Organizmlardagi biologik maromlar O’simlik va hayvonlarning hayotiy formalari Reja: Tashqi ekzogen maromlar


BIOLOGIK XILMA-XILLIK VA UNING SHAKLLANISHI


Download 3.65 Mb.
bet25/33
Sana10.11.2023
Hajmi3.65 Mb.
#1761521
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
MARUZA

BIOLOGIK XILMA-XILLIK VA UNING SHAKLLANISHI
1. O‘zbekistondagi bioxilma-xillik
O‘zbekistonning turli ekotizimlarida o‘simlik va hayvonot olamining biologik xilma-xilligi 27000 turdan ortadi. Ular orasida hayvonlar 15000 turdan ortiq bo‘lib, shuning katta qismini umurtqasiz bo‘g‘imoyoqlilar tashkil etadi (11300 tur). Umurtqali hayvonot dunyosi 424 turdagi qushlar, 97 turdagi sut emizuvchilar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar, 83 turdagi baliqlarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston O‘rta Osiyoga mansub ko‘plab turdagi hayvonlar yashaydigan hudud hisoblanadi. O‘zbekistonda Markaziy Osiyoda tarqalgan umurtqali hayvonlarning 53 turi va mayda turlari ma’lum. Umurtqali hayvonlarning turli guruhlarida muayyan bir joyga mansublik darajasi 1,8-51,7 foizni tashkil etadi. O‘simliklar, qo‘ziqorinlar va suv o‘tlari taxminan 11000 turdan iborat bo‘lib, ularning 4800 turi gulli va tomirli o‘simliklardan iborat. Mahalliy o‘simliklar turlari ko‘p emas – qariyb 400 turdan iborat bo‘lib, shuning 10-12 foizini qadimdan saqlanib qolgan o‘simliklar tashkil etadi. Ushbu turlarning biologik xilma-xilligi asosan ayni paytgacha mavjud yovvoyi tabiiy ekotizimlar tufayli saqlanib turibdi. Bu ekotizimlarning asosiy turlari esa hududning turli tabiiy-iqlim sharoitiga muvofiq shakllangan bo‘lib, tekis yerlarning cho‘l ekotizimlari, tog‘oldi yarim cho‘llar va cho‘llar, daryo va qirg‘oqbo‘yi ekotizimlari, namgarchilik yuqori bo‘lgan hududlar va deltalar, tog‘ ekotizimlarini o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonning ko‘plab xalq xo‘jaligi tarmoqlari – qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, baliqchilik xo‘jaligi, ovchilik xo‘jaligi, xomashyoni saqlash va birlamchi ishlov berish, qayta ishlash sanoati bevosita bioxilma-xillik bilan bog‘liqdir. Tekis yerlarning cho‘l ekotizimlari – Turon zaminining katta qismini egallagan va Qizilqum cho‘li, Ustyurt tizmasi, Qarshi cho‘li, respublika janubi va Farg‘ona vodiysiga keng yoyilgan. Cho‘l hududlari tuproq tarkibi bo‘yicha qumli, sho‘r, loyli va toshli (gipsli) cho‘llarga bo‘linadi. Cho‘l ekotizimlari kamyob va turlari yo‘qolib borayotgan hayvonlar yashaydigan asosiy joy hisoblanadi. Tog‘oldi yarim cho‘llar va cho‘llar – 800-1200 metr balandlikda bo‘lgan tog‘oldi hududlarida joylashgan, uzunligi 30-50 kilometrli tog‘ tizmalarini qamrab olgan. Tog‘oldi yarim cho‘llar va cho‘llar respublika tog‘li hududining qariyb 3/2 qismini egallagan. Daryo va qirg‘oqbo‘yi ekotizimlari – Amudaryo va Sirdaryo vodiysining tekis uchastkalari, Zarafshon va Surxondaryo etaklarini qamrab olgan. Bu ekotizimlar sharoitining xilma-xilligi uchta asosiy turni – to‘qayzorlar, qamishzorlar, daryolar va daryo o‘zanlarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. To‘qayzorlar Amudaryo deltasida tor yoki alohida joylar ko‘rinishida saqlanib qolgan, ba’zida Sirdaryo, Surxondaryo, Zarafshon va Chirchiq soyliklarida, Angren daryosi va Qashqadaryoning quyi oqimida ham uchraydi. Daryolar va ochiq sayozliklar kamyob va turlari yo‘qolib borayotgan hayvonlar yashaydigan asosiy joy hisoblanadi. Namgarchilik yuqori bo‘lgan hududlar ekotizimlari (ichki suvbotqoqlik ekotizimlari) tabiiy va antropogen ekotizimlarga bo‘linadi. Ular daryo va qirg‘oqbo‘yi ekotizimlariga o‘xshab ketadi, biroq yuzasida suvning ko‘pligi va namgarchilik darajasi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Tabiiy namgarchilik yuqori bo‘lgan hududlar Amudaryo deltasida joylashgan, u qariyb 700 ming gektar maydonni egallaydi. Deltaga suv oqimi kelishining kamayishi va Orol dengizi qirg‘og‘ining orqaga qaytishi oqibatida so‘nggi o‘n yilda ko‘plab tabiiy chuchuk suvli ko‘llar yo‘q bo‘lib ketdi. To‘qayzorlar maydoni ikki baravarga, qamishzorlar 6 baravarga kamaydi. Antropogen namgarchilik hududlari asosan sun’iy havzalardan (suv omborlari va tashlama qo‘llar) iborat bo‘lib, ularning orasida eng kattalari Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, shuningdek, Dengizko‘l, Qoraqir, Sho‘rko‘l hisoblanadi. Tog‘ ekotizimlari tuproq va namgarchilik sharoitiga muvofiq vertikal joylashgan. Tog‘ cho‘llari 2000-2600 metr balandlikdadir. Tog‘ yaproqli daraxt o‘rmonlari 1000 metrdan 2500-2800 metrgacha bo‘lgan kichik maydonlarni egallagan. Eng katta yaproqli daraxt o‘rmonlari G‘arbiy Tyan-Shan (Ugam, Pskom, Chotqol va Farg‘ona tizmalari) va Pomir-Oloy (Hisor tizmasi) tog‘larida joylashgan. Reliktiv, ya’ni qadimdan saqlanib qolgan o‘rmonlar yong‘oq, chinor va oddiy xurmo daraxtlaridan iborat.Archazorlar – tog‘ o‘rmonlarining asosiy turi bo‘lib, 1400-3000 metr balandlikda o‘sadi. Baland tog‘lardagi yaylovlar 2700-2800 metrdan to 3600-3700 metr balandlikda joylashgan.

Download 3.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling