O‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana30.04.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1408502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
U1z22rJWAJqxDLwhLuhg4ZQ3cJQGplryVeWC6bcK

Stylicious – garderobni tashkillashtirish. 
Stylicious, bu garderob tashkilotchisi hisoblanadi, unda kiyimlarni 
raqamlashtirish va smartfonning o‘zida lukbuk yaratish mumkin. Endi shoping 
vaqtida xarid bo‘yicha bir qarorga kelish oson. 
Ilovada taqvim o‘rnatilgan va obrazlarni almashtirish hamda bir buyumni har 
kuni ketma-ket kiyib yurmaslik mumkin. “Sayohat” va safarga o‘zingiz bilan nima 
olib yurishingiz rejalashtirishingiz, safar chog‘ida aynan qaysi kiyimni kiyishni 
belgilab olishingiz mumkin. 
Bulardan tashqari dasturda xarid qilish imkoni ham mavjud va u bilan birga 
komplekt yaratsa bo‘ladi. Bo‘limlarning birida mahoratli stilistlar tomonidan 
yaratilgan nusxalar bilan solishtirish mumkin hamda tayyor lukka mo‘ljal olish 
mumkin. “Ilovaga rahmat, u juda zo‘r! O‘zingning shaxsiy lukbukingni yig‘asan!” 
– deyiladi. 
Kiyimdagi rang – rang uyg‘unligini tanlash. 
Bir-biriga mos rangdagi kiyim-bosh tanlash oson ish emas. Tajribasi yoki 
maxsus ma’lumoti bo‘lmagan kishi butun bir obrazida aks etuvchi jiddiy xatoga yo‘l 
qo‘yishi mumkin. Shu bois yaxshisi, avtomatik tarzda munosib ranglar uyg‘unligini 
tanlab beradigan “Kiyim rangi” ilovasidan foydalangan ma’qul. 


Bunga tushunish uchun asosiy buyumdagi rangni ko‘rsatish kerak. Dastur shu 
zahotiyoq unga mos keladigan ranglarni tanlaydi, Uni virtual kiyim sifatida kiyib 
ko‘rsa bo‘ladi. Ilovada 150 turdagi ranglar uyg‘unligi mavjud. Ularda eng ekzotik 
uyg‘unlik hatto, modaga ashaddiy berilganlarni ham hayratga sola oladi. 
“Kiyim rangi” reklama ko‘rsatmaydi, sotib olishni taklif etmaydi, Shu bois u 
App Store do‘konida yaxshi reytingga ega: “Ilovani shunchaki qiziqishdan sotib 
olgandim, kutilmaganda u juda foydali chiqib qoldi: obrazimga mos rangni 
tanlayman va shu zahotiyoq unga mos aksessuarlar ham ma’lum bo‘ladi”– deb 
yozadi foydalanuvchi o‘z izohida. 
Goodlook – ob-havoga qarab kiyim tanlash. 
Goodlook – yashashingizga qarab kiyim-bosh tanlash qo‘llanmasi. Ilova har 
kuni yangi tayyor luklarni taklif etadi: ko‘ylakka mos oyoq kiyim, shim o‘ziga mos 
aksesssuarlari va hatto kosmetikasi bilan taqdim etiladi. 
Ayniqsa, dasturni sozlash orqali ob-havo va haroratni ham ko‘rsatishingiz 
mumkin va shunga kura ilova kiyim tanlaydi. Kuz oylari ayniqsa, o‘z obrazingizni 
issiqroq kiyim-boshda, deylik kashemir sviterda namoyon bo‘lish ancha qiziqarliroq 
bo‘lsa kerak. Bundan tashqari, Goodlook ijtimoiy tarmoq orqali blogerlar va 
stilistlarning tayyor obrozlarini taklif etib, yangi g‘oyalarni ham o‘rtaga tashlaydi. 
Ishlab chiqaruvchining saytiga kirib sizga yoqqan barcha kiyimni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ilovaning o‘zida xarid qilishingiz mumkin. 
The Hunt – tanlagan stilingizga boshqa foydalanuvchilar baho beradi. 
Agar istagingiz faqat o‘zingizning stilingizni yaratish bo‘lmay, boshqalarga 
ta’sir qilmoqchi bo‘lsangiz, unda sizga “The Hunt” juda mos tushadi. Bu yerda 
o‘zingizga yoqqan obraz rasmini e’lon qilishingiz mumkin va boshqalarning ham 
shunday rasmlarini tomosha qilsangiz bo‘ladi. Hatto ularga maslahatlar berib, eng 
qiziqarli variantlarga ovoz ham berasiz. Ilovada sotib olmoqchi bo‘lgan 
kiyimlarning ro‘yxatini tuzib chiqsangiz bo‘ladi. 
Dastur foydalanuvchilari o‘zlariga yoqqan buyum yoki aksessuarlar topishda 
bir-biriga yordam berishi mumkin. Obroz suratini yuklaysiz va tarmoqdagi 
do‘stlaringiz uni baholaydi hamda maslahatlarini beradi. Kiyimni qismlarga bo‘lib 
chiqadi va ularni qayerdan xarid qilishni aytib beradi. Eng qulayi, uni so‘rashda 
ko‘ngilsizlik kelib chiqmasligi uchun xaridga ajratilgan pul miqdorini, aniqrog‘i 
byudjetingizni ham ko‘rsatsangiz bo‘ladi. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling