O‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


 Fashion – qomatga qarab kiyim tanlash dasturi


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana30.04.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1408502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
U1z22rJWAJqxDLwhLuhg4ZQ3cJQGplryVeWC6bcK

 
2.2. Fashion – qomatga qarab kiyim tanlash dasturi 
 
Ko‘pchillik kiyim tanlashda qiynaladi. Qanday kiyinsam ekan, qaysi urf mos 
keladi, deydi. Turli buyumni qanday qilib bir-biriga uyg‘unlantirsa bo‘ladi? Hozir 
nima urfda? Bunday muammolar bilan duch kelsangiz, havotir olmang, sizga 
maxsus ilovalar yordam beradi. Eng foydalilari quyida keltirildi: 
Fashion – qomatga qarab kiyim tanlash. 


Libosni tanlayotganda, har kim o‘z qomatining o‘ziga xos tomonlarini 
tushinib olish juda muhim. Fashion ilovasi xohlaganingizdek natija beradigan 
kiyimni tanlashda yordam beradi, farqlarini ham ko‘rsatadi. 
Dastur qomatning toifasini belgilaydi va taklifdan kelib chiqib maslahat 
beradi hamda garderobingizdagi turli kiyimlarni bir-biriga mos keltirishingizga ham 
yordamlashadi. Quyida mavzuga bag‘ishlab infografika taqdim etilgan. 
 
Closet Love – barcha buyumlarni hisoblaydi. 
Closet Love da mavsumga, modaga, ranglar gammasiga va shunga o‘xshash 
jihatlarga qarab kiyimlar kolleksiyasini shakllantirsa bo‘ladi. 
Ilova foydalanuvchilarga yanada tartibli bo‘lishi uchun yordam beradi. 
Raqamli garderob kerakli buyumni topishga unga qanday aksessuarlar yarashishini 
esga olishga yordam beradi. Dastur hatto qaysi buyum kimyoviy tozalashda 
turganini kuzatib turadi. Tajribali stilistlar mos kiyim-bosh tanlashga yordam beradi, 
kerakli buyumlarni “do‘kon” bo‘limidan sotib olsa ham bo‘ladi. 


Foydalanuvchilar ilovani ularning yanada tartibli bo‘lishiga yordam bergani 
uchun yaxshi ko‘radi: “Eng yoqimlisi, kiyimlarining o‘zaro uyg‘unligini yaratish 
imkoniyati bor. Barcha buyumni belgilash va guruhlashtirish mumkin”.
Stylebook – kiyimlardan kollaj yaratish. 
Stylebook ilovasi foydalanuvchiga garderobining hisobini yuritish va xaridni 
rejalashtirishga yordam beradi. O‘zingizdagi barcha kiyimlarning ro‘yxatini tuzib 
chiqsa bo‘ladi, bu kiyimlarning takrorlanishidan va ortiqcha sarf-xarajatlardan 
qachishga hamda yana nimani xarid qilishni belgilab beradi. 
Dasturda kollaj yaratish juda qulay, chunki buning uchun unda maxsus uskuna 
o‘rnatilgan. Komplekt tuzish imkoni mavjud, garderob buyumlarini kutilmagan 
uyg‘unlikni yaratish uchun birin ketin ko‘rsatish mumkin. Virtual shkafda 
kiyimlarni brendi bo‘yicha, rang bo‘yicha, razmeri bo‘yicha va parametrlari 
bo‘yicha taxlash mumkin. 


Ko‘tarinkilik va obraz yaratish uchun keng qamrovli kutubxonadan 
foydalansa bo‘ladi, buning uchun ilova o‘rnatilgan. Tayyor komplektdagi tanlangan 
fotografiyalar qayta ko‘rish uchun taxlamada saqlanadi. Qolaversa, oxirgi 
yangiliklarlardan xabardor bo‘lishi uchun moda insayderlardan olingan 
intervyularni e’lon qilib boradi. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling