4-modda. Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar
Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
ta’lim sohasida kamsitishlarga yo’l qo’yilmasligi;
ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratii xususiyati; ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
un bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o’rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochikligi;
o’quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya kilishning kafolatlanganligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning ragbatlantirilishi;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg’unligi; ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
Kyeingi masalada talabalarga Pedagogika fanlaridan adabiyotlar bibliografiyasini tuzish topshiriladi. Talabalar kutubxonadagi adabiyotlar hamda internet manbalari asosida pedagogika fanlariga oid bibliografiya tuzishadi. Alfavit tartibida va talab asosida adabiyotlarni ketma-ket joylashtirishadi. Namuna sifatida keltiramiz
Quyidagi tartibga amal qiling!
Umumiy pedagogika fanidan adabiyotlar bibliografiyasi
I.O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARI, PREZIDENT ASARLARI HAMDA ME'YORIY HUJJATLAR
Мирзиёeв Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. Т.1.-Тошкент: Ўзбекистон, 2017
Мирзиёeв Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб ҳалқимиз билан бирга қўрамиз. “Ўзбекистон” 2017
O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim to’g’risida»gi Qonuni. Barkamol avlod –O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.T., «Sharq», 1998y.
Do'stlaringiz bilan baham: |