O‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana30.04.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1408502
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
U1z22rJWAJqxDLwhLuhg4ZQ3cJQGplryVeWC6bcK



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
 
 
FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI 
MODULI BO‘YICHA 
 
 
 
“Texnologiya fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar” 
 
o‘quv kursining
 
“Taʻlim jarayonida raqamli texnologiyalarning o‘rni” mavzusidagi
ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: O‘.O.Tohirov 
Toshkent – 2022 


5-mavzu. Ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarning o‘rni 
 
Reja: 
1. Raqamli texnologiya tushunchasi va uning ahamiyati. 
2. Texnologiya fani darslarida raqamli texnologiyalardan foydalanish 
imkoniyatlari. 
2.1. QR-kod dasturi va uning imkoniyatlari.
2.2. Fashion – qomatga qarab kiyim tanlash dasturi. 
2.3. dr.rtm.uz – sayti. 
1. Raqamli texnologiya tushunchasi va uning ahamiyati 
Texnologiya fanining umummetodik va moddiy-texnik ta’minotini ishlab 
chiqishda raqamli texnologiyalarni joriy qilish katta ahamiyatga ega hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot 
texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan 
borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot 
texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish 
kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi 
bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon 
kirishamiz?! Ertaga juda kech bo‘ladi”. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston — 2030” 
strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Raqamli 
O‘zbekiston — 2030” strategiyasida “texnologik kasblar va innovatsion faoliyat 
sohasida o‘qishni tashkil etishga qaratilgan yuqori samarali xalqaro amaliyotni ta’lim 
tizimiga joriy etish” belgilangan. Bu esa sanoatning yetakchi tarmoqlarini 
modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni joriy 


etish, yuqori texnologiyali korxonalar, texnoparklar, ishlab chiqarish korxonalari tashkil 
etish, zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini barpo etish, raqamli 
texnologiyalar 
markazlari, 
yoshlarni 
startap-loyihalarini 
qo‘llab-quvvatlovchi 
inkubatsiya va akseleratsiya markazlari faoliyatini tashkil etishga yanada keng 
imkoniyatlar yaratadi.
Shuningdek, mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-son Farmoni 
hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Raqamli texnologiyalar va 
sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 
2021-yil 31-iyuldagi 475-son qarorlari qabul qilingan.
Mazkur qarorlar asosida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ham maktablarda 
raqamli texnologiyalarni joriy etishga katta e’tibor qartilmoqda. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling