O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari
5
. Suyaklarning tuzilishi va rivojlanishi. Skeletdagi ba‘zi suyaklar (miya qutisi, yuz skeletlari qisman umrov suyagi va boshqalar) bevosita biriktiruvchi tо‗qimadan rivojlanadi. Bunday rivojlanishda biriktiruvchi tо‗qima hujayralariga ohak tuzlari jimilib, suyak xujayralari vujudga keladi. Skeletdagi suyaklarning kо‗pchiligi tog‗ay tо‗qimasini suyak tо‗qimasiga aylana borishi bilan rivojlanadi. Bunday rivojlanishda tog‗ay tо‗qimasining ichida suyaklanish
5
Function‖ ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 116- bet mazmun va moxiyatidan foydalanildi
nuqtalari vujudga keladi.Birinchi suyaklanish nuqtalari embrion' rivojlanipshning 7-8 haftalarida vujudga kela boshlaydi. Yangi tug‗ilgan bola skeletidagi kо‗pchilik suyaklanish nuqtalari vujudga kelgan bо‗ladi. Yangi tugilgan bola skeletida tog‗ay qismlari kо‗p bо‗ladi. Bolaning hayoti mobaynida suyaklar о‗sib rivojlana boradi. Har bir suyakning ustini suyak usti pardasi qoplagan bо‗lib, bu parda bolalarda juda pishiq bо‗ladi, hatto suyak singanda ham yirtilmaydi. Suyak usti pardasi bilan suyakning faqatgina bо‗gim yuzalari qoplamaydi xolos. Suyak usti pardasi kо‗p miqdoridagi qon tomirlar nervlar bilan ta‘minlangan bо‗lib, bular suyak ust parda orqali suyakning ichki qismiga о‗tadi. Suyak shikastlanganda yeki kasallanganda suyak ust parda hujayralar hisobiga suyak qayta , tiklanadi. Suyak usti pardaga bog‗lamlar va muskullar birikadi. Suyak ust pardaning tagida suyakning kompakt yoki zich qavati bо‗lib, buning tagida qovak qavati joylashgan bо‗ladi. Uzun suyaklarning ichki qismida suyakning butun uzunligi bо‗yicha bushliq bо‗ladi. Yangi tugilgan va kо‗krak yoshidagi bolalarning uzun naysimon suyaklarning bо‗shliq qismida qizil iliq bо‗lib о‗sish protsessila qizil ilikning о‗rnini sariq ilik almashtiradi. Naysimon suyaklarning ikki uchida ba‘zi yassi suyaklarda 15 yoshgacha qizil ilik saqlanadi. Suyaklar shakli va tuzilishiga qarab, naysimon, yassi, kalta va aralash suyaklarga bо‗linadi. Naysimon suyaklar qо‗l-oyoq, skeletining tarkibiga kiradi. Naysimon suyaklar orasida uzunlari (yelka, bilak, tirsak, suyaklari, son suyaklari, boldir suyaklari, barmoq suyaklari) bо‗ladi. Har bir naysimon suyakning tanasi (diafiz) va ikki uchi (epifiz) deyiladi. Yassi suyaklarning shakli turli xil bо‗ladi. Ularga kallaning qoplovchi suyaklari, kurak va chanoq suyaklari kiradi. Aralash suyaklar turli shaklga ega bо‗ladi. Suyaklarni yuzasida notekisliklar, dumboq, qirra, teshiklar va egatlar bо‗ladi. Bularga muskullar naylar, boylamlar birikadi yoki tomirlar nervlar о‗tadi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling