bezi joylashgan, ular ham yog„ kapsulasi ichida о„ralgan bо„ladi
26
.
Pо‗stloq qavatda Malpigi tuguni, Shumlyanskiy-Bauman kapsulasi, buyrak piramidachalari,
Genli qovuzlog‗i va siydik yiguvchi umumiy kanalchalar bо‗ladi. Piramidachalarning uchi teshik
bо‗lib, kichik kosacha bilan о‗ralgan. Sо‗rgichning uchida kо‗p teshik bо‗ladi. Bu teshiklar
siydik yiguvchi umumiy yо‗lning uchidir. Kichik kosachalar voronka bо‗lib, ulardan 2-3 tasining
qо‗shilishidan katta kosacha hosil bо‗ladi. Kagga kosachalarning yigilishidan buyrak jomi hosil
buladi. Buyrak mikroskopda qaralganda kо‗rinadigan asosiy struktura birligi nefron deyiladi. U
asosan pо‗stloq qavatda joylashgan. Har bir buyrak kapsulasiga qon olib keluvchi arterial
tomircha kiradi. Bu tomircha kapsula ichida koptokchalar hosil qiladigan kapillyarlarga bо‗linib,
nefronlarning siydik kanalchalarini о‗rab oladi. Ikkinchi kapillyarlar sistemasidan о‗tadigan qon
venoz qoniga aylanadi. Arteriya kapillyarlari Malpigi tugunini hosil qiladi. Bu tugun kapsula
bilan о‗ralgan. Har bir buyrakdan siydik yо‗li chiqadi. Siydik yо‗li uzun naychadan iborat bо‗lib,
devori uch qavatdan tuzilgan. Siydik yо‗lining nastki uchi qovuqqa ochiladi. qovuq toq organ
bо‗lib, unda siydik tо‗planadi. Uning hajmi 500-750 sm . Siydik chiqarish kanali muskul shilliq
pardadan iborat naycha. Siydik kanali о‗gil bolalarda odatda jinsiy olat bopgchasidan ochiladi.
Qiz bolalarda kanalning tashqi teshigi qinga kirish yо‗lidan yuqoriroqda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |