Organizmlardagi biologik maromlar O’simlik va hayvonlarning hayotiy formalari Reja: Tashqi ekzogen maromlar
Fauna va floraning “Qizil kitob”ga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan turlari
Download 3.65 Mb.
|
MARUZA
Fauna va floraning “Qizil kitob”ga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan turlari
Dunyo mamlakatlarida bioxilma-xillikning kamayib borayotganligidan tashvishga tushgan olimlar va mutaxassislar tezlik bilan kamayib borayotgan o‘simlik va hayvon turlarini o‘rganib, ularni alohida kitobga kiritishgan. Ushbu tadbirlar yordamida bunday hayvon yoki o‘simlik turini kamayayotgani yoki ularning soni xavfsiz darajaga etganligini nazorat qilib boriladi. “Qizil kitob” o‘simlik va hayvon turlarini taftish qiladi. Ushbu “Qizil kitob”dan joy olgan umurtqali hayvonlar ichida qushlarning turlari ko‘p (424 xil), suvda ham, quruqlikda ham yashovchi hayvonlar atigi 3 turga ega. Endemik, ya’ni jaydari hayvonlar ichida esa baliqlar (43 tur) va sudralib hamda o‘rmalab yuruvchi hayvonlar soni ko‘p (30 tur). Qushlarning 300 dan ortiq turi himoyaga olingan. Ularning 45 turi yo‘qolib borayotgan va kamyob hisoblanadi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda bioxilma-xillikni saqlash borasida tabiatni muhofaza qilishga oid qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, yo‘qolib ketish havfi bor turlar ko‘payib bormoqda. O‘zbekiston “Qizil kitob”ining birinchi nashriga (1983-yil) umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan bo‘lsa, oxirgi nashriga (2003-yil) 106 turi kiritilgan. Bu respublikadagi jami umurtqali hayvonlarning 16 foizini tashkil qiladi. Eng kamyob va yo‘qolib borayotgan turlar umurtqasiz hayvonlar va qushlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari tahliliga asoslangan taxminlariga ko‘ra, kamayib ketgan jayronlar soni sun’iy ko‘paytirish orqali 1200-1250 boshga, “Sayxun” pitomnigida yo‘qolib borayotgan g‘aqildoq o‘rdaklar soni 600-650 taga, kulrang g‘ozlar soni 17-25 taga, tovuqlar sonini esa 100-120 taga yetkazish mo‘ljallangan va bu borada zarur bo‘lgan ishlar maxsus pitomniklarda olib borilmoqda. O‘simliklarning “Qizil kitob”ga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan turlari. Qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarda 1115 turdan ortiq oliy navli o‘simlik muhofazaga olingan. Shundan 66 tur kamyob o‘simlik “Qizil kitob”ga kiritilgan. Shunday bo‘lsa-da, bepoyon maydonlardagi yovvoyi tabiiy ekotizimlarning antropogen o‘zgarishi tufayli yo‘qolib ketish xavfi mavjud o‘simliklar turi ko‘paymoqda. Masalan, 1984-yilda O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga 163 turdagi o‘simlik kiritilgan bo‘lsa, 1998-yilda ularning soni 301 turga etgan. O‘simliklarning ayrim turlari yovvoyi o‘simliklardan xomashyo tayyorlanishi yoki manzarali o‘simliklar turlarining ommaviy (anzur piyozi, lola, sallagul) terilishi oqibatida kamayib ketgan va “Qizil kitob”dan joy olgan. Antropogen va texnogen omillar ta’sirida olib borilayotgan kuzatishlar shuni isbotladiki, tabiatdagi shu kungacha o‘z biologiyasiga mos rivojlanib kelgan ekotizimlarning turlar tarkibi va tarqalish areallari o‘zgaradi, chunki ko‘p turlar iqlim o‘zgarishi tufayli kelib chiqqan yangi sharoitni tez sezadi. Chunki million-yillar davomida ularning organizmi bir xil biologik omillarga moslashgan, endilikda ular iste’mol qiladigan ozuqa turlaridan tortib, yashash joyigacha bo‘lgan o‘zgarishlar ularning ko‘payishiga, o‘suv davriga ta’sir qiladi. Boshqa sharoitga tushgan turlar tashqi muhitdan kelgan noqulay sharoitda tez kasallanadi, ko‘paymaydi va tez nobud bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda ayrim turlarning yashash areallari degradasiyaga uchrashi yoki kichrayishi mumkin. Etarli darajada tez moslasha olmaydigan turlar, ehtimol, yo‘qolib ketar. Ushbu holatda turlararo tanlash boshlanadi yoki ularning adaptatsiyalashganlarigina yashab qoladi. Masalan, ayrim turlar o‘z ozuqalarida tuz moddasining ko‘payib ketganligiga moslasha olmay nobud bo‘lishi mumkin. Orol dengizining qurishi natijasida ko‘p o‘simliklarning tarkibi sezilmas darajada bo‘lsa ham o‘zgardi, sho‘rlangan tuproqlarda o‘sgan o‘simliklarning ayrim turlarini halokatga olib keladi. Bu holat sayyoramiz uchun o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotishdir. Olimlar hozirning o‘zidayoq iqlim o‘zgarishi tufayli 420 biologik turlar yoki populyatsiyalardagi o‘zgarishlarni qayd etdilar. Bu o‘zgarishlar qushlarning ko‘chib yuruvchi turlariga ham taalluqlidir. Ular bahorda erta uchib kelib, kuzda kech uchib ketadigan, ko‘plab qushlar va sudralib yuruvchilarning bahordagi ko‘payish davri erta boshlanadigan bo‘ldi. Sovuqqa sezgir kapalaklar, qo‘ng‘izlar, ninachilarning yashash areallari shimolga tomon siljidi. Chunki iqlimning isib borishi ularni yashash uchun o‘zlariga qulay joyni izlab topishiga majbur qilayapti. Shuningdek, kuzgi ekinlar o‘z o‘suv davrlarini bahorda bir necha kunga tez boshlayaptilar, hozir ilgarigidek qattiq sovuqlarning yo‘qligidan ayrim hollarda o‘simliklar qishda ham o‘smoqdalar. Masalan, respublikaga hali uncha moslashmagan zaytun o‘simligi biologiyasida ushbu holatlar kuzatildi. Zaytun avval o‘sib rivojlangan mamlakatlarda tinim davriga juda kech kirgan bo‘lsa, bizda kuzning kechikib ketishi natijasida uning bir yillik novdalari bemalol o‘sib turaverdi. Bizda iqlim o‘zgarishi bilan issiq havodan birdaniga -12-180S li sovuq havolar boshlanib ketishi mumkin, bu ko‘pgina bir-yillik va ko‘p yillik o‘simliklar uchun noqulay sharoitlarni keltirib chiqaradi. Cho‘llar, qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil ekotizimlarda sharoit yanada ekstremallashadi yoki og‘irlashadi. Ayrimlarini hisobga olmaganda, cho‘llar yanada jazirama bo‘lib, ularda namlik qisman ortadi. Yuqori havo harorati o‘zlarining issiqqa nisbatan barqarorligidan to‘la foydalana olmagan ayrim organizmlarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi. Hayvon turlarining migratsiyasi uchun tabiiy “koridorlar” ni yaratish o‘rmon ekotizimlarini paydo qilishi mumkin. O‘rmonlarni tiklash va yong‘inga, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashni kuchaytirilishi ekotizimning moslashishida ijobiy ahamiyatga ega. Yaylov o‘simliklarini o‘zaro seleksiyasi va duragaylarining turlar tarkibini nazorat qilish hamda mollar boqishning yangi usullarini qo‘llash, cho‘llanayotgan yerlarda qurg‘oqchilikka chidamli turlarni ekish hamda ularni shu sharoitga moslashtirish maqsadga muvofiqdir. Ular tuproq eroziyasiga qarshi kurash ta’minlangan taqdirdagina iqlim o‘zgarishiga yaxshi moslashadilar. Yuqori kengliklarda joylashgan regionlarda yog‘inlarning ko‘payishi hisobiga daryolar oqimi hajmi ortishi mumkin. Agar bu erlarda ortiqcha namlik mavjudligini hisobga olsak, kutilayotgan jarayon salbiy omildir. Iqlim o‘zgarishini ifodalovchi barcha ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, yuqori kengliklarda tuproq namligi ortadi. Biroq o‘rta kengliklarda yoz davrlarida tuproq namligi kamayadi, dunyoning don etishtiriladigan muhim hududlarining ayrimlari ham shu zonaga kiradi. Chuchuk suv ekotizimga, toshqinlar va suv sathi rejimining o‘zgarishiga ta’sir etadi. Chuchuk suv havzalari (daryo, ko‘llar va suv omborlari)da haroratning o‘zgarishi ularda yashaydigan organizmlarning yashash sharoiti, o‘sish va miqdoriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ko‘llar va daryolar o‘zanlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shiladigan oqim miqdori, yer osti suvlari va yog‘inlarning o‘zgarishi ulardagi to‘yintiruvchi moddalar va yerigan kislorod miqdoriga, bu esa, o‘z navbatida, suvning sifati va tiniqligiga ta’sir etadi. Ichimlik suvlari hajmi kamayadi. Bunga suv omborlari hajmining jala yomg‘irlar va ko‘chkilari natijasida loyqa bosishi ham sabab bo‘ladi. Jala, yomg‘irlar miqdorining ortishi, qor suvlari hisobiga to‘yinishining kamayishi oqibatida suvning katta qismi tez oqib o‘tadi. Bu jarayonlarning yer osti suvi qatlamlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi kuzatilgan. Yog‘inlar miqdorining o‘zgarishiga qarab suv sifati ham o‘zgaradi. Suv resurslarining kamayishi odamlar, qishloq xo‘jaligi va atrofmuhitga salbiy ta’sir etadi. Hozirgi kunda 1,7 milliard odam – dunyo aholisining uchdan bir qismi, suv muammosi tig‘iz bo‘lgan mamlakatlarda yashaydilar. Taxminlarga ko‘ra, 2025-yilda suvsizlikdan qiynalayotgan aholi soni besh milliard kishigacha etishi mumkin. Ushbu holatlarni yaxshilash hamda chuchuk suv resurslari masalasiga nisbatan moslashish choralari quyidagilardan iborat: • mavjud suv ta’minotini yanada samarali boshqarish, monitoring tizimini qo‘llash, suvni qat’iy ravishda tejash; • kelajakda suvga bo‘lgan talabni cheklash bo‘yicha tashkiliy choralar ko‘rish; • barcha gidrotexnik inshootlarni takomillashtirish (suv taqsimlagichlar, kanallar, suv omborlari va boshqalar); • qirg‘oq bo‘yi o‘simliklarini saqlash, daryolar o‘zanining tabiiy holatini tiklash va suvning ifloslanishini kamaytirish, respublikada qishloq xo‘jalik ekinlarini tomchilatib sug‘orishga barcha fermer xo‘jaliklarini o‘rgatish. Iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, aholi sonining o‘sishi va iqtisodiy rivojlanish kabilar orasidagi bog‘lanishlar har tomonlama va murakkabdir. Qayd etilganlarni yakunlab aytish mumkinki, iqlim o‘zgarishi iqtisodiyotda tanglikning ortishiga olib keladi. Bu holat hozirdayoq suv resurslari taqchilligini his etayotgan regionlarda ayniqsa sezilarli bo‘ladi. Ular kelajakda boshqa mamlakatlarga nisbatan ko‘proq aziyat chekishlari mumkin. Bu haqda hali uncha kech bo‘lmasdan mamlakatlar kelishib olishlari zarur. Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagicha xulosa qilish mumkin: • iqlim isishi global gidrologik siklning jadallashishiga olib keladi, bu regional suv resurslariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi; • yog‘inlar miqdori, takrorlanishi va jadalligining o‘zgarishi oqim miqdori hamda uning taqsimlanishiga va qurg‘oqchil-yillarning qaytalanishiga ta’sir qiladi. Mavzu xulosasi. O‘rta Osiyoda ichimlik suv miqdori va uning tarkibi jiddiy muammo bo‘lib, bu region mamlakatlarining iqlim o‘zgarishiga doir eng dolzarb masaladir. Respublikamizdagi deyarli barcha daryolar ikki yoki uch mamlakat hududidan oqib o‘tadi, har bir respublika aholisi suvga bo‘lgan talabini o‘z ehtiyojidan kelib chiqib qondirar ekan, ikkinchi mamlakat aholisi uchun bu narsa og‘ir oqibatlarga olib keladi. Masalan, Amudaryo, Sirdaryo biz uchun asosiy suv manbai bo‘lishi bilan bir qatorda, ular boshqa mamlakat hududidan oqib o‘tadi. Qator muhim suv obyektlari ikki va undan ortiq mamlakatlar hududlarida joylashgan. Bu ham ayrim hollarda xalqaro mojarolarni keltirib chiqarishi tabiiy. Nazorat savollari 1. Bioxilma-xillik va uni himoya qilish. 2. Alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar. 3. O‘zbekiston o‘simlik turlarining xilma-xilligi. 4. Fauna va floraning “Qizil kitob”ga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan turlari. 5. Yog‘inlar yog‘ish harakterining o‘zgarishi? 6. Bioxilma-xillikning kamayib ketishi sabablari nimadan kelib chiqmoqda? 7. Orol dengizining qurishi va uning havzasidagi bioxilma-xillik. Download 3.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling