O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari
Xujayrada 50 tagacha, ba‟zi xujayralarda 900 tagacha
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari
Xujayrada 50 tagacha, ba‟zi xujayralarda 900 tagacha
Mitoxondriyalar membranasi ikki kavatdan iborat. Ular tarkibida oksillar, lipidlar nuklein kislotalar borligi kuzatilgan.
Shuningdek, ular tarkibida xujayradagi energiya almashinuvida ishtirok etuvchi ko‗pgina fermentlar saqlanadi. Mitoxondriyalarda ATF (adenozintrifosfat kislota) xosil bo‗ladi. Tayanch-trofik yoki biriktiruvchi tо‗qima. But то‗qima asosan organizmning ichki qismini tashkil etib, mezenxima kurtagidan hosil bо‗ladi. Biriktiruvchi tо‗qima uch guruhga: qon va limfa tо‗qimasi, tog‗ay va suyak tо‗kimasi (zich biriktiruvchi tо‗qima), silliq muskul tо‗kimasiga bо‗linadi. Qon va limfa tо‗qimasi embrional rivojlanishda tomirlar bilan birga бir vaqtda paydo bо‗ladi. Qon suyuq biriktiruvchi tо‗kima bо‗lib, kon plazmasi-suyuq qismi va konning shaklli elementlaridan iborat. Kоn plazmasi rangsiz, tinik, biroz yopishqok suyuqlik bо‗lib, uning tarkibida oqsillar, uglevodlar, yog‗lar, mineral tuzlar va boshka moddalar saqlanadi. Qon plazmasi qon shaklli elementlarining ichki muxiti hisoblanadi. Qonda uch xil elementlar: qizilqontanachalari (eritrotsitlar), oqqontanachalari (leykotsitlar) va qon plastinkalari (trombotsitlаp) bо‗ladi. Eritrotsitlar ikki tomoni botiq disk shaklidagi xujayralar bо‗lib, tarkibida gemoglobin moddasini saqlaydi. IX Leykotsitlar har xil shakldagi rangsiz hujayralar bо‗lib, 1 mm konda 6-8 ming dona bо‗ladi. Leykotsitlar ikkiga bо‗linadi: donador (granulotsitlar) va donasiz (agrotsitlar). Donador leykotsitlar sitoplazmasida maxsus donalar bо‗ladi. Ular bо‗yalishiga qarab, neytrofil, eozinofil va bazofil leykotsitlarga bо‗linadi. Donasiz leykotsitlarga limfotsitlar bilan monotsitlar kiradi. Zichlashgan biriktiruvchi tо‗kima. Bu tо‗qimaning hujayralar aro modda kollagen elastik moddasi tolalardan va shu tolalarni qamrab oluvchi amorf moddadan iborat. Asosiy moddada asosan fibroblastlar joylashadi. Suyak tо‗qimasi. Suyak tо‗qimasining asosiy moddasida oxak tuzlari shimilganligi uchun ular ancha qattiq bо‗ladi. Bu tо‗qimada organik moddalar kо‗pligi uchun ham juda qattiq bо‗ladi. Suyak tо‗qimasi plastinkalardan va ingichka kollagen tolachalardan tuzilgan. Suyak tо‗qimasida osteon kanallari bо‗lib, bu kanallar konsentrik shaklda joylashgan suyak plastinkalaridan tuzilgan bо‗ladi. Suyak xujayralari osteotsitlar deb nomlanib, ularning yulduzsimon shakldagi juda kо‗p о‗siklari bо‗ladi. Suyakdagi osteon kanallardan qon tomirlari va nervlar о‗tadi. Muskul tuqimasi. Bu tо‗qima tolalarining protoplazmasida qisqarish xususiyatiga ega bо‗lgan, tabaqalangan maxsus ingichka tolalar (miofibrillar) bо‗lishi bilan boshqa tо‗qimalardan farq kiladi. Organizmda ikki xil: silliq va kо‗ndalang-targilmuskul tо‗qimalari bо‗lib, silliq muskul tо‗qimasi ichki organlar, tomirlar sistemasida bо‗ladi, kо‗ndalang targ‘il muskul tо‗qimasi skeletdagi suyaklarni qoplab oladi. Muskul tо‗qimasi mezenximadan rivojlanadi. Silliq muskul tо‗qimasining hujayralari uzunasiga chо‗zilgan dikshaklda bо‗lib, hujayralar sitoplazmasida oval shakldagi yadro bor. Miofibrill tolalari bir-biriga parallel joylashgan bо‗lib, qisqarish xususiyatiga ega. Kо‗ndalang-targ‘il muskul tо‗qimasi ichki organlardan ba‘zilar (halkum, qizilо‗ngach, til, xiqildoq muskullari) devorida ham uchraydi. Bu tо‗qimaning bо‗yi bir necha smga yetadi. Kо‗ndalang targ‗il muskul tolalari mikroskopda kо‗rilganda, qisqaruvchi modsasi kо‗ndalang- targ‗il bо‗lib kо‗rinadi, chunki muskul tolalarining miofibrillarda izotrop va anizotrop zarrachalar joylashgan. Bu zarrachalar nurni turlicha sindiradi. Yurak muskul tо‗qimasi ham kо‗ndalang-targ‗il muskul tо‗qimasiga о‗xshaydi. Biroq ixtiyorimizdan tashqari qisqaradi.
Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling