O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari
yuzasini hosil qiladi
24 . Bolaning yeshi ortishi bilan о‗pkasining ogirligi, о‗lchamlari va hajmi ortib boradi. Yangi tugilgan bolalarda ikkita о‗pkaning ogirligi 50-57 g, 1-2 yoshda 225 g, 5-6 yoshda 350 g, 9-10 yoshda 395 g, 15-16 yoshda 690 g, kattalarda esa 1000 g bо‗ladi. О‗pkaning hajmi yangi tug‗ilgan bolalarda 70 sm 3 , 1 yoshda 270 sm 3 , 8 yoshda 640 sm 3 , 12 yoshda 680 sm 3 , katta odamda esa 1400 sm 3 bо‗ladi, О‗pkaning о‗sishi asosan alveola hujayralariiing ortib borishi hisobiga bо‗ladi. Yangi tugilgan bolalarda alveolalarning soni katta odamnikiga nisbatan 3 marta kam bо‗ladi. Alveolalarning intensiv о‗sishi ayniqsa bolaning 12 yoshidan boshlanadi. Bolaning 3-7 yoshdan boshlab kо‗krak tipidagi nafas olish vujudga kela boshlaydi.
23 Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - ―An Introduction to Structure and Function‖ ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 340- bet mazmun va moxiyatidan foydalanildi
24
Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - ―An Introduction to Structure and Function‖ ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 339- bet mazmun va moxiyatidan foydalanildi
Bolalarning nafas olishi kattalarnikiga qaraganda tez va yuzakidir. Yangi tugilgan bolaning nafas olishi bir meyorda emas, chuqur nafas olish yuzaki nafas olish bilan almashinib qoladi. Bolaning ilk yoshida bogcha va kichik maktab yoshidan boshlab asta-sekin nafas olish bir meyorda bо‗la boshlaydi. Bolaning yoshi ortishi bilan о‗pkaning havo sigimi ortib boradi. Yangi tug‗ilgan bolalarda о‗pkaning havo sigimi 20 sm 3 , 1 yoshda 80 sm 3 , 5 yoshda 215 sm 3 , 12 yoshda 375 sm 3 , katta odamlarda esa 300-460 sm 3 ni tashkil etadi. Bolalarda nafas olish tez bо‗lgani uchun G‗pkaning ventilyatsiyasi yuqori bо‗ladi. О‗pkaning ventilyatsiyasi yangi tug‗ilgan bolaning har kg og‗ir hisoblansa о‗smirlarning har kg ogirligiga nisbatan 4 marta ortiq bо‗ladi. Yosh bolalar organizmini kislorodga bо‗lgan talabi yasuda yuqoridir, chunki bularda energiya va moddalar almashinuvi juda intensiv ravishda kechadi. Masalan 1 kg bola organini kislorod bilan normal ta‘minlab turish uchun о‗pkasidan bir minutda 1400-1500 sm 3 havo о‗tishi kerak. Katta odamning har 1 kg ga esa shu maqsad uchun 300-400 sm 3 , 5-6 yeshda 200-210 sm 3 , 7 yoshda 170 sm 3 , 8-10 yoshda 160 sm , 11-13 yoshda 130-145 sm 3 , 14 yoshda 125 sm 3 kislorod tо‗g‗ri keladi. Bolalar kattalarga nisbatan tinch holatda ayniqsa, muskul ishida kattalarga nisbatan tez-tez nafas oladi. Agarda bolalar muntazam ravishda jismoniy mashq bilan, ayniqsa, qayiqda suzish, voleybol, yengil atletika, suzish sporti bilan shug‗ullansa, о‗pkaning tiriklik sigimi ortadi. Bolalarda gazlar almashinuvi ishqor-kislota muvozanatini boshqarilishi bilan bog‗liq. Masalan, 5 yoshli bolaning chiqarilgan havo tarkibida karbonat angidrid gazining miqdori, katta odamning chiqargan nafas havosiga nisbatan 3 marta kamdir. Bolaning yoshi ortishi bilan chiqarilgan havodagi karbonat angidrid miqdori ortib, kislorod miqdori kamayib boradi. Bolalarda chiqarilgan havoda kislorod miqdori kamayib boradi. Bolalarda о‗pkadan chikarilgan havoda kislorodning kam bо‗lishi alveolalarga kislorod о‗tishi kattalarnikiga nisbatan kam bо‗lishi bilan bog‗liq. Masalan, 6 yoshli bolalarda kislorodni о‗pkalarda foydalanish foizi katta odamnikiga nisbatan 2 marta kam.
Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling