Organizmlardagi biologik maromlar O’simlik va hayvonlarning hayotiy formalari Reja: Tashqi ekzogen maromlar


Tuproqda yashovchi hasharotlarni aniqlash usullari


Download 3.65 Mb.
bet29/33
Sana10.11.2023
Hajmi3.65 Mb.
#1761521
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
MARUZA

Tuproqda yashovchi hasharotlarni aniqlash usullari
Unumdorligi yuqori, toza organik moddalarga boy tuproqlarda faqat chuvalchang emas, balki yer ustida yashovchi hasharotlar soni ham ko‘p bo‘ladi. Bunday hasharotlarga faqat go‘ng bilan oziqlanadigan sassiq qo‘ng‘izlar, turli o‘rgimchaklarni misol qilib olish mumkin. Sassiq qo‘ng‘izlar asosan tuproqdagi mol tezaklarini qayta ishlash orqali yashab hayot kechiradi. Shu asosda tuproqning unumdorligi oshishiga yordam beradi, ammo ular faqat toza tuproqda hayot kechiradi yoki organik moddalar to‘plangan joylarda yashaydi va ko‘payadi. Bu hasharotlarni aniqlash ham tuproqning tozaligi haqida ma’lumot berib boradi. Buning uchun quyidagi usul bilan ular sonini aniqlash mumkin. Buning uchun erdan chuqur qazilib, uning ichiga oddiy shisha bankani solib qo‘yamiz, banka ichiga ozroq yopishqoq suyuqlik solinadi, chunki bankaga tushgan hasharot chiqib ketmasligi kerak. Banka solingan chuqurning balandligi yer bilan baravar bo‘lishi kerak, aks holda unga hasharotning tushishi qiyin bo‘ladi. Hasharot tutishga mo‘ljallangan bankani bir sutkada ikki marta tekshirish lozim, ertalab va kechqurun ko‘zdan kechirib, unga tushgan hasharotlar soni aniqlanadi. Chunki ayrim hasharotlar kechasi hayot kechirsa, ayrimlari kunduzi hayot kechiradilar, shu tariqa ularning hayot tarzini ham bilib olish mumkin. Hasharotning hayot tarzi haqida to‘la ma’lumotga ega bo‘lish uchun o‘rganiladigan joylarga qarab bir necha joyda kuzatish olib borish kerak bo‘ladi. Kuzatishlar har bir biotopda qancha miqdorda hasharotlar yashashini aniqlab beradi, qaysi joyda hasharotlarning soni ko‘p bo‘lsa, o‘sha joy ekologik toza ekanligidan dalolat beradi. Masalan, o‘tloqda 7 joydagi tuzoqlar 3 kecha-kunduz davomida turdi va bu muddatda 25 dona, butazorda 12 dona, mol yuradigan
yaylovlarda shu muddatda 46 dona sassiq qo‘ng‘iz to‘plangani ma’lum bo‘ldi. Bir kecha-kunduzda o‘tloqda 8 dona, yaylovda 15 dona, butazorda 4 dona sassiq qo‘ng‘iz tutilganligi ma’lum. Endi bir tuzoqqa tushgan hasharotlar sonini aniqlash uchun jami hasharot sonini tuzoqlar soniga bo‘lamiz, unda o‘tloqlarda bir tuzoqqa o‘rtacha 3,5 dona, butazorda 1,5 dona, mol boqiladigan yaylovda o‘rtacha 6,5 dona hasharot to‘g‘ri kelganligi o‘rganildi.
Tuzoqlarga tushgan hasharotlar sonining ko‘p bo‘lishi, kuzatuv olib borilayotgan ekotizimda tuproq va atmosferaning tozaligini, bu joylarda o‘sib rivojlanayotgan o‘simlik va mahsulotlarni iste’mol qilish insonlar sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligini bildiradi. Chuvalchanglar, sassiq qo‘ng‘izlar tuproq usti va tuproq ostidagi ekologik holatni bildiruvchi indikator hasharotlar hisoblanadi.
Umurtqasizlarni biotsenometr yordamida hisoblash
Ushbu usul orqali kichik maydondarda hasharotlarni kuzatish eng aniq ish uslubi deb tan olingan. Biotsenometr deyilganda, ko‘z oldimizga hajmi 1x1m va balandligi 50 sm bo‘lib, ustiga doka tarang tortilgan yog‘och qutini keltiramiz. Bu usul bilan umurtqasizlarni ular tinch yoki tinim davrida bo‘lganda o‘rganish mumkin, kuzatuvchi sekin-asta harakat qilishi, o‘zining soyasini hasharotga tushirmasligi, bu bilan ularni qo‘rqitib qo‘ymasligi lozim. Sekin, poylab turib, harakat qilayotgan yoki dam olayotgan hasharot ustiga qutini yerga mahkam yopish zarur. Biosenometr yordamida uchib yurgan hasharotlarni, ba’zan o‘simliklar va tuproq ustida yashirinib turganlarini ham tutib olish mumkin bo‘ladi. Yuruvchi hasharotlar qo‘l bilan, pinset, maxsus spirtga botirilgan qisqich bilan tez ushlab olinadi va maxsus probirkaga solindi. Biotsenometrda ushlangan hasharotlarni o‘z joyiga qo‘ygach, yana yangi joydan hasharotlar tutishga kirishiladi. Ayrim joylarda o‘sib turgan o‘tlarni o‘rishga to‘g‘ri kelsa, yana bir joydan chuqurlar qazib, ulardan hasharotlarning chiqishini sabr bilan kutiladi. Lozim bo‘lsa, chimzorlar kesib olinib, laboratoriyaga olib kelinib, undagi umurtqasizlar turi aniqlanadi. O‘rganishlar davomida to‘plangan ma’lumotlar albatta maxsus daftarga qayd qilinadi.
To‘da bo‘lmay yashaydigan chigirtkalar sonini hisobga olish uchun transekt usulidan foydalaniladi. Transekt usuli quyidagicha bo‘ladi: izlanuvchi to‘g‘ri yo‘l bilan sekin 25-100 m ga harakat qiladi va u yo‘lning oldida hamda ikki tomonidagi ko‘zga ko‘ringan barcha chigirtkalarni qarab boradi. Transekt usulida oldinga 100 m yurib, uni 10-20 marta qaytarish samara beradi, bu usul chigirtkalar sonini aniqlashda eng to‘g‘ri usul bo‘lib qolmoqda. Izlanuvchi transekt usuli yordamida hasharotlarning turlari va joylashish zichligi haqida to‘laqonli ma’lumot olishga erishadi. Agarda chigirtkalar soni uncha ko‘p bo‘lmasa, ularni ko‘z bilan ko‘rib bo‘lsa, ular turini aniqlab qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Download 3.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling