolali biriktiruvchi to‘qimadan iborat bo‘lib, bu yerda 
yog
1
to'planadi. Bu qavat teri osti yog‘ kletchatkasi deb ataladi. U kitlarda va tyulenlarda yaxshi 
rivojlangan. Quruqlikda yashovchi ayrim sutemizuvchilarda (yumronqoziq, bo‘rsiq, sug‘ur, 
ayiq) ham bu qavat yaxshi rivojlangan. 
Sutemizuvchilar uchun yung qoplami reptiliyalarda tangachalar, qushlarda pat-parlar singari 
xarakterlidir. Ko‘pchilik sutemizuvchilarning terisi yung bilan qoplangan. Yunglar te- rida 
joylashgan ildizchalardan o‘sib chiqadi, ya’ni teri ustiga chiqib turgan yung o‘qi va teri ostida 
joylashgan ildizni ko‘rish mumkin. 
Yung o‘qi o‘zak, qobiq qismi va teridan iborat. 0‘zakg‘ovak to‘qimadan iborat bo‘lib, uning 
hujayralari orasida havo bo'ladi. Qobiq qismi aksincha juda zich bo‘lib, yungning qattiqligini 
ta’minlaydi. Yupqa tashqi teri uni kimyoviy va fizik ta’sirlardan muhofaza qiladi. Yunglarning 
ildizchasi maxsus yung (soch) xaltasida joylashgan. Xaltachaga yog‘ bezlarining yo‘llari 
ochilgan bo‘lib, bezlar ajratgan sekret teri va junni moylab, qayishqoq qiladi, ularga suv 
yuqtirmaydi. 
Sutemizuvchilar terisidagi bezlar tuzilishi va fiinksiyasiga ko'ra qushlarnikidan farq qiladi. 
Ular terisida asosan ter, yog‘, hid va sut bezlari bor. 
Ter bezlari naychasimon va ularning ichki qismi tugunak- simon. Ular bevosita teri yuzasiga 
yoki yung xaltachasiga ochiladi. Ter bezlari suv va parchalanish mahsulotlarini tashqariga 
chiqarish va tana yuzasini sovitish vazifasini bajaradi. 
Yog‘ bezlari uzum boshi shaklida bo‘lib, deyarli hamma vaqt yung xaltachasining 


voronkasiga ochiladi.-Yog‘ sekreti te- rini va yungni moylab, ulami qurib qolishdan va ho‘l 
bo‘lishdan saqlaydi. Yog' bezlari ayniqsa kitsimonlarda, kurak oyoqli- larda, sovuq iqlimda 
yashovchi darrandalarda va qishki uyquga ketuvchi sutemizuvchilarda yaxshi rivojlangan. 
Hid bezlari o'zgargan ter va yog‘ bezlaridan hosil bo‘ladi. Hid bezlari Amerika skunslari va 
susarlarda kuchli rivojlangan. Muskus bezlari kabarga, vixuxol, qunduz va ondatra- larda ham 
bo‘ladi. Bu bezlar hayvonlami bir-birini topishida va o‘zlarini himoya qilishida muhim 
ahamiyatga ega. 
Sut bezlari ham shakii o‘zgargan oddiy naysimon ter bez- laridir. Sutemizuvchilarda sut 
bezlarining joylashishi va ular- dagi so‘rg‘ichlari soni har xil bo‘ladi. 
Topshiriqlar: 
Quyonni va boshqa ekologik guruhlarga kiruvchi sutemizuvchilar vakillari tulumlarini tashqi 
tuzilishini ko‘zdan kechirgach quyidagi rasmlami albomga chizib oling: 
1. 
Turli ekologik guruhlarga kiruvchi sutemizuvchilar vakillari tashqi ko‘rinishi; 
2. 
Quyonning tashqi ko‘rinishi. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling