O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari
Nerv jarayonlarining uyg„unligi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari
Nerv jarayonlarining uyg„unligi.
Markaziy nerv sistemasdi bir guruh neyronlar yoki ayrim nerv markazlar \kо‗zg‗alganda, ikkinchi nerv markazlari tormozlangan holatda baholadi. , Bir guruh muskullarning nerv markazlari tormozlanadi. Masalan, qо‗l panjasini musht qilganda yelka oldining oldingi orka tomonidagi muskullar bо‗shashadi, ya‘ni bukuvchi muskularning nerv markazlari qо‗zg‗alib, yozuvchi muskularning nerv marazlari tormozlanadi. Nerv sistemasidagi qо‗zg‗alib va . tormozlanish jarayonlarining bu xildagi о‗zaro ta‘siri uyg‗unlik deyiladi. Chap oyokni bukganda о‗ng oyoqning tizza bо‗gimi yoziladi va aksincha. Dominanta. Nerv markazlaridagi dominanta xususiyatini 1923 yilda A. A.Uxtomskiy isbotlagan. Bir butun refleks apparati bir xil sharoitda ishlab turganda kuchli ta‘sir natijasida impulslarning nerv markazlarida vaqtinchalik tо‗planib, ustunlik kilishi dominanta deyiladi. Optimal kuch va optimal ritmdagi qо‗zg‗alish imdulslari nerv markazlarida yuqori qо‗zlalish chogini keltirib chiqaradi. Nerv markazlari gumoral ta‘sir natijasida ham qо‗zg‗aladi. Yota qо‗zg‗alish nerv markazida yetiladi. Shunday qilib, ustunlik qiladigan qо‗zg‗alish о‗chog‗i paydo bо‗ladi. Dominantada о‗ta qо‗zg‗algan nerv markazi boshqa nerv markazlaridan ustunlik qiladi. Masalan, agar tizza refleksi tekshirilayotgan odamda tizza refleksi yaxshi chiqmayotgan bо‗lsa, unga о‗ng qо‗li panajasini chap qо‗li bilan tortish buyuriladi, shu vaqtda tizza refleksi yaxshi natija beradi. Dominanta markazi markaziy nerv sistemasining barcha bо‗limlari faoliyatiga ta‘sir etadi. Qо‗zg‗aluvchanlik qancha kuchli bо‗lsa, dominanta markazi ham shuncha turgun bо‗ladi, hamda shu nerv markaziga kelgan impulslar shunchalik kо‗p tо‗planadi. Nerv markazlari aktivligi doimo bir xilda bо‗lmaydi, reflektor reaksiyaning uygun bо‗lishida bir guruh, nerv markazlarga qaraganda , boshka nerv markazlrari aktiv bо‗ladi. Dominantaning asosiy xususiyati • qо‗zg‗aluvchanlikni nerv markazlarida yuqori bо‗lishi, qо‗zg‗alishning turg‗unligi, chetki ta‘sirining tо‗planishi va dominatning befarq bо‗lishidir. Dominantaning vujudga kelishidagi muhim shartlardan biri nerv hujayralarining о‗ta qо‗zgaluvchanligi hisoblanadi. Dominanta uzoq muddat saqlanib turishi mumkin. Lekin hamma markazlar ham dbminanta holatiga kelavermaydi. Dominanta bitta nerv markazida emas, balki nerv sistemaning turli sohalarida paydo bо‗lishi mumkin. Muskul ishi dominantasida miya pо‗stlogining turli qismlarida, pо‗stloq osti qismlarida kuchli qо‗zg‗alish vujudga keladi. Dominanta oliy nerv faoliyatiga, odamning ruhiyatiga bog‗liq bо‗ladi albatta. Dominanta markazidan tashqaridagi reflekslarni vujudga keltiruvchi boshqa ta‘sirlovchilar dominantaga xalaqit bermaydi, aksincha shu dominanta markazining qо‗zg‗aluvchanligini yanada oshiradi, binobarin, refleks xalqalarida tormozlanishini kuchaytiradi. Nerv markazlari dominantasi pedagogika va psixologiyada juda katta ahamiyatga ega. О‗qituvchilar о‗quvchilarga ta‘lim-tarbiya berishda buni hisobga olishi kerak. Irradatsiya, induksiya, qо‗zg‗alish, tormozlanish, dominantaning yeshga xos xususiyatlari. Bola tug‗ilganidan keyin markaziy nerv sistemasi tashqi muhit ta‘siri va hulq-atvor, nutq tufayli rivojlanib boradi. Yangi tug‗ilg‗an va kichik bog‗cha yoshidagi bolalarning nerv sistemasida qо‗zg‗alish jarayoni tormozlanish jaroyonidan ustun turadi. Harakat markazlari orqa va bosh miyada qо‗zg‗alish xususiyatiga ega, shu sababli bu yoshdagi bolalar serharakat va xis- hayajonga tо‗la bо‗ladi. Bolalarda shartli refleks hosil bulayotgan davrda qо‗zg‗alish shu shartli refleksni hosil qiluvchi analizator markaziga hamda qо‗zg‗ashni analizator markazlarig‗a tarqaladi. Shartli refleksning hosil bо‗lishi va mustahkamlanishi bilan shartli ta‘sirlovchiga taaluqli markazlarga tarqalmaydi. Masalan, bolada birorta tovushga shartli refleks paydo bо‗lsa, shu tovushga yaqin tovushlar ham shartli ta‘sirlovchi kabi ta‘sir etib, shartli refleks hosil qiladi. Shartli refleks qancha mustahkam bо‗lsa, qо‗zg‗alish shuncha kam tarqaladi. Gо‗daklarda qо‗zg‗alish bog‗cha yoshidagi bolalardagiga nisbatan ancha keng tarqaladi. Bog‗cha yoshidagi bolalarda qо‗zg‗alish markazlari tez almashinib turadi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarning xarakati va diqqati beqaror bо‗ladi, uzoq davom etmaydi. Bolaning yoshi orta borar ekan, dominanta markazlarida vujudga kelgan qо‗zg‗alish barqaror bо‗lib, uzoq vaqt qо‗zg‗alib turadi hamda ta‘sirlar yig‗indisi ortib boradi. Yangi tug‗ilgan bolada ovqatga dominanta paydo bо‗ladi. Asta-sekin ayrim ta‘sirga dominanta markazlari vujudga kela boshlaydi. Dominanta markazlari turg‗un bо‗lmaydi va dominanta uzoq davom etmaydi. Orqa miyaning tuzilishi orqa miya umurtqa kanalida birinchi bо‗yin umurtqasi bilan 2-bel umurtqasi oralig‗ida joylashgan bо‗lib, katta odamda og‗irligi 30-40 g. uzunligi 45 sm. Yangi tug‗ilgan bolada og‗irligi 6-10 g uzunligi 13-15 sm. Nerv hujayralari orqa miyaning kulrang, nerv tolalari esa oq moddasini hosil qiladi.
Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling