O‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana30.04.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1408502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
U1z22rJWAJqxDLwhLuhg4ZQ3cJQGplryVeWC6bcK

Raqamli texnologiya bu – xo‘jalik yuritishning zamonaviy shakli bo‘lib, 
unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko‘rinishdagi 
katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni xizmat qiladi.
Natijada: olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy xo‘jalik 
yuritish shakllariga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi.
Misol sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini,
3D-texnologiyasi, bulutli texnologiyalar, aqlli texnologiyalar yordamida mahsulot 
yetishtirish va uni yetkazib berish, turli xildagi tovarlarni saqlash va ularni sotish 
jarayonlarini keltirish mumkin. Jumladan, Texnologiya fani bo‘yicha amaliy ishlarni 
tashkil qilishda raqamli texnika va texnologiyalarning o‘rni katta. 


Raqamli texnologiylarga o‘tish nimani anglatadi? – degan savolga 
quyidagicha qilib javob berish mumkin: 
➢ 
raqamli texnologiyalarga o‘tish deganda, kompuyterlar va bilimlarga 
asoslangan holda jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining butunlay yangicha turini 
barpo etishini tushunamiz; 
➢ 
raqamli texnologiyalarga o‘tish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari 
sifatida ma’lumotlar bilan ishlashni amalga oshirib beradigan mobil ijtimoiy 
tarmoqlar, bulutli texnologiyalar, sensor tarmoqlar, buyumlar interneti hamda sun’iy 
intellekt texnologiyalari misol sifatida ko‘rsatish mumkin; 
➢ 
yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan texnologiyalar birgalikda “aqlli” obekt va 
jarayonlarni(aqlli davlat, aqlli uy, aqlli shahar, sog‘liqni saqlash, transport va 
tadbirkorlik)yaratishga imkon beradi. 
Raqamli texnologiyalarining asosiy rivojlanish bosqichlari sifatida esa 
quyidagilami keltirishimiz inumkin: 
1. Bosqich: 
• 
boshqaruv jarayonlarni kompyuterlashtirish va avtomatlashtirishning 
amalga oshirilishi; 
• 
telekommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi. shu jumladan, simli va 
simsiz, optik aloqaning amalga oshirilishi. 
2. Bosqich: 
• 
Online platformalarning hayotga tadbiq qilinishi(qidiruv tizimlari, elektron 
savdo maydonlari, masofaviy ta’lim, ijtimoiy tarmoqlar); 
• 
bulutli va virtual texnologiyalarning hayotga kirib kelishi. 
3. Bosqich: 
• 
Katta ma’lumotlarning prediktiv analitikasi, buyumlar interneti, 
robototexnika, additiv texnologiyalarning keng miqyosda ishlatilishi(shu jumladan, 
3D-printerlar),sun’iyintellekt(shu jumladan, mashina yordamidagi ta’lim jarayoni). 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling