Organizmlarning oziqlanish usuli


Download 1.76 Mb.
Sana19.04.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1362971
Bog'liq
pishloq uyushmasini qayta ishlash jarayonini organish

Mavzu: Pishloq uyushmasiga ishlov berish jarayonini o'rganish


Davlatov Umidjon

CONTENTS OF THIS THEMA

Pishloq uyushmasiga ishlov berishni o‘rganish. Pishloq uyushmasiga ishlov berishning maqsadi pishloq ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mikrobiologik va fermentativ jarayonlar uchun sharoit xisoblanadi. Bunga uyushmani qisman suvsizlantirish va unga vannada (1- rasm) ishlov berish orqali erishiladi. Shirdonli ivish natijasida hosil bo‘lgan uyushma kesiladi, maydalanadi va olingan pishloq donalari aralashtiriladi. Ushbu jarayonlarni maqsadi uyushmani qisman suvsizlantirish hisoblanadi. Suvsizlantirish maqsadida ikkinchi isitish ham o‘tkaziladi. Uyushmadagi suv miqdori pishloqning yetilishidagi mikrobiologik va biokimyoviy jarayonlar rivojlanishini belgilaydi.

TABLE OF CONTENTS

Odatda pishloq donalari va ajralib chiqqan zardobdagi mikroorganizmlarning rivojlanishi jadalligi bir xil emas. Ko‘p miqdordagi mikroorganizmlar pishloq donalariga, uning kam miqdordagisi esa zardobga o‘tishadi (bu nisbat taxminan 1:6-1:8 ni tashkil etadi). Keyinchalik mikroorganizmlar miqdoridagi bu farq ularni pishloq donalarida zardobga nisbatan tez rivojlanishi tufayli yanada kuchayadi. 

INTRODUCTION

Pishloq massasidan qancha ko‘p miqdorda zardob ajralib chiqsa, unda mikroorganizmlar uchun oziqaviy muhit hisoblangan sut qandi va boshqa moddalar kamroq qoladi, va kam miqdorda sut kislotasi hosil bo‘ladi. Sut kislotasi oqsil sinerezisini, demak pishloq donalariga ishlov berishda uning suvsizlanish tezligini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi.

Dastlab uyushma tayyor bo‘lgach, zardob ajralishini tezlashtirish uchun uyushma yuzasi uni kesish orqali oshiriladi. Uyushma kesish elementlari vertikal joylashgan kesish qurilmasi yordamida uzunasiga va eniga, keyin kesish elementlari gorizontal joylashgan kesish qurilmasi yordamida kesiladi. Buning natijasida tomonlarini uzunligi 8-12 mm bo‘lgan kub shaklidagi uyushma bo‘laklari olinadi. Uyushmani kesish 10-15 min davom etadi.

WHAT IS THIS TOPIC ABOUT?

O‘ta nozik uyushma oqsil va yog‘ni zardobga o‘tishini oldini olish maqsadida asta-sekin, zich uyushma esa uni barvaqt zichlashishini oldini olish uchun tez kesilishi lozim. Pishloq donalarini olish vannasida uyushma yuza qismini harorati uni pastki qatlamlari haroratiga nisbatan ancha past, shuningdek yog‘li yumshoq pishloqlar olishda sutni uzoq muddatli ivitilishi natijasida uyushmani yuqori qatlami nozik va yog‘li bo‘lishi mumkin. 

FEATURES OF THE TOPIC

Bir xil o‘lchamdagi pishloq donalari va zardobga yog‘ yo‘qolishi oldini olish maqsadida uyushmani 4-5 sm qalinlikdagi yuza qatlami uni kesish oldidan 2-3 min oldinroq ag‘dariladi. Uyushma kubiklarini maydalash, hajmi bo‘yicha haroratini tenglashtirish va o‘lchami bo‘yicha bir xil pishloq donalari olish uchun kesilgan uyushma asta-sekin aralashtiriladi.

USES OF THE SUBJECT


Bu jarayon pishloq donalarini tayyorlash hisoblanadi. Pishloq donalarini tayyorlash natijasida har bir pishloq guruhi uchun ma’lum o‘lchamli pishloq donalari olinadi. Chunonchi, bu jarayon natijasida Shveysar pishlog‘i uchun o‘lchami 2-3 mm va golland pishlog‘i uchun esa 5-6 mm bo‘lgan pishloq donalari olinadi. Bir xil o‘lchamli pishloq donalari olishda uyushma xususiyati inobatga olinishi kerak. Bunda nozik uyushma dastlab asta-sekin, donalari zichlashgani sarin va maydalanmaydigan holatgacha yetgunicha katta tezlik bilan maydalanadi.

USES OF THE SUBJECT

Pishloq donalarini tayyorlash jarayoni 5 min davom etgach, mayda pishloq olish vannalarida aralashtirish jarayoni to‘xtatiladi va 30% zardob maxsus elak-zardob olgich yordamida chiqarilib yuboriladi. Pishloq donalarini tayyorlash jarayoni yakunlangach pishloq donalarini aralashtirish uning yanada suvsizlantirish maqsadida davom ettiriladi.


Asosiy adabiyotlar: 1. Fayziyev J.S., Qurbonov J.M. Oziq-ovqat mahsulotlari tadqiqotining fizik-kimyoviy uslublari. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, «Ilm-Ziyo», - 2009 y. – 240 b. 2. Ж.С.Файзиев, Ш.Н.Атаханов, Ю.Ч.Кенжаев, Ш.Д. Файзиев, Х.М. Қаноатов, О.Т.Маллабоев. Сут ва сут маҳсулотларининг техник-кимёвий назорати. Дарслик. Тошкент, “Turon-iqbol”, 2020.- 248 б. 3. Шевелёва Г.И. Контроль качества продукции: Учебный комплекс. – Кемеровский технологический институт пищевой промышленности. – Кемерово, 2004. - 140с. Tayanch iboralar; maxsus- spesifik oqsillar, Keldal usuli,spektrofotometriya normallik koeffitsienti, kolorimetrik usul, buyoq va bufer eritmalari darajalangan grafikni tuzish.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT...


Please keep this slide for attribution
Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling