Организмларнинг умумий морфологияси


 Raqobatni cheklovchi qonun


Download 47.48 Kb.
bet3/8
Sana04.02.2023
Hajmi47.48 Kb.
#1163073
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ekalogiya shppi (chala)

1. Raqobatni cheklovchi qonun: Bu qonunga muvofiq ikkita bir xil istiqomat qiluvchi, ya’ni “Ekologik nisha” uzoq vaqt bir ekotizimda yashay olmaydi. Qanday turni g’alaba qilishi tashqi omillarga bog’liq bo’ladi. Bunda asosan o’sha populyatsiyani o’sishi, ko’payishi katta rol o’ynaydi. Raqobatni cheklovchi qonunlar insonlar hayot tarzida va insonlar jamiyatida ham uchrab turadi. Inson o’zining yashab turgan joyidan ketishni hohlamaydi. Yer sharini boshqa joylari aholi bilan zich. Yashash uchun, xomashyo uchun kurash kabi illatlar kelib chiqadi.
Ekologiyaning asosiy qonunlaridan biri shuki, nafaqat turlar, organizmlar balki, ekotizimlar ham rivojlanadi. Jamoatning ketma-ket almashib turishiga suktsessiya deyiladi.


Suktsessiya asosan muhitni fizik xususiyatlari o’zgarishi bilan sodir bo’ladi. Bunda bir tur jamoada yashab boshqa turlarning yashashiga imkon yaratadi. Bu jarayon biotik, abiotik omillar o’rtasida muvozanat bo’lguncha davom etadi.
2. Xilma-xillik qonuni: tizim absolyut bir xil bo’lgan elementlardan tashkil topmaydi.

3. Evolyutsiyaning qaytmaslik qonuni: organizmlar (populyatsiya, tur) o’zining oldingi holatiga qaytmaydilar.

4. Tuzilishning murakkablashish qonuni: Organizmlarning tarixiy rivojlanishi ularning organlar funktsiyasini murakkablashishiga olib keladi.

5. Tizim qismlarini bir tekis rivojlanmaslik qonuni: tizim bir darajada sinxron rivojlanmaydi, bir tur yuqori darajada, ikkinchi tur past darajada rivojlanadi.

6. Hayotni saqlash qonuni: hayot faqatgina tirik-xarakatlanuvchi jismda modda, energiya va informatsion almashganda yashaydi.

7. Tartiblikni saqlash qonuni: (I.Prigojin) ochiq tizimlarda entropiya o’smaydi kamayadi, toki minimal doimiy qiymatga erishganda hamisha noldan katta bo’ladi.

8. Le-SHatele-Braun printsipi: tashqi ta’sirlar natijasida tizim barqaror muvozanatdan siljiydi va unga tashqi ta’sir effekti kamayadi. Bu printsip biosferada xozirgi kunda inson tomonidan buzilmoqda. Masalan: o’tgan asrning oxirlarida, ya’ni XIX asrni oxirida biologik mahsuldorlik va biomassa o’sgan bo’lsa, hozir esa aksincha karbonat angidrid ya’ni is gazi ko’paymoqda
11.Биосфера хакида тушунча, биосферанинг таркиби ва функциялари, биосфера ва коинот
Biosfera – Yer sharining tirik organizmlar ta'sirida bo`lgan qismi bo`lib, uning tarkibi va energetikasi shu organizmlarga faoliyatiga bog`liq. Biosfera Yer yuzining tirik organizmlar yashaydigan yuza qatlami ekanligi to`g`risidagi tasavvurlar J.B. Lamarkdan boshlangan edi. Ammo u alohida termin sifatida fanga birinchi marta 1875 yilda avstriya geologi E.Zyuss tomonidan kiritildi. Zyussning fikricha biosfera – bu yer ustining tirik organizmlar yashaydigan yupqa po`stlog`idir Bu ta'limotga ko`ra biosfera 3 asosiy tarkibiy qismdan iborat: 1)tirik organizmlar, 2)tirik organizmlar tarkibidagi biogen modda aylanishida qatnashadigan mineral moddalar, 3)tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo`lgan va lekin biogen modda aylanishida vaqtincha qatnashmaydigan moddalar. Tirik organizmlar tabiatda juda ko`p va xilma-xil bo`lib, ular turli yashash muhitlarini egallab olganlar. Bu tirik organizmlar tabiatning boshqa tarkibiy qismlariga (masalan, jonsiz predmetlarga) qaraganda o`zlarida kechadigan biokimyoviy jarayonlarning aktivligi bilan ajralib turadilar va shuning uchun ham ular Yer yuzida o`zgarishlar yasashga qodirlar. Hozirgi kunda biosferaning o`zgarishi qudratli kuchlar ta'sirida yanada tezlashgan. Bu qudratli kuch inson omili bo`lib, insonning o`zgartiruvchi faoliyati tabiatning barcha burchaklarida favqulodda texnogen hodisalar va tabiiy ofatlarni keltirib chiqarmoqda. Tirik organizmlar Yer yuzining barcha muhitlarini egallab olgan bo`lib, bundan faqatgina bepoyon muzliklar va harakatdagi vulqon kraterlari mustasno. V.I. Vernadskiy o`z vaqtida hayot biosferaning barcha yerida mavjud ekanligini ko`rsatib o`tgan edi. Uning fikricha tirik organizmlar turli muhitga moslashaoladigan bo`lganlari uchun ham ular tobora yangi muhitlarni o`zlashtiraboradilar. Darhaqiqat, hayot dastlab suvda paydo bo`lib, keyinchalik u quruqlik va havo muhitiga ham tarqaldi. Tirik organizmlarning bosimga chidayolish diapazoni ham keng. Ular vakuum sharoitidagi butunlay bosimsiz muhitda ham, bosimi minglab atmosferaga teng bo`lgan muhitda ham o`z hayot faoliyatini saqlay oladilar. Tirik organizmlar shuningdek muhitning ximizmiga ham chidamlidirlar. Biosferaning dastlabki organizmlari butunlay kislorodsiz muhitda yashaganlar. Ba'zi organizmlar (masalan, nematodlar) hozir ham anaerob sharoitida yashaydilar. Ba'zi mikroorganizmlar turli tuzlar va kislotalarning eritmasida ham yashayoladilar (masalan, oltingugurt va azot bakteriyalari). Ayrim organizmlar radioaktiv nurlanishga chidamlidirlar. Tirik organizmlar biosferada keng tarqalgan bo`lsalarda, ularning zichligi barcha joyda bir xil emas. Ular Yer sirtining yaqinida ya'ni tuproqning yuza qatlami, hamda atmosferaning pastki qatlamida nisbatan zich joylashganlar. Lekin Yer sirtining barcha joyida ham bir xil zichlikda joylashmaganlar. Organizmlarning zichligi yer ustining yashash sharoiti qulay bo`lgan joylarida, dengiz va okeanlar suvining o`rta va ustki qatlamlarida, shuningdek suvlik, quruqlik va havo muhiti to`qnash kelgan joylar hisoblanmish dengiz va okeanlarning litoral zonalarida (qirg`oqqa yaqin yerlar), kurfazlarda hamda estuariyalarda (daryolarning quyilish joyi) yuqori bo`ladi. Sahrolarda, tundrada, okean tubida va baland tog`larda esa ularning zichligi nisbatan past bo`ladi. Biosferada hayotning davom etishi uchun unda moddalarning beto`xtov aylanib turishi zarur. 
12.Биосфера хакидагиВ.И.Вернадскийтаълимоти
rus olimi V.I. Vernadskiy 1926 yilda biosfera to`g`risidagi ta'limotni yaratdi. Bu ta'limotga ko`ra biosfera 3 asosiy tarkibiy qismdan iborat: 1)tirik organizmlar, 2)tirik organizmlar tarkibidagi biogen modda aylanishida qatnashadigan mineral moddalar, 3)tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo`lgan va lekin biogen modda aylanishida vaqtincha qatnashmaydigan moddalar. Tirik organizmlar tabiatda juda ko`p va xilma-xil bo`lib, ular turli yashash muhitlarini egallab olganlar. Bu tirik organizmlar tabiatning boshqa tarkibiy qismlariga (masalan, jonsiz predmetlarga) qaraganda o`zlarida kechadigan biokimyoviy jarayonlarning aktivligi bilan ajralib turadilar va shuning uchun ham ular Yer yuzida o`zgarishlar yasashga qodirlar. Sayyoramizdagi barcha organizmlar, V.I. Vernadskiy fikricha tirik moddalar bo`lib, ularning asosida vazn, kimyoviy tarkib va energiya yotadi. Bu moddalarni Vernadskiy 3 guruhga bo`ladi: o`lik moddalar – bularning yaratilishida tirik organizmlar ishtirok etmaydi. Bularga abiotik muhitning omillari, masalan, quyosh radiatsiyasi, havoning namligi, bosimi, ximizmi va boshqalar kiradi; biogen moddalar – bular tirik organizmlar tomonidan yaratiladi va o`zlashtiriladi. Bunga toshko`mir, bitum, neft va ohaktosh kiradi; biokos moddalar –bular tirik organizmlar va abiotik muhit omillarining birgalikda ta'siri natijasida paydo bo`ladi. Hozirgi kunda biosferaning o`zgarishi qudratli kuchlar ta'sirida yanada tezlashgan. Bu qudratli kuch inson omili bo`lib, insonning o`zgartiruvchi faoliyati tabiatning barcha burchaklarida favqulodda texnogen hodisalar va tabiiy ofatlarni keltirib chiqarmoqda. Tirik organizmlar Yer yuzining barcha muhitlarini egallab olgan bo`lib, bundan faqatgina bepoyon muzliklar va harakatdagi vulqon kraterlari mustasno. V.I. Vernadskiy o`z vaqtida hayot biosferaning barcha yerida mavjud ekanligini ko`rsatib o`tgan edi. Uning fikricha tirik organizmlar turli muhitga moslashaoladigan bo`lganlari uchun ham ular tobora yangi muhitlarni o`zlashtiraboradilar. Darhaqiqat, hayot dastlab suvda paydo bo`lib, keyinchalik u quruqlik va havo muhitiga ham tarqaldi
13.Экотизим, популяция ва биогеоценоз тушунчалари

Download 47.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling