Organizmlarning tashqi muhitga moslashishi


Download 407.81 Kb.
bet5/13
Sana15.06.2023
Hajmi407.81 Kb.
#1488277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Botiraliyev Feruza

4-modda.
Ushbu Bitim doirasida hamkorlikni amalga oshirishni muvofiqlashtirish maqsadida Tomonlar mas’ul bo‘linmalar va shaxslar to‘g‘risida bir-birlarini qisqa muddatlarda yozma ravishda xabardor qiladilar. Mas’ul bo‘linmalar va shaxslar o‘zgartirilgan taqdirda, Tomonlar ushbu o‘zgarishlar to‘g‘risida bir-birlarini xabardor qiladilar.
5-modda.
Tomonlar ushbu Bitim doirasida olinayotgan axborotning maxfiyligini ta’minlashlari lozim hamda bunday axborot uchinchi shaxslarga faqatgina boshqa Tomonning oldindan yozma roziligi olingandan so‘ng taqdim qilinishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi davlat siri va Turkmaniston davlat sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlar ushbu Bitim doirasida taqdim qilinmaydi.
6-modda.
Ushbu Bitim doirasida Tomonlar:
a) Bitimni amalda tatbiq qilishga qaratilgan qo‘shma tadbirlar rejalari, harakat dasturlari va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar;
b) zarur hollarda, ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va uni takomillashtirish istiqbollarini muhokama qilish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzadilar va muntazam maslahatlashuvlar mexanizmini yo‘lga qo‘yadilar.
7-modda.
Basharti har bir alohida holatda o‘zgacha tartib kelishilmagan bo‘lsa, Tomonlar ushbu Bitimni amalga oshirish davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xarajatlarni mustaqil ravishda qoplaydilar.
8-modda.
Ushbu Bitimni qo‘llash va talqin qilish bilan bog‘liq Tomonlar o‘rtasida yuzaga keladigan har qanday nizolar maslahatlashuv va muzokaralar orqali hal etiladi.
9-modda.
Ushbu Bitim qoidalari Tomonlar davlatlari ishtirokchi hisoblangan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga daxl qilmaydi.
10-modda.
Tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra ushbu Bitimga uning ajralmas qismi hisoblanuvchi alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritilishi mumkin bo‘lib, ular mazkur Bitimning 11-moddasida belgilangan tartibda kuchga kiradi.
11-modda.
Ushbu Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va Tomonlardan biri boshqa Tomonning ushbu Bitim amal qilishini tugatish niyati to‘g‘risidagi yozma xabarnomasini olgan kundan boshlab ikki oy o‘tgunga qadar amal qiladi. Ushbu Bitim amal qilishining tugatilishi Bitim doirasida boshlangan va uning amal qilishi tugatilgunga qadar yakunlanmagan loyiha va dasturlar ijrosining tugatilishiga olib kelmaydi. Turkmanboshi shahrida 2017-yil 20-mayda ikki nusxada, har biri o‘zbek, turkman va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda tafovutlar kelib chiqqan hollarda Tomonlar rus tilidagi matnga amal qiladilar.

Download 407.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling