Organizmning kariotipi va idiogrammasi Reja
Download 57.5 Kb.
|
3mavzuuuuuu
Xromatin. Hujayraning genetik apparati – xromosoma interfaza davrida bir-biriga chirmashgan, nozik ipchalar shaklida ya’ni xromatin tarzida ko‘rinadi. Xromatin tarkibidagi DNK nukleogistonlar bilan birgalikda hosil qilgan nukleoproteid kompleksi turlicha bo‘ladi va natijada (xar bir xromosomaga mos) getero va euxromatin hosil bo‘ladi. Geteroxromatin o‘ta spirallashib ketgan xromatin bo‘lib, elektron mikroskopda anchagina zich bo‘lib ko‘rinadi. Euxromatin esa elektron jihatdan och, mayda donador xromatin hisoblanadi. DNK va nukleogiston birgalikda DNK molekulasining spirallashishini va o‘ta buralib siqilishi –superspiralizatsiyasini ta’minlaydi. Superspiralizatsiya natijasida DNK dagi genetik informatsiya uchun faol bo‘lgan ochik yuza (sayt) «berk» bo‘ladi va irsiy ma’lumot shu qismdan berilmay qoladi. O‘z navbatida hujayraning funksional holatiga karab xromosomada geteroxromatin va euxromatin egallagan joylar o‘zgarib turadi. Hujayra faoliyatining jadallashishi ayrim, yadroning ba’zi geteroxromatinlarining euxromatinga aylanishi bilan yuzaga keladi. Bunday xromatin fakultativ geteroxromatindir. Euxromatinlashmaydigan xromatin esa konstitutiv geteroxromatin bo‘ladi. Hujayralar faoliyatining susayishi (inaktivatsiyasi) yadro xromatinining euxromatin egallagan joyini kamaytiradi, ya’ni euxromatin DNK si sperilizatsiyasiga uchrab, geteroxromatinga aylanib boradi (eritrotsit hosil qiluvchi hujayralar qatori yadrosi faoliyatining so‘nib borishida bu holat yaqqol ko‘rinadi).
Interfaza holatidagi genetik omil tuzilmalari bo‘linish boshlanishi bilan xromosomani shakllantiradi. Xromosoma, bo‘linishning metafazasida butunlay shakllanadi. Xromosomalarning shakli ulardagi sentromeraning (birlamchi belbog‘) joylashishiga ko‘ra uch xil bo‘ladi: metasentrik, submetasentrik va akrotsentrik Metasentrik xromosomalarda sentromera xromosomaning o‘rtasida joylashganligi uchun xromosomalar teng yelkali bo‘ladi. Submetasentrik xromosomalarda sentromera xromosomaning o‘rtasida joylashgan bo‘lmaydi, shuning uchun xromosoma yelkalarining uzunligi har xil bo‘ladi. Akrotsentrik xromosomalarda sentromera xromosomaning oxirgi (telomera) qismiga yaqin joylashgan bo‘lib, xromosomaning bitta yelkasi juda uzun ikkinchi yelkasi esa juda kalta bo‘ladi. Shuning uchun bunday xromosomalar tayoqchasimon ko‘rinishda bo‘ladi. Sentromera yoki birlamchi belbog‘ hujayraning bo‘linishi paytida xromosomalarning qutblarga tarqalishini ta’minlaydi. Xromosomada birlamchi belbog‘ (sentromera)dan tashqari ikkilamchi belbog‘ ham uchraydi. Ikkilamchi belbog‘ga axromatin ipchalari birlashgan bo‘ladi. Shuning uchun u xromosomalarni qutblarga yo‘nalishini ta’minlaydi. Telomera – xromosomaning oxirgi qismi bo‘lib, xromosomalarning mustaqilligini va butunligini ta’minlaydi. Xromosomaning uzilgan qismlari bir-birlari bilan osongina birlashishi mumkin. Lekin telomera qismlari bir-birlari bilan xech qachon birlasha olmaydi. Xromosomalarning uzunligi 0,2–5,0 µ, eni 0,2–3,0 µ bo‘lishi mumkin. Ayrim hasharotlar va amfibiyalarning xromosomalari yirik, zamburug‘ va suv o‘tlarining xromosomalari esa mayda bo‘ladi. Odam xromosomalarining kattaligi – 1 –10 µ ga teng. Odatda bir turga mansub organizmlarda xromosomalar to‘plami doimo bir xil sonda bo‘ladi. Hujayradagi xromosomalar shu hujayra xromosomalarining to‘plami deyiladi. Ayrim organizmlarning xromosomalari soni
Organizmning rivojlanganligi ulardagi xromosomalar sonining ko‘p-ozligiga bog‘liq emas. Ko‘p sonli xromosomaga ega bo‘lgan organizmlar (daryo qisqichbaqasi, sazan va x.k.) kam xromosomali organizmlarga (odam, maymun va h. k.) qaraganda juda sodda tuzilgan bo‘lishi mumkin. Xromosomaning nozik tuzilishi va uning shakllanishi. Profaza davridagi xromosomalar asta-sekin kaltalashib, yo‘g‘onlasha borib, metafazaga o‘tgach, aniq bir shaklga ega bo‘ladi. Shuniig uchun xromosomalarning tuzilishi odatda metafazada o‘rganiladi. Telofazaga o‘tgach u yana ingichkalashib uzunlashadi. Xromosoma DNK va oqsil kompleksi (DNP) dan iborat. Xromosoma hujayraning qaysi davrda bo‘lishidan qat’i nazar u echilib buraluvchan (spiralsimon) dezoksiribonukleoproteid ipidan iborat bo‘ladi. Sintez davridan keyin xromosomada bir- biriga teng bo‘lgan va uzunasiga ketgan ikkita bir xil qism, ya’ni xromatidalar hosil bo‘ladi. Shu xromatidalarning har biri dezoksiribonukleoproteid ipidan yoki xromonemadan tashkil topgan. Xromosomaning yo‘g‘onligi odatda 20 dan 200 A0 gacha bo‘ladi. Xromonemalar DNK dan tashkil topgan juda nozik xromofibrillardan iborat. Xromosomalar hujayraning bo‘linish davrida (metafazada) spirallashib yo‘g‘onlashishi yoki (interfazada) cho‘zilib ingichkalashishi mumkin. Xromosomaning juda yaxshi bo‘yaladigan qismlariga xromomeralar deyiladi. Xromatin elektron mikroskopda ko‘rilganda uning nozik tuzilgani ko‘rinadi, ya’ni xromatin fibrillalarining yo‘g‘onligi uch xil bo‘lishi mumkin 250 A0, 100 A0, va 30–50 A0. Uchinchi xil fibrillalar genetik jihatdan juda faol fibrillalar hisoblanadi. Ma’lumki, DNK qo‘sh zanjirining diametri 20 A0, uchinchi xil fibrillaning diametri esa 30–50 A0. Demak, uchinchi xil fibrillaning diametri oqsil (gistonli va gistonsiz) molekulasi hisobiga kattalashgan. Diametri 100 A0 bo‘lgan ikkinchi xil fibrillalar, diametri 30 – 50 A0 bo‘lgan birichi xil fibrillalarning spirallashishidan (o‘ramidan) hosil bo‘ladi. Diametri 250 A0 bo‘lgan fibrillalar esa birinchi xil fibrillalarning uchinchi marotaba spirallashishidan hosil bo‘lsa kerak. Metafaza davridagi xromosomalarda fibrilalar uchinchi darajada spirallashgan bo‘lishi mumkin. Ana shu spirallashgan iplar o‘zaro birlashib (bog‘lanib) elektron mikroskopda ko‘rish mumkin bo‘lgan xromosoma tasvirini yuzaga chiqaradi. Dezoksinukleoproteid ipi tarkibida molekulyar og‘irligi 1000–2000 bo‘lgan 5 xil (N1, N2A, N2V, NZ, N4) gistonli oqsillar uchraydi. Download 57.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling