O‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot


O‘quvchilar bilan oilada, dars, darsdan, sinfdan va maktabdan


Download 163.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana16.04.2023
Hajmi163.85 Kb.
#1361632
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
wnvMYewdfYuBAOx70DVzkMOz32irRhQh5xPmwGnl

O‘quvchilar bilan oilada, dars, darsdan, sinfdan va maktabdan 
tashqari ishlarni tashkil etish metodikasi: 
- oila, sinf va maktabdagi o‘quv faoliyati natijalarini integral diagnostika 
qilish; 
- milliy pedagogik merosdan samarali foydalanish, innovatsion ta’lim 
texnologiyalarni amalda qo‘llay bilish malakalariga ega bo‘lish;
- mazkur fanlar darslarida hamkorlik pedagogikasi imkoniyatlaridan 
foydalanish;
- o‘quvchilar faoliyati natijalarini baholash, tahlil etish va prognozlash;
- darslarda o‘quvchilarning individual xususiyatlari, yoshi, bilim darajasi
dunyoqarashi, qiziqishlari, qobiliyatlari, motivatsiya va ruhiy holatlarini hisobga 
olish;


- kreativ, ilg‘or pedagogik texnologiyalari va o‘qitish metodlaridan 
foydalanish orqali fanlarning maqsadlariga va o‘qitishda natijaviylikka erishish. 
Har bir fan o‘qituvchisi kabi tasviriy san’at o‘qituvchisi ham pedagogika 
nazariyasi va uning prinsiplarini mukammal o‘rganishlarini talab qiladi. Didaktika 
(grekcha didasko – o‘qitaman) ta‘lim va ma‘lumot haqidagi fandir. Insonning 
tarbiyasi rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishida ta‘lim va ma‘lumot muhim 
ahamiyatga ega. Didaktika fani ta‘lim va ma‘lumotning muhim muammolarini 
o‘rganish bilan birga «kimni o‘qitish kerak», «nimaga o‘rgatish kerak», «qanday 
o‘qitish kerak» kabi savollarga ham javob bo‘ladi. Hozirgi davrda ham 
didaktikaning muhim vazifasi ta‘limning mazmunini bir asosiy masala barkamol 
shaxsni tarbiyalash masalasiga qaratish bo‘lib qoldi. Ko‘pgina tasviriy san’at 
o‘qituvchilarning darslarida didaktik o‘yinlar zarur. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, 
didaktik o‘yinlar bolaning ko‘rish va sezish qobiliyatini sezilarli darajada oshiradi. 
Tasviriy san’at darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish: 
“Teginishni bilish” o‘yini. Didaktik vazifa: obyektlarni shakli va rangi 
orqali idrok etish qobiliyatini rivojlantirish. O‘yin vazifasi: Qanday sabzavot yoki 
meva ekanligini bilish, xato qilmaslik. Materiallar: Meva va sabzavotlar to‘plami, 
mato sumkasi. 
O‘yin harakatlari: Savatda sabzavot va mevalar yotadi. Bolalar o‘z navbatida 
keladi, qo‘lini sumkaga tushiradi, mahsulotni sezadi. Bu uning shakli, qattiq yoki 
yumshoq, uning yuzasi, silliq yoki qo‘pol, odatda qanday rang ekanligini va oxir-
oqibat u qanday sabzavot yoki meva ekanligini aytishi kerak. Vazifani to‘g‘ri 
bajargan kishi meva yoki sabzavot shaklida belgi oladi.

Download 163.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling