Organizmning kariotipi va idiogrammasi Reja


DNK molekulasini spirallanishi


Download 57.5 Kb.
bet3/4
Sana09.03.2023
Hajmi57.5 Kb.
#1255292
1   2   3   4
Bog'liq
3mavzuuuuuu

DNK molekulasini spirallanishi
DNK ipining yana spirallanishi va oqsilning birlashishidan diametri 20–25 nm bo‘lgan ip hosil bo‘ladi. Bunday diametrga ega bo‘lgan ipni interfazada ham metafazada ham elektron mikroskop yordamida ko‘rish mumkin. Bu ipning yanada spirallashishi na­tijasida metafaza xromosomasi shakllanadi. DNK ipi­ning nukleosomaga o‘ralishi natijasida uning uzunligi 6 martaga kamayadi, natijada irsiy omilning xromosomada yanada jips joylashishiga qulaylik yaratiladi. Organizmlardagi irsiy belgilarning nasldan naslga utishi, oksillar biosintezi kabi hayotiy muhim protsesslar nuklein kislotalarning faoliyati bilan boglik.
Nuklein kislotalar 1-bo`lib 1868 yilda Shvetsariyalik olim F.Misher aniqlagan. Bu moddalar 1-marta hujayra yadrosidan topilganligi va konsentrasiyali hossaga egaligi uchun nuklein kislotalar deb nomlangan.
Misher tomonidan aniklangan bu moddalar uzok yillar olimlarni etiboridan chetda koldi. 1891 yilda nemis olimi Kassel bu moddalarni gidroliz kilib, ular 3 –hil komponentdan: purin va pirimidinli azotli asos, uglevod va fasfat kislotadan tashkil topganligini aniklandi. Shu bilan birga bu olim nuklein kislotalarning 2-hil tipi mavjudligini aytib utdi.
Nuklein kislotalarning aniq tuzilishi haqidagi ma`lumotlar 50 yillardan keyin paydo bo`ladi. Shu vaqtgacha yani 20-yillarning oxirida gistoximiyaviy Felgen reaksiyasidan foydalanib DNK xromosomalarda va RNK ning sitoplazmada joylashganligi aniqlandi. Shu yillarda nasliy belgilarning avloddan avlodga utishi xromosomalarda joylashgan genlarga bogliqligini tasdiqlovchi faktlar irsiyatning xromosoma nazariyasini yaratilishiga olib keladi. Shuningdek fanda bioximiyaviy jarayonlarni ham genlar boshqarilishi haqidagi malumotlar paydo buladi. 1928 yili ingliz olimi Fred Grifritsning tajribalari bajarishlar transformatsiyasini tushishiga yordam beradi. Uning ishlari 1944 yilda katta kashfiyot qilinishiga sabab buladi, yani amerikalir olimlar Everi va Mak Leod va Mak Kartilar bilan 10 yillardan beri olib borgan tadqiqotlarga kura Griffits tajribalaridagi pnevmakokklarning 1-turini 2-turiga aylantiradigan modda DNK ekanligi va bu molekulyar biologiyaning rivojlanishiga katta hissa qushdi.
Ribonuklein kislotalar
Ribonuklein kislotalar hujayraning hamma qismida uchraydi. Lekin ularning asosiy qismi ribosomalarda toplangan. Hujayra tarkibida uchraydigan RNK lar molekulasining massasi, ximiyaviy tuzilishi va funksiyasiga qarab bir biridan farq qiladi. Hujayrada asosan 3 hil RNK uchraydi.
Hujayradagi RNK ning 80% yaqinini ribosoma RNK (r-RNK) tashkil kiladi. Ribosomada RNK hujayraning mahsus organoidi ribosomalarda tuplangan. R-RNK ning molekulyar massasi ancha katta bulib, 1.5 -2 mln ga teng va 4000-6000 mononukleotit qoldigidan tashkil topgan. R-RNK huchayrada oqsillar bilan birikkan holda uchraydi.
RNK ning 3- turi informatsion RNK (i-RNK) yoki vositachi RNK (T-RNK) deyiladi. I-RNK yadroda sintez qilinadi.

Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling