Organizmlarning oziqlanishga ko‘ra
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Tirik organizml
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtotroflar
- Geterotrofl ar
- O‘simliklarning mineral oziqlanishi.
Tirik organizmlarning oziqlanishga ko‘ra turlari Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar ochiq biologik sistemalardir, ya’ni ular bilan atrof-muhit o‘rtasida uzluksiz modda va energiya almashinuvi bo‘lib turadi. Tirik organizmlardagi hayotiy jarayonlar, hujayradagi plastik reaksiyalar, membrana orqali moddalar transporti, hujayralarning o‘sishi va bo‘linishi, to‘qima va organlar faoliyati, tana haroratining doimiyligini saqlash uchun energiya zarur. • Avtotroflar organik moddalarni anorganik moddalardan sintez qiluv chi organizmlardir. Organik moddalarni sintezlash uchun ener giya zarur. Avtotrofl ar qaysi energiya tu ridan foydalanishiga ko‘ra fototrof va xemotrof larga bo‘linadi. • Fototroflar – yorug‘lik energiyasidan foydala nib or ganik moddalarni sintezlaydi gan organizmlardir. Fototrofl arga barcha yashil o‘simliklar va sianobak teriyalar kiradi. • Xemotroflar anorganik moddalarning oksidlanishidan hosil bo‘lgan energiyani organik birikmalar energiyasiga aylantiruvchi organizmlardir. Xemotrofl arga nitrifi kator, oltingugurt, vodorod va temir bakteriyalari kiradi. • Geterotrofl ar organik uglerod manbayidan foydalanuvchi, ya’nitayyor organik moddalar bilan oziqlanadigan organizmlardir. Geterotrof organizmlar o‘z hayot faoliyati uchun zarur energiyani organik birikmalarni parchalash hisobiga oladi. • Oziqni qaysi usul bilan o‘zlashtirishlaridan qat’i nazar oziq moddalarning organizmlarda o‘zgarish yo‘llari, masalan, makromolekulalarning hazm organlarida fermentlar ishtirokida monomerlarga parchalanishi, parchalanish mahsulotlarining so‘rilishi, hujayralarga transport qilinishi kabi jarayonlar barcha geterotrof organizmlarda kuzatiladi. • Geterotrof oziqlanishning bir necha tiplari farqlanadi. Ulardan asosiylari golozoy, saprofit, parazit oziqlanish hisoblanadi. • Golozoy oziqlanish bir necha bosqichdan iborat: oziqning yutilishi, hazm qilinishi, ya’ni fermentlar ta’sirida parchalanishi, so‘rilishi. Oziqlanishning bu tipi o‘txo‘r va yirtqich hayvonlarga xos • Golozoy oziqlanishdan farqli ravishda, saprofit oziqlanish bosqichlari quyidagi tartibda sodir bo‘ladi: hazm fermentlarining tashqi muhitga ajralishi, oziqning fermentlar ta’sirida parchalanishi, parchalanish mahsulotlarining organizm tomonidan qabul qilinishi. Saprofit organizmlarga zamburug‘lar, ayrim bakteriyalar misol bo‘ladi. • O‘simliklarning mineral oziqlanishi. Yashil o‘simliklar organizmidagi hayotiy jarayonlar uchun nafaqat uglevodlar, balki oqsillar, lipidlar, nuklein kislotalar, viraminlar, fi togormonlar ham zarur. Bu moddalar tarkibiga uglerod, vodorod, kisloroddan tashqari azot, oltingugurt, fosfor va boshqa elementlar ham kiradi. • Parazitlar xo‘jayin organizmidagi organik moddalar hisobiga yashaydi. Parazit hayot kechiruvchi organizmlar ayrim bakteriyalar (ko‘kyo‘tal, vabo, o‘lat, qoqshol qo‘zg‘atuvchilari), zamburug‘lar (vertisillium, qorakuya zang, zamburug‘lari), o‘simliklar (raffl eziya, devpechak, zarpechak, shumg‘iya), hayvonlar (leyshmaniya, bezgak paraziti, tripanosoma, askarida, jigar qurti)ga xos. O‘simliklarning mineral oziqlanishi. Yashil o‘simliklar organizmidagi hayotiy jarayonlar uchun nafaqat uglevodlar, balki oqsillar, lipidlar, nuklein kislotalar, viraminlar, fi togormonlar ham zarur. Bu moddalar tarkibiga uglerod, vodorod, kisloroddan tashqari azot, oltingugurt, fosfor va boshqa elementlar ham kiradi. • Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling