52
Maktabgacha va maktab yoshida bolalarni absalyut muskul kuchini ortishi
o'rtacha bo'ladi. Uni o'sishi aloxida muskul tolalarini kattaligi va kuchni ortishi,
muskul tarkibidagi tez muskul tolalarini rivojlanishi va muskulni umumiy
massasini ortishiga bog'liq. Xar xil muskul guruxlarida muskul massasini o'sishi,
tolalar tarkibini o'zgarishi va muskullar kuchini ortishi bir tekisda ketmaydi.
Muskul kuchini o'sishi asosan o'tish davridan keyin boshlanadi (14 yoshdan).
Jismoniy rivojlanganlik ko'rsatkichlaridan biri qo'l dinamometriyasi
hisoblanadi. O'quvchilarning o'ng va chap qo'l barmoqlarini maksimal qisqarish
kuchi aloxida taxlil qilinadi.
1-sinf o'quvchilarida o'ng qo'l barmoqlarini bukuvchi muskullarning
maksimal qisqarish kuchini o'rtacha ko'rsatkichi 7,8 ± 0,2 kg/m. ga ga teng, SHu
yoshdagi o'quvchilarning o'ng qo'l kuchining eng yuqorisi 9,0 kg/m. teng bo'lib,
eng kichik ko'rsatkichi 5,0 kg/m. tashkil qildi.
Ikkinchi sinf o'quvchilarida o'ng qo'l barmoqlarini bukuvchi muskullarning
maksimal qisqarish kuchining o'rtacha ko'rsatkichi 8,8 ± 0,2 kg/m. aniqlandi.
Olingan natijalar o'rtasidagi farq 1,0 kg/m. ga teng bo'lib, bu farq statistik jihatdan
muqarrardir (p<0,01).
Olingan natijalarga ko'ra birinchi sinf o'quvchilarining o'ng va chap
qo'llarining barmoqlarini bukuvchi muskullarning maksimal qisqarish kuchining
o'rtasida jiddiy farqlar aniqlanmadi.
1-sinf o'quvchilarida chap qo'l barmoqlarini bukuvchi muskullarning
maksimal qisqarish kuchining o'rtacha ko'rsatkichi 7,5 ± 0,2 kg/m. teng bo'ldi.
Ikkinchi sinf o'quvchilarida chap qo'l barmoqlarini bukuvchi muskullarning
maksimal qisqarish kuchining o'rtacha ko'rsatkichi 7,3 ± 0,3 kg/m. aniqlandi.
Olingan natijalar o'rtasidagi farq 0,2 kg/m. ga teng bo'lib, bu farq statistik jihatdan
muqarrar emas (p>0,05). Bolalarning yoshi ortishi bilan o'ng va chap qo'l
barmoqlarini bukuvchi muskullarning kuchlari o'rtasida farq aniqlandi (4.3-jadval)
(4.3-diagramma).
Do'stlaringiz bilan baham: