Organizmda moddalar va energiya almashinuvi


Jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullanganda energiya almashinuvi


Download 47.18 Kb.
bet5/7
Sana11.03.2023
Hajmi47.18 Kb.
#1260235
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ORGANIZMDA ENERGIYA ALMASHINUVI

2.3.Jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullanganda energiya almashinuvi
Mikroelementlar organizmdan siydik, najas va ter bilan ajratiladi, shu sababli bu yo‘qotishlarning organizmga tushayotgan miqdor bilan tenglashishini tapminlash kerak.
Temir. Organizmda benihoya katta ahamiyatga ega. Ozuqalar bilan birga organizmga tushgan temir ikki valentli holida ichak devori orqali qonga sopriladi. Temir organizmda gemoglobin bilan miogemoglobin tarkibiga kiradi. Shuningdek katalaza, peroksidaza, sitoxrom oksidaza va nafas olish jarayonlarida ishtirok etuvchi boshqa fermentlarning tarkibida ham temir bo‘ladi. Organizmdagi ortiqcha temir ozuqalar bilan tushgan va gemoglobinning parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan temir organizmda to unga ehtiyoji tug‘ilguncha jigarda, taloqda va ichak devorlarining shilliq pardalarida ferritin shaklida jamg‘arilgan holatda saqlanadi. Ferritin temir gidroksid bilan oqsil birikmasidir. Organizmda temir yetishmasa. yuqorida qayd qilingan fermentlarning sintezlanishi buziladi. Tirik vazni 5-10kg keladigan cho‘chqa bolalarining temirga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji 20mg.ga teng. Ularning yoshi kattalashib borgan sari temirga bo‘lgan ehtiyoji kamayib boradi.
Mis. Organizmda qon va boshqa barcha to‘qimalarda. jigarda va taloqda esa bir oz zahira holda saqlanadi. Masalan. sigirlarninp 1kg. jigarida 30mg.gacha. buzoqlarnikida 45mg.gacha mis bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Organizmda mis erkin, ya’ni ion holatda va ko‘proq miqdorda oqsillar bilan birikkan holda uchraydi. Eritrotsitlarning tarkibidagi oqsil gemodlobulinning tarkibida 0,34% gacha mis saqlanadi. Keyingi ma’lumotlarga qaraganda, bu birikma misning alfa globulin bilan hosil qilgan birikmasidir. Mis organizmda nafas olishda qatnashadigan bir qator fermentlarning sintezlanishida ishtirok etadi. Shuning uchun ham to‘qimalarning nafas olish jarayonlarida juda katta ahamiyatga ega. Mis qon hosil bo‘lish jarayonlarida ham ishtirok etadi. Melanin pigmentining sintezlanishi ham misning ishtirokisiz arnalga oshmaydi. Mis gipofiz oldingi qismining gormonlarini faollashtirib. hayvonlarning ko‘payish jarayonlarida ham katta ahamiyat kasb etadi. Nerv tizimining faoliyatida ham misning ma’lum ahamiyati borligi to‘g‘ri sida ma’lumotlar mavjud. Ozuqalaming tarkibida mis yetishmasligi qoramollarda lizuxa (yalash) kasalligining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu kasallikda hayvonlar opsishdan qolib, nerv, muskul, qon tomirlarining faoliyati buziladi. Mahsuldorligi kamayib, jinsiy moyilligi susayadi. Qo‘zilarning organizmida misning kamchiligi ularda enzootik ataksiya kasalligining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Hayvonlar organizmining misga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji ularning temirga bo‘lgan ehtiyojiga nisbatan deyarli yetti baravar kamdir.
Kobalt. Organizmda qon hosil boplish jarayonlarida katta rol o‘ynaydi. U antianemik modda vitamin B12 ning tarkibiga kiradi. Organizmning opsishiga, rivojlanishiga unda moddalar almashinuvining kechishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birgalikda organizmda yurak-tomir va nerv-endokrin tizimlarining. faoliyatiga ta’sir qiladi. Organizmdagi barcha hujayra va to‘qimalar tarkibida kobalt bo‘ladi. Ichki sekretsiya bezlarida (gipofiz, buyrak usti bezlari, me’da osti bezida), taloqda ko‘proq topplanadi. Organizmda kobalt yetishmasligi qopylarda, echkilarda va buzoqlarda "suxotka" akobaltizim kasalligi kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Hayvonlar yetarli miqdorda kobalt olib tursa, katta qorinda ko‘proq Bi2 vitamin sintezlanadi. Hayvonlarning kobaltga bo‘lgan bir kecha kunduzlik ehtiyoji l-2mg.ni tashk.il qiladi.
Yod. Organizmda asosan qalqonsimon bezning gormonlari tarkibida uchraydi. Shu sababdan yodning organizm uchun ahamiyati qalqonsimon bez gormonlarining ahamiyati bilan belgilanadi. Organizm istepmol qiladigan suv va oziqalar tarkibida shu mikroelement yetishmasa. qalqonsimon bezda gormonlarning sintezlanishi buzilib, tegishli kasalliklar, jumladan, "buqoq" kasalligi kelib chiqadi (gipotireoz). Chochqalar yodning kamchiligiga ayniqsa sezgir bo‘ladi. Hayvonlarning yodga bo‘lgan bir kecha kunduzlik ehtiyoji ular istepmol qiladigan quruq ozuqaning Ikg.ga nisbatan olganda Img.ni tashkil qiladi.
Marganes. Organizmdagi ko‘pchilik to‘qimalar tarkibida topilgan. Ularning organizmdagi umumiy miqdori 0,05mg.% dan oshmaydi. Marganets oksidlanish-fosforlanish reaksiyalarida aktivator vazifasini o‘taydi. Ko‘pchilik oraliq almashinuv reaksiyalarida marganets ionlari ishtirok etadi. Marganets talaygina fermentlar (arginaza, fosfatoglyu-komutaza, yenolaza, karboksilaza) tarkibiga kiradi. Organizmda qon hosil bo‘lishi opsish jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Suyaklarning rivojlanishi, muskullar faoliyati uchun ham marganets zarur. Bu element oqsillar, uglevodlar, vitaminlar va yog‘ almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi. Hayvonlarning marganetsga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji istepmol qilayolgan quruq oziqalarning 1kg.ga nisbatan olganda 40mg.ni tashkil qiladi.
Marganets kamchiligiga eng sezgir hayvonlar parrandalardir. Marganets-ning yetishmasligi natijasida ularning oyoqlari, patlarida deformatsi-yalovchi kasalliklar paydo bo‘ladi.
Ruh. Organizmdagi barcha hujayra va to‘qimalarda uchraydi. Jigarda, me’da osti bezida, jinsiy bezlar, suyak va muskullarda sezilarli miqdorda ruh bor. Qonda ruh miqdori juda kam. Butun organizmdagi ruh miqdori taxminan 2-3mg.% ga yaqin,organizmga ruh mutlaqo kiritilmasa, hayvonlar opsishdan to‘xtaydi, rivojlanishdan qoladi. Running organizm uchun eng muhim ahamiyati shundaki, u nafas olish jarayonlarida ishtirok etadigan karboangidraza fermentining tarkibiga kiradi. Ruh tuzlari gipofiz, me’da osti bezi. jinsiy bezlar gormonlarini aktivlashtiradi degan dalillar mavjud. Ion holatidagi ruh dipeptidaza fermentlarini aktivlashtiradi. Organizmdan ruh asosan axlat bilan chiqariladi.
Stronsiy va seziy. Srtonsiy kam miqdorda hayvon suyaklari tarkibida uchraydi. Hayvonlarda stronsiy yetishmaganda ularda stronsiyga aloqador raxit kasalligi paydo bo‘ladi. Bu paytda hayvonlarning organizmida suyaklashish jarayonlari buziladi. Bu kasallikni D vitamin yordamida davolab boplmaydi. Stronsiy va seziy atom portlashida atom yadrosininig parchalanishidan hosil bo‘ladigan mahsulotlar (radionuklidlar) sifatida keyingi vaqtlarda eptiborni tortmoqda. Radiaktiv stronsiy (Sr-90) va radiaktiv seziy (Cs 37) yadro bombasi portlaganda hosil bo‘lib. tuproqqa qopshiladi va undan yem-xashak orqali hayvonlarga o‘tib nur kasalligiga sabab bo‘liadi mumkin.
Brom. Hayvonlarning organizmida uncha ko‘p boplmaydi. Bu element asosan gipofiz gormonlari tarkibiga kiradi. Bosh miya yarim sharlarining popstlog‘ida kuzatiladigan tormozlanish jarayonlariga ta sir qiladi. Uyquga sabab bo‘ladigan gormonlar tarkibida uchraydi.
Ftor. Suyak to‘qimasi va tish emalining tarkibiga kiradi. Ftorning yetishmasligi natijasida tish emali yemiriladi. Bundan tashqari, ftor ayrim fermentlaming ta’sir qilishiga topsqinlik qilib, modda almashinuvini pasaytirishi mumkin.
Suv almashinuvi. Voyaga yetgan odam uchun bir kecha-kunduzda 2,5-3,0 l suv talab qilinadi va ularni ozuqalar tarkibida va ichimlik suvi bilan qabul qiladi deyarlik xuddi shuncha miqdordagi suv tashqariga chiqariladi. Agarda tashqi muhit harorati tana harorati bilan teng bo‘lsa, voyaga yetgan odam bir kecha-kunduzda 450 g suvni bopg‘lantiradi.
Suvga boigan talab organizmni oprab turgan muhit haroratiga. oziqlanish xarakteriga va ayniqsa ozuqa tarkibidagi tuz iniqdoriga bog‘liq holda jiddiy o‘zgaradi. Masalan, issiq sexlarda yoki issiq jazirama sharoitida ishlaganda bir kecha-kunduzlik ozuqalar tarkibidagi va ichimliklar tarkibidagi umumiy suvga bo‘lgan talab 10 l gacha ortadi.
Bundan tashqari suv organizmning o‘zida ham toyimli moddalarning oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladi. 100 g to‘yimli modda topligicha oksidlanganida hosil boiadigan suv; oqsillar oksidlanganda -41 ml, kraxmal -55 ml yog‘ oksidlanganida esa 107 ml suv hosil bo‘ladi.
Organizmda organik moddalarning parchalanishidan hosil bo‘ladigan har 420 Dj energiyaga 12 ml suv hosil bo‘ladi va 1-kecha-kunduzda bu hajm 300 ml.ga yaqin bo‘ladi.
Hatto katta miqdorda suv istepmol qilinganidan keyin ham aylanuvchi qonning plazmasi qisqa muddatda 15 % dan oshmaydi.
Voyaga yetgan odamning organizmiga 1-kecha-kunduzda. ichimlik suvi bilan 1200 ml va ozuqalar tarkibida 1000 ml.suv tushadi. Odam organizmidagi suvning miqdori gavda og‘irligiga nisbatan 65 % ni tashkil etadi (45 dan 70 % gacha).
Organizmdagi umumiy suvning eng ko‘p miqdori hujayralar ichida -71 % hujayra tashqarisida - 19 % va aylanib yuruvchi qon, limfa va orqa miya suyuqligida - 10 % saqlanadi. Kam miqdordagi suv oqsillar bilan birikkan bo‘ladi va u 4 % dan ortiq boplmaydi. Odatda organizmdagi suvning miqdori, undagi yog‘ning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi, yog‘ qancha ko‘p bo‘lsa, suv shuncha kam bo‘ladi.
Qon plazmasida suvning miqdori 92 % ni tashkil etsa, hazm shiralarida 98-99 % va undan ham ko‘proq bo‘ladi.
Ovqat hazmi kanalidagi suvning ichki almashinuvi, ya’ni ha/.m shiralari tarkibida ajraladigan va uni hazm kanalidan qayta so‘rilishi bir kecha-kunduzda o‘rtacha 8 l.ni tashkil etadi.
Bir kecha-kunduzda odam organizmidan siydik bilan 1.5 1, najas bilan -100-200 ml. teri orqali-500 ml, va o‘pka orqali -350-400 ml suv ajratiladi. Organizmga kirayotgan suvningn miqdori Sog‘lom odamlarda chiqarilayotgan suv iniqdoriga teng bo‘ladi. Shu yo‘l bilan tanadagi muvozanati ta’min etiladi. Suv almashinuvi mineral almashinuv bilan uzviy bog‘liq. Tuzlaming gipertonik eritmasi organizmga kiritiluanida suvning siydik bilan ajralishi ortadi. Organizmdan natriyning chiqarilishi kamayganida. suvning ajratilishi ham kamayadi. Qon plazmasida va to‘qimalarda natriy va kaliyning almashinuvi hujayra ichi va tashqarisidagi suvning nisbatini aniqlaydi.
Mineral moddalar almashinuvi boshqarilishining gormonlar ishtiro-kida (buyrak usti bezi popstlog‘i. qalqonsimon bezoldi bezchalari va h.k.) bajaralishi suv almashinuviga ta’sir qiladi.
O‘suvchi organizmning oziqlanishi. Bolalarning yoshi qancha kichik bo‘lsa, ularning oziqaviy moddalarga, ayniqsa oqsilga bo‘lgan talabi shuncha yuqori bo‘ladi. Bolalar va opsmirlarning oziqlanish normasini aniqlashda ular organizmining mo‘tadil rivojlanishini hisobga olish zarur.
Oqsillarning mo‘tadil sintezlanishi uchun bola organizmiga yetarli miqdorda suv va tuzlarning tushishi zarur. Odatda yog‘lar, oqsillar sintezlanishiga susayturuvchi sifatida ta’sir ko‘rsatsa, uglevodlar aksincha oqsillar sintezlanishini tezlashtiradi.
Bolalar mo‘tadil opsishlari uchun oqsilli optimum zarur, chunki oqsillar yelishmaganida uglevodlarning hazmlanishi buziladi. I.ekin katta miqdordagi oqsil organizm uchun zararli. chunki organizmni ishqor-kislotali muvozanatini buzadi va atsidozni keltirib chiqaradi Bolalar organizmiga topla qimmatli oqsillar zarur. Bolalar istepmol qilayotgan uglevodlar va oqsillardan, yog‘lar hosil bo‘lishiga qaramay, ular iste’mol qilayotgan ovqatlarning tarkibiy qismida yog‘lar ham boiishi kerak.
Sutning tarkibi. Emizikli ayollarda bir kecha-kunduzda 1-2, sigirlarda 40-60, biyalarda 10-12 va echkilarda 1-3 l sut ajraladi.
Turli hayvonlarning suti tarkibi, oqsillar, yog‘lar va uglevodlarning miqdori va yog‘lar hamda oqsiilarning sifati bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Sut tarkibidagi organik moddalarning qon tarkibida bo‘lmasligi va sut bilan qon tarkibining bir-biridan farq qilishi uning qonining filtrati emas, balki sekretsiya mahsuloti ekanligidan dalolat beradi. Sutning zichligi 1,020-1,055 ga teng bo‘lib, muhiti neytrallidir.
Sut-emulsiya, ya’ni mayda yog‘ sharikchalari albuminli xarakterga ega bo‘lgan pustloq bilan opralgan bo‘lib, uning emulsion turg‘unligini ta’minlaydi. Sut mikroskop ostida qaralganda unda yog‘ sharchalari ko‘rinadi. Qoramollarning sutida yog‘larning miqdori 4,5% gacha bo‘ladi.
Sigir sutida onorganik moddalarning miqdori o‘rtacha 0.75% ni tashkil etadi: ular Na. K, Ca, va Mg ning fosfatlari, sulfatlari va xloridlaridan tashkil topgan, uncha katta boplmagan temir oksidi ham saqlanadi.
Ayollar sutida quyidagi mikroelementlar: Li, Fe, Si, Ni, Jn, Mn, Ag, J, Br. As. Si. Al va boshqalar bor.
Sut tarkibidagi vitaminlar, iste’mol qilingan ozuqa xarakteriga va undagi vitaminlar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. U vitamin A va V guruhi C. D, va E vitaminlarga boy bo‘ladi. Sutda amilaza, lipaza, katalaza, peroksidaza va boshqa fermentlar mavjud. Fermentlarning ayrimlari sut bezlarida hosil bo‘lsa, boshqalari mikroblar tomonidansintezlanadi deb taxmin qilinadi. Yangi sog‘ib olingan sutda hajmiga ko‘ra 60-70% gacha CO2 va O2 saqlanadi.
Sutga ona qonidan ko‘plab toksinlar, antitanachalar. alkogol, tuzlar, alkoloidlar, achchiq maxsulotlar va boshqa moddalar o‘tadi. Ya’ni bolaning me’dasi bunday, moddalarga bir yoshgacha juda tez reaksiya qiladi. shu sababli laktatsiya davrida emizikli onalarni davolashda juda katta ehtiyotkorlik talab etiladi, bu davrda kuchli hidli medikamentlar va dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanishni cheklash zarur.
Yangi tug‘ilgan bolalar uchun ona suti ideal to‘yimli mahsulot bo‘lib hisoblanish bilan birga bola uchun juda muhim ahamiyatga egadir. Ona suti bola organizmini barcha talablarini qondiradi, shu jumladan opsish va rivojlanish uchun zarur bolgan moddalarga bo‘lgan talabini ham qondiradi. Bolalar emadigan davrda, ularni supniy ozuqalar bilan oziqlantirganda ularda ortiqcha kasalliklarga chalinuvchanlik holati kuzatiladi, bu esa ona sutining yuqori darajadagi biologik qiymatga ega ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Ona sutini emayotgan bolada ona organizmida ishlab chiqilgan va sutga o‘tgan antitanalar hisobiga turli infeksion kasalliklarga qarshi vaqtinchalik passiv immunitet hosil qiladi. Yangi tug‘ilgan bola organizmida ona organizmidan olingan jiddiy darajada temir zahirasi saqlanadi va o‘shaning hisobiga sutdagi temir taqchilligi qoplanadi. Bolalar sut bilan mo‘tadil rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan vitaminlar miqdorini ham oladilar. Tabiiy tanlash ham sutning tarkibiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ya’ni bu tarkib avlodining hayotchanligi uchun juda katta ahamiyatga ega. Turli hayvonlaming sutini tarkibi ularning yangi Tug‘ilgan bolalar organizmining talablarini to‘liq qondirishga qaratilgan bo‘ladi.
Organizmni vaznining ortish muddati bilan sutdagi oqsil, kalsiy va fosfor miqdori orasida teskari bog‘lanish ham mavjud.
Filogenez jarayonida ona sutining tarkibi o‘zgaradi. Tez opsuvchi hayvonlaming suti, sekin opsuvchi hayvonlar sutiga qaraganda organizmdagi hujayra va to‘qimalaniing hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan oqsillar, kalsiy va fosfomi ko‘p saqlashi aniqlangan.
Ona suti tarkibida qancha letsitin miqdori ko‘p bo‘lsa. yangi topg‘ilgan bolaning bosh miyasi massasi shuncha katta bo‘ladi. Bu esa boshqa moddalar orasida lesitin miyaning opsishi uchun jiddiy ahmiyatga ega ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Laktatsiya - bu sut bezlaridan sut ajralish va lining chiqarilish jarayonlaridir. Tug‘ishda va yo‘ldosh ajralganidan keyinoq sut ajralishi boshlanadi. Sigirlarda sat ajralish 300-305 kun davom etadi. Sut bezlari hayvonlaming bug‘ozlik davridayoq sariq tana garmonlari ta’siri ostida kuchli rivojlana boshlaydi. Bug‘ozlikining ikkinchi qismida sezilarli darajada muz suti ajrala boshlaydi, lekin lining ajralishini plasenta gormonlari to‘xtatib turadi.
Ayollarda uvuzning ajralishi tug‘ishdan bir necha kun oldin va tug‘ishdan keyingi birinchi kunlari kuchayadi. Uvuz suti sariq nordonroq suyuqlik bo‘lib sutga nisbatan ancha quyuq (zich) va lining zichligi 1.040-1.080 ga tcng bo‘ladi. U qaynatilganda ivib qoladi, o‘zicha xos hidli, shoprroq tapmli, katta miqdorda uvuz tanachalarini yog‘ga opxshash neytrofillarni saqlaydi. Sutga nisbatan uvuz katta miqdorda fermentlar, albuminlar, globulinlar. lesitin. fosfor kislotasi. Ca va p ni saqlasada. lekin kaziyen va sut qandini kamroq saqlaydi
Uvuz suti katta miqdorda tuzlarni saqlaganligi sababli u yangi Tug‘ilgan bola organizmiga ich bopshatuvchi sifatida ta’sir ko‘rsatadi va uning dastlabki tezagini (mekoniya) ajralishini tapmin etadi.
Sut ajralishi murakkab reflektor jarayon bo‘lib, uning hosil bo‘lishida alveolalarni tashkil qiluvchi hujayralar o‘zlarida sutning yog‘li tomchilarini va boshqa qismlarini jamlaydi va o‘lchami jihatidan ortadi, undan keyin uning ichki qismi ya’ni sekretlar jamlangan va tashqariga yopnalgan qismi sitilib yoriladi hamda o‘zgargan sitoplazma bezlar yuzasiga quyiladi. Ajralayotgan sut sisterna va sut yo‘llariga yig‘iladi, bu paytda emchaklarining sfinkterlari uning oqib ketishiga qarshilik ko‘rsatib turadi.
Sut ajralishi bevosita markiziy asab tizimi hamda gipotlz va boshqa ichki sekresiya bezlari (buyrak usti bezi po‘stloq qismi. jinsiy bezlar, qolqonsimon bez) gormonlari nazoratida bo‘ladi. Bug‘ozlik davrida va tug‘ishdan keyingi laktasiya davrlarida sut bezlari rivojlanishining asosiy va hosil qiluvchi quzg‘atuvchilari bo‘lib gipofiz va jinsiy bezlarning garmonlari hisoblanadi.
Ayollarning bitta sut bezidagi emchak uchining qo‘zg‘atilishi reflektor ravishda har ikkala sut bezlarida ham laktasiyani kuchaytiradi. Sut bezlari hatto orqa miya shikastlangandan keyin ham sut ajratishi mumkin, lekin mo‘tadil sharoitda emish paytida emchak uchlaridagi reseptorlarni mexanik qo‘zg‘atilishi natijasida laktasiya reflektor holda qo/g‘atiladi. Odamlarning sut bezlarining nerv tolalari 4-7 qabirg‘alararo nervlardan boshlanadi. Sutning tarkibi simpatik nervi kesilganidan keyin op/garadi. Demak simpatik nerv tolalari faqatgina uning tomirlariga ta’sir ko‘rsatmasdan balki bevosita sut bezlarining sekretor hujayralariga ham ta’sir ko‘rsatdi.
Qo‘rqish. hayajonlanish. shovqin va boshqa ruhiy ta’surot sut hosil bo‘lishiga va uni chiqarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sut hosil bo‘lishi va sut chiqarilishi o‘zaro bog‘liq bo‘ladi va asosan oziqlanishga bog‘liqdir.

Download 47.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling