Organizmlardagi biologik maromlar O’simlik va hayvonlarning hayotiy formalari Reja: Tashqi ekzogen maromlar


BIOINDIKATORLAR VA ULARNING TURLARI


Download 3.65 Mb.
bet28/33
Sana10.11.2023
Hajmi3.65 Mb.
#1761521
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
MARUZA

BIOINDIKATORLAR VA ULARNING TURLARI
1. Fauna bioindikatsiyasi
Atrofimizdagi tabiat musaffoligini saqlash, uni kelgusi avlodlarga asrab-avvaylab qoldirish hammaning vazifasi, ammo keyingi yillarda antropogen omillarning ta’siri juda ko‘payib ketmoqda. Antropogen omillarning tuproqqa, ekotizim va undagi turlarga ta’sirini o‘rganish, tuproq osti va tuproq ustidagi umurtqasiz hayvonlar tur soni va umumiy sonining kamayib borganligini ko‘rsatmoqda. Ular kuzatuv maydonchalarida, yurish marshrutlarida, ayrim joylarda maxsus tuproq kavlamalari, maxsus tuzoqchalar yordamida tutish orqali aniqlanadi. Tuproq va tuproq usti faunasini o‘rganish qishloq xo‘jaligida turli xil usulda yerdan foydalanish shakllarida, yo‘l va yo‘laklar, yakka holda tabiiy ifloslantiruvchilar ta’sirida, ekotizim va katta landshaftlarda olib boriladi. Antropogen omillarning umumiy xarakterini aniqlash uchun 1 ga maydondagi maxsus uchastkaning 4-5 ta joyidan hajmi 50 x 50 sm bo‘lgan chuqurlar qazilib, u yerda uchrashi mumkin bo‘lgan umurtqasiz jonivorlar nazorat qilinadi. Agarda antropogen omillarning ta’sirini chuvalchanglar sonida yanada aniq bilish zarur bo‘lsa, kichik maydonlarda kavlab, namunalar olinadi. Bunda 0,01ga maydonda (10x10m) 1/16 m2 (25x25sm) chuqurlar soni oshiriladi. Bu vaqtda olinadigan namuna soni 9-12 taga oshadi. Chuqurchalarning bir-biriga yaqin joylashuvi bajariladigan ishning maqsad va vazifasiga bog‘liqdir. Unumdorligi bir xil bo‘lgan maydonlarda diagonaliga 3 dona, ba’zan 5 donagacha chuqur kavlanadi. Namuna olish jarayoni quyidagicha bo‘ladi: birinchi namuna olinadigan maydonchalar aniqlanib, burchaklariga koziqchalar qoqiladi, ular o‘rtasiga iplar tortiladi. Belgilangan maydoncha tuprog‘i ustidagi barglar va boshqa chiqindilar hamda ustki quruq qatlam olib tashlanadi. Kavlanishi mumkin bo‘lgan tuproq usti tozalangandan so‘ng, bir tomonga kleyonka yoki qattiq gazlama yoyib qo‘yiladi va kavlangan tuproq shu material ustiga tashlanadi. To‘plangan tuproq qo‘l bilan asta-sekin ko‘rib chiqiladi va unda mavjud bo‘lgan hasharotlar alohida terib olinadi, yirik kesaklar va o‘simlik ildizlari qo‘l bilan bir-bir ko‘rib chiqiladi. Topilgan hasharotlar bankaga solib qo‘yiladi, har bir namuna maydonchasidan topilgan hayvonlar daftarga qayd qilinadi, bunda tuproqqa ta’rif beriladi, hasharotlar topilgan kun sanasi, ularning nomi aniq holda dala daftariga yozib boriladi.
.2. Yomg‘ir chuvalchanglarini sanash
Yomg‘ir chuvalchanglari tuproqda yashovchi asosiy jonzotlar hisoblanadi. Agarda tuproq tarkibi biologik jihatdan toza bo‘lsa, ular soni ko‘p bo‘ladi, qulay sharoitlarda 1m2 maydonda 1000 donagacha chuvalchang soni kuzatilishi mumkin. Ko‘pincha chuvalchanglar soni oddiy hollarda 300-400 tagacha bo‘ladi. Chuvalchanglar tuproq tarkibini yaxshilaydigan va tuproq hosil bo‘lish jarayonida ishtirok etuvchi bo‘lib, tuproqni azot va biologik elementlar bilan boyitadi. Angliyada fermer o‘zining yerini sotmoqchi bo‘lsa, xaridor kelib dalaning har joyidan 1m2 joyni belgilab olib, kavlab ko‘radi va u yerdan topilgan chuvalchanglar sonini sanab ko‘rib, yerni baholaydi. Chuvalchanglar soni qancha ko‘p bo‘lsa, sotiladigan maydonlarning narxi shuncha qimmatlashadi, chuvalchanglar soni ko‘p bo‘lishi shu tuproqlarning unumdor ekanligini ko‘rsatuvchi belgi hisoblanadi. Kuzatish olib boriladigan maydonda chuvalchanglarni terish uchun uzun pinset, pichoq, kurakcha va banka zarur, banka ichiga ozgina ho‘l tuproq yoki o‘tlar tashlab quyish kerak, havo harorati issiq bo‘lsa, chuvalchanglar tez nobud bo‘ladi. Shuning uchun, qattiq xaltacha bo‘lsa ham yaxshi bo‘ladi. Chuqurni kavlash ishlari odatda qo‘lda bajariladi, bu jarayonda bironta ham chuvalchang ko‘zdan qochirilmay terib olinadi, ular soni, katta-kichikligi e’tiborga olinib, so‘ng sanalib, albatta daftarga qayd qilib boriladi. Har bir chuqurdagi chuvalchanglarni sanash ancha qiyin ishlardan biri hisoblanadi. Chuvalchanglarni sonini taxminan bilish uchun avval chuqur qazilib, ichi tuproq va boshqa qoldiqlardan tozalanib, unga 5-6 paqir suv to‘kilsa, chuqur tevaragidagi chuvalchanglar suvga sizib chiqadi. Suvda suzib yurgan chuvalchanglarni tutib olib sanash mumkin, ammo bunda hamma chuvalchang birdaniga chiqmaydi, oradan 3-4 soat o‘tgach, yon atrofdagi tuproqlar yaxshi namiqqandan so‘ng yana boshqa chuvalchanglar ham chiqishi mumkin. Bu usul bilan sanashda xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi, vaqt juda cho‘zilib ketadi, chuvalchanglarni qayta sanash xavfi bor, umurtqasiz hayvonlarni taxminiy bilish mumkin. Tabiatan chuvalchanglarning o‘zlari ham biologik toza tuproqlarni izlaydi, tuproq tarkibida zaharli moddalar ko‘p bo‘lsa, ular bu tuproqlardan uzoqlashishga harakat qiladi. Ushbu fikrlarni aniq bilish uchun quyidagicha tajriba o‘tkazish mumkin. Ma’lumki, katta magistral yo‘l bo‘ylari avtomashinalardan tashlangan zaharli gazlar tufayli juda ifloslangan, atmosferaga tashlangan gazlar birinchi galda yo‘l bo‘yidagi o‘simliklarga, tuproqqa, suvga tushadi. Zaharli moddalar o‘simliklarning chirigan poya va barg qoldiqlari orqali ham tuproqqa qo‘shiladi. Atmosfera yog‘inlari orqali og‘ir metallar va zaharli moddalar sekin-asta tuproqqa singib boradi.
Har bir chuqurdan topilgan chuvalchanglar soni sanab chiqiladi, so‘ngra ularning og‘irligi tortish yo‘li bilan aniqlanadi va olingan ma’lumotlar bir-biri bilan taqqoslanadi. Chuvalchanglarning biomassasi ularning soniga ko‘ra ko‘payishi, bo‘linishi ham ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Chuvalchanglarning ko‘payishi va yashashi tuproq tipi hamda strukturasi bilan ham bog‘liq bo‘ladi, unumdor strukturali tuproqlarda chuvalchanglar yaxshi o‘sib rivojlanadi. Ular tuproqning donador bo‘lishiga, mikrobiologik jarayonlarning borishini tezlashishiga yordam beruvchi ekanligi sababli, ular soni qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha ma’qul hisoblanadi. Quyidagi kuzatishlar tuproq strukturasining chuvalchang soni va biomassasi miqdoriga ta’sirini ko‘rsatadi.

Download 3.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling