Organizmlardagi biologik maromlar O’simlik va hayvonlarning hayotiy formalari Reja: Tashqi ekzogen maromlar


Download 3.65 Mb.
bet9/33
Sana10.11.2023
Hajmi3.65 Mb.
#1761521
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Bog'liq
MARUZA

Uglerodning tabiatda aylanishi. Avtotrog organizmlar organik moddalarni sintez qilish uchin uglerodni o’zlashtiradi. Bu uglerod atmosfera tarkibida (0,03%) yoki suvda erigan holda bo’ladi. Fotosintez jarayonida o’simliklar tomonidan foydalanib, organik moddaga aylantiriladi, miqdori atmosferada o’zgarmaydi.

Uglerodning ekosistemalarda aylanishini quyidagi raqamlarda ko’rish mumkin: atmosferada CO2 ning miqdori 700 mlrd. tonna, gidrosferada erigan CO2 50 mlrd. tonnani tashkil qiladi. Yillik umumiy fotosintez jarayonida Yer ustida 30 mlrd. tonna, suv havzalarida 150 mlrd. tooonna CO2 tabiatda aylanadi. Bu yer usti ekosistemalarda yiliga CO2 ning taxminan 12% i aylanib turadi. Atmosferadagi CO2 ning o’tib turishi 8 yilga to’g’ri keladi.



Kislorodning aylanishi. Hozirgi vaqtda atmosferada kislorod miqdori 21% yoki 1,1 – 1021 g ga teng. U atmosferaning yer yuzuga yaqin qatlamida ko’pdir. Uning ancha ko’p miqdori suv bilan bog’langan molekulalardadir. Yer qobig’ining qattiq jismlarida kam saqlangan. Fotosintez jarayonida qabul qilingan atom uglerod uchun ikki atom kislorod ajratiladi. Ajratilgan kislorodning umumiy hajmi yiliga 2,71017 g bo’lib, uning aylanishi vaqti 2500 yilga tengdir. Kislorodning ekosistemada aylanishi ancha murakkabdir. Bunda CO2 , vodorod va suv qatnashadi. Ularni moddalar almashinuvida mutloqa ajratib bo’lmaydi.

Azotning aylanishi. Ekosistemada azotning aylanishi uglerod aylanishidan farq qiladi: 1) Ko’pchilik organizmlar azotni assimilyatsiya qilmaydi.

2). Organizmlar nafas olib, energiya ajratish jarayonida azot to’g’ridan-to’g’ri qatnashmaydi. Uning neorganik birikmalari erigan holda bo’lib, azotdan o’simliklarning foydalanishi yengillashadi. Havo taxminan 80% ga azot bilan to’yingan Uning ekosistemalardagi aktiv fondining 3% i tirik organizmlar to’qimalarida bo’ladi, qolgan qismi tuproq yoki okeanlardagi chirindi va nitratlar o’rtasidadir.

O’simliklar yiliga 861014 g azot (uni aktiv fondining 1% i) ni assimilyatsiya qiladi. Azotning tabiatda aylanish vaqti 300 yildan ortiqdir.

Ayrim ko’k- yashil suvo’tlar, bakteriyalar molekulyar azotni qabul qilib, o’z tanalaridan azotni organic birikmalarini hosil qiladi. Yiliga biotik ekosistemalarda o’zlashtirilgan azotning 80% i yangi azot sifatida atmosferaga qaytariladi.




Download 3.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling