Organizmlardagi biologik maromlar O’simlik va hayvonlarning hayotiy formalari Reja: Tashqi ekzogen maromlar
Download 3.65 Mb.
|
MARUZA
TUPROQNING EKOLOGIK MUAMMOLARI
Tuproq qoplami yerning mustaqil qobig‗i (pedosfera) bo‗lib, biosferaning energiya balansida muhim rol o‗ynaydi. V.V.Dokuchayev tuproqlarni yerning ustki qobig‗ini hosil qiluvchi alohida tabiiy jismlar deb ta‘riflaydi. Tuproqlar tog‗ jinslaridan fizik-geografik muhit bilan organizmlarning ta‘siri ostida paydo bo‗lgan. Tuproqning asosiy xususiyati o‗simliklar organik moddalar hosil qilishini, ya‘ni uning unumdorligini ta‘minlash uchun sharoit yaratishdan iborat. Tuproqning ana shu unumdorligi tufayli o‗simliklar bemalol o‗sa oladi va quyosh energiyasidan foydalanib, yangi organik moddalarni sintezlaydi. Tuproqning tog‗ jinslaridan farq qiladigan ba‘zi xususiyatlarini aytib o‗tish mumkin. Bular: tuproq qatlamining vertikal bo‗yicha bir xil emasligi, ya‘ni gorizontlarga ajralishi; tuproqning muhim botanik – geografik ahamiyatga ega bo‗lgan bo‗shliqlarida sodir bo‗ladigan fizik xususiyatlar, suv, havo o‗tkazuvchanlik xossalarga ega ekanligi, tuproqning o‗ziga xos kimyoviy xossalarga ega bo‗lishi, ayniqsa haydalma qatlamning organik moddalarga boy bo‗lishi va o‗simliklar uchun muhim bo‗lgan oziqa elementlarini to‗plash xususiyati; tuproqda juda ko‗p sondagi organizmlar yashashi va o‗simliklarning ildiz sistemasi bilan o‗zaro bog‗liqligi; tuproqning mavsumiy dinamikasi va yil fasllarining o‗zgarishi, chunonchi, o‗simliklarning rivojlanish fazalari, mikroorganizmlarning hayot faoliyati dinamikasi ob-havo sharoiti bilan bog‗liqligi, tuproqning boshqa barcha xususiyatlariga bog‗liq holda uning unumdorligi katta ahamiyatga ega. XIX asrdayoq fitogeografik o‗simliklar xarakteri bilan tuproq orasidagi bog‗liqlikni o‗rganishga harakat qilganlar. O.Dekandol (1832) tuproqning organik moddalariga katta ahamiyat bergan: Unger (1836) tuproqning kimyoviy xossalarini; Turman (1849) fizik xossalarini birinchi o‗ringa qo‗ygan; Gola (1919) tuproq eritmasining osmotik bosimiga ko‗proq e‘tibor bergan. Lekin o‗simliklar uchun ham tuproqning barcha asosiy xossalari, chunonchi, uning ximizmi (mineral oziqlanishidagi elementlar, kislotaliligi va hokazolar), mexanik tarkibi, strukturasi, tuproq hosil qilish xarakteri, tuproqning kelib chiqish tarixi va tuproq tirlari katta ahamiyatga ega. Tuproqning yoshini bilish shuning uchun muhimki, vaqt o‗tishi bilan tuproq hosil qilish omillari ta‘sirida tuproq sezilarli darajada o‗zgarib boradi. Tuproq faqat yuksak o‗simliklar ta‘sirida rivojlanib boradi. Fitosenozsiz (yoki umuman biosenozsiz) tuproq bo‗lmaydi va faqat fitosenozgina tuproqning fizik va kimyoviy xossalarini o‗zgartiradi, uning unumdorligini shakllantiradi. Tuproqning yoshi oshib borgan sari tarkibidagi karbonatlar kamayib boradi, ishqoriy reaksiyasi ko‗pincha kislotali reaksiyaga o‗tadi, organik moddalar miqdori ortadi va hokazo. Bu o‗zgarishlarning hammasi o‗simliklar qoplamiga va uning turlariga ta‘sir etadi. Tuproqning suv rejimi odatda, suv rejimi juda o‗zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. O‗simliklarni o‗suv davrlarida ularning suvga bo‗lgan talabi tuproq va iqlim sharoitiga bog‗liq bo‗ladi. Suv rejimining o‗zgaruvchanligi ayniqsa janubiy hududlarda yaqqol sezilarli bo‗ladi, chunki bu yerlarda yil davomida tushadigan yog‗in bir xilda taqsimlanmaydi va suv bug‗lanishi juda yuqori darajada bo‗ladi. Yog‗ingarchilik ko‗p bo‗ladigan mintaqalarda ham namlikning o‗zgaruvchanligi kuzatiladi, lekin bu o‗zgarish uncha keskin namoyon bo‗lmaydi, bu hol ko‗p jihatdan tuproqda to‗planadigan organik moddalarga bog‗liq bo‗ladi. Bu moddalar tuproq namini, ayniqsa quruq kelgan yillarda yaxshi saqlab qolish xususiyatiga ega bo‗ladi. Bularning hammasi o‗simliklar turlari uchun katta ahamiyatga ega. Tuproqning issiqlik rejimi uning unumdorligiga, joyning relefiga, birinchi navbatda iqlim sharoitiga bog‗liq bo‗ladi. Harorat qancha yuqori bo‗lsa, tuproq shuncha tez va chuqur isiydi, u kontinental bo‗lsa, haroratning mavsumiy o‗zgarishi shuncha keskin bo‗ladi. Tuproqning issiqlik rejimi, ayniqsa, issiqlik yetishmasligi o‗simliklarda bir qator morfologik va ekologik holatlarni yuzaga keltirishi mumkin, bu hol o‗simlikning to‗liq rivojlanishiga imkon bermaydi. Tuproqning havo rejimi suv rejimi bilan uzviy bog‗langan bo‗lib, tuproq qancha nam bo‗lsa, unga havo shuncha kam, ya‘ni uning aeratsiyasi ham shuncha yomon bo‗ladi. Yoki aksincha, tuproq aeratsiyasi qancha kuchli bo‗lsa, u haddan tashqari qurib ketadi. Yog‗in ko‗p tushadigan gumid iqlimli oblastlarda (tundrada, ninabargli o‗rmonlarda) tuproq aeratsiyasi juda past bo‗ladi. Tuproq nami turg‗un bo‗lganda, tarkibidagi loyqa zarrachalari miqdori ortganda va strukturasi yo‗qolgan hollarda aeratsiya pasayib ketadi. Aksincha, tuproq serg‗ovak bo‗lganda gravitatsion suv oqimi kuchayadi, bu esa aeratsiyani va shunga muvofiq ravishda tuproqning qurishini kuchaytiradi. Download 3.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling