Organizmlarning ko’payishi
Download 431.94 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5433971100818084363
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sun’iy partenogenezda
- Hayvonlarda gametogenez
- . Shakllanish
Partenogenezda yangi avlod urug‘lanmagan tuxum
hujayrasidan rivojlanadi. Ma’lumki, partenogenez tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Tabiiy partenogenez hayvonlar (o ‘simlik biti, sodda qisqichbaqasimonlar, ayrim baliq va sudralib yuruvchilar) qo‘ygan tuxumi urug‘lanmasdan turib yangi organizm hosil boiadi. Bu hosil bolgan organizmlarning barchasi urg‘ochi boladi. Bunday ko‘payish bir-biri bilan uchrashishi qiyin bolgan mavjudotlarda namoyon bo’ladi. Ayrim hasharotlar (ari, chumolilar)da namoyon bo’ladigan partenogenezda ularning urug’lanmagan tuxumidan erkak organizmlar, urug’langan tuxumlaridan urg‘ochi organizmlar rivojlanadi. Sun’iy partenogenezda tuxum hujayrasini turli ta ’sirlar (kislota, kuchsiz elektr toki va b.) bilan qitiqlash natijasida shu gametadan yetuk organizm hosil qilishga erishiladi. Ushbu usul bilan ninaterililarda , chuvalchang, shiliqqurt, hasharot va hatto sut emizuvchilarda sun’iy partenogenezga erishilgan. B.L.Astaurov sun’iy partenogenez yordamida erkak jinsli ipak qurtlarini yaratish usulini aniqlagan Hayvonlarda gametogenez Jinsiy hujayralarning hosil bo‘lish jarayoni gametogenez deyiladi. Erkak jinsiy hujayralami hosil bo‘lishi — spermatogenez, Urg‘ochi jinsiy hujayralami hosil bo‘lishi — oogenez deyiladi. Gametogenez to‘rtta bosqichdan iborat - ko‘payish(2n2c), o’sish(2n4c), yetilish(1n2c) va shakllanish(1n1c) Hayvonlarda jinsiy hujayralar xuddi somatik hujayralardek embrional hujayralardan rivojlanadi Murtak hujayralaridan bora-bora jinsiy bezlar va jinsiy hujayralar taraqqiy qiladi. Erkaklarda spermatagoniy, urg‘ochi organizmlarda oogoniy Spermatogenez Urug‘dondagi maxsus to‘qima oldin mitoz yo‘li bilan bir necha marota bo‘linib, o‘lchamlari kichraygan spermatogoniylarni hosil etadi ko’payadi. Shundan so‘ng o‘sish bosqichi boshlanadi. Ular yana mitoz yo‘li bilan bo‘linib birinchi tartibli spermatositlarga aylanadilar.Yetilish bosqichida birlamchi spermatosit hujayralari meyoz bo‘linishga o’tadilar. Mitozning 1-bo‘linishdan so‘ng ikkita ikkinchi tartibli spermatositlar hosil bo‘ladi. 2- bo‘linish natijasida 4 spermatidalar rivojlanadi. Shakllanish bosqichida spermatidalaming spermatozoidga aylanishi kuzatiladi. Bu jarayonga yadro va sitoplazmaning barcha elementlari qatnashadi. Yetilgan spermatozoid boshcha, bo‘yin va dum qismlaridan tashkil topadi. Spermatozoidning bosh qismida Goldji apparatidan hosil bolgan akrosoma joylashadi. U fermentlarga boy bo‘lib, urug‘lanish paytida tuxum hujayra qobig’ini eritadi. Akrosomadan keyin bosh qismda yadro joy-gan. Spermatozoidning bo’yin qismida sentriola, mitoxondriyalar bo‘ladi. Download 431.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling