Organizmning ekskretor funksiyalari
Download 42.87 Kb.
|
ekskretor funksiya. dilnozaa
Organizmning ekskretor funksiyalariMe’da-ichak yoMining funksiyalari jumlasiga: motor (harakat), sekretor (tashqi sekretsiya), inkretor (ichki sekretsiya), ekskretor, so‘rish funksiyalari kiradi. Motor, sekretor va so‘rish funksiyalari hazm tizimining asosiy funksiyalaridir. Hazm tizimining mushaklari motor yoki harakat funksiyasini bajaradi, shu tufayli ovqat chaynaladi, yutiladi, hazm yo4li bo‘ylab harakatlanadi va hazm boMmagan ovqat qoldiqlari chiqarib yuboriladi. Sekretor funksiya shundan iboratki, bunda tegishli bez hujayralari hazm shiralarini: so‘lak, me’da shirasi, me’da osti bezining shirasi va o4-safroni ishlab chiqaradi. M e’da va ichaklar shilliq pardalari orqali hazm bo‘lgan va parcjialangan oziq moddalar bevosita qon va limfaga so‘riladi. Me’da-ichak yo‘lining tuzilishi. Hazm a’zolarining barcha funksiyalari murakkab asab va gumoral boshqarish mexanizmlariga bo‘ysunadi. Odam organizmining energiya va qo‘ruvchi (plastik) materiallar bilan ehtiyojini uzluksiz qondirib turish uchun ovqat hazm qilish tizimi katta ahamiyatga ega, chunki ular tufayli ichki muhit muntazam shakllanib turadi. Tuzilishi va funksiyalari nuqtayi nazardan ovqat hazm qilish tizimi ikki: effektor (bajaruvchi) va regulator (boshqaruvchi) qismlardan tashkil topgan. Birinchi qism - qisqarish (silliq mushaklar hujayralari), sekretsiya (bezlarning sekretor hujayralari), membrana gidrolizi va tashilishi (ichak hujayralari - enterositlar)ni amalga oshiriladi. Ikkinchi qism esa asab va endokrin elementlardan tashkil topgan boiib, hazm tizimi faoliyatini neyrogumoral boshqarilishida ishtirok etadi. Hazm tizimining effektor qismi. Hazm tizimining bajaruvchi (effektor) elementlari ovqat hazm qilish y o ii va bezlar yigindisi tuzilmasini tashkil etib (soiak bezlari, me’da osti bezi, jigar va h.z) me9da ichak y o ii tushunchasi bilan ifodalanadi. Me’da - ichak y o ii funksiyalari hazm tizimi faoliyatining eng oxirgi jarayonlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan. Ovqat moddalarining gidrolizi - oqsillar, karbonsuvlar va yogiam i monomerlar darajasiga, ya’ni aminokislotalar, monosaxaridlar, monoglitseridlar, glitserin va yog* kislotasigacha parchalanib, ulami hazm yoiidan organizmning ichki muhiti (to‘qimalar va hujayralar) gacha yetkazib berishdan iborat. Ovqatning hazm boiishi, oxirgi mahsulotlargacha parchalanishi fizik-kimyoviy o‘zgarishlar tufayli yuzaga chiqadi va shu bilan birga u ovqatni toiiq hazm qilish va so‘rilish ma’nosini ifodalaydi. Bu o‘zgarishlar me’da-ichak yoiining sekretor va motor funksiyalari orqali amalga oshiriladi. Me’da-ichak yoiining sekretor hujayralari oqsillar, karbonsuvlar va nuklein kislotalami gidrolitik' parchalanadigan fermentlami ishlab chiqaradi. Ovqat moddalarining gidrolizi me’da-ichak bo‘shlig‘ida boshlanib, ichaklar hujayralarining membranalarida, ya’ni hazm va so‘rilish jarayonlari sodir boiadigan joyga tugaydi. Ovqatni me’da-ichak yoiida harakatlanishi, uning aralashishi, gidrolitik fermentlarga duch kelishi va organizmdan chiqib ketishi (ekskretsiyasi) hazm nayining motor (harakatlantiruvchi) funksiyasi tufayli amalga oshiriladi. Hazm tizimining boshqariiish qismi. Hazm tizimining boshqarilish qismiga: mahaliiy va markaziy tizimi kiradi. Mahalliy boshqarish enteral asab tizimi (metasimpatik asab tizimining bir qismi) va ma’da-ichak yoiining endokrin diffuz (aralash) tizimi orqali amalga oshiriladi. Hazm tizimining boshqarilishi markaziy asab tuzilmalari: orqa miya, miya ustuni, gipotalamus, bosh miya po‘stlog‘i va boshqa hazm markazlariga mansub boigan tizimlar orqali amalga oshiriladi. Hazm markazi me’da-ichak faoliyatini uyg‘unlantirishdan tashqari ovqat xulq-atvomi ham boshqara oladi. Enteral asab tizimi - ko‘pgina mikroganglionar (kichik tugunlar) tuzilmasining yig‘indisi bo*lib, me’da-ichak devorida joylashgan va metasimpatik asab tizimining bir qismi hisoblanadi. Me’da-ichak yo‘lining boshqariluvida mushaklararo (mienteral), Auerbax va Meyssner asab tolalari muhim rol o ‘ynaydi. Ulaming tarkibida sezuvchi (sensor), effektor va intemeyronlar hamda sinapslar mavjud. Sut emizuvchi hayvonlar va odamda me’da-ichak neyronlaming miqdori orqa miya neyronlarining miqdoriga teng. M e’da-ichak yo‘lida o‘z funksiyalarini bajarib, ko‘pgina funksional jarayonlami yuzaga chiqaruvchi neyropeptidlar ham mavjud. Ularga: xolesistokinin, gastrin-chiqaruvchi peptid, R moddasi, enkefalin, neyrotenzin, dermorfin, bombezin va endorfinlar kiradi. Hozirgi kunda enteral asab tizimi neyronlarida atsetilxolin va noopioid neyropeptidLar borligi aniqlangan. Download 42.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling