Mavzuning dolzarbligi: mustaqil davlatimizning erkinligini saqlash, uni
rivojlantirish, butun dunyoga tanitish – bularninig barchasi kelajak avlodning
oldida turgan asosiy vazifalardandir. SHuning uchun yosh avlodni xar tomonlama
yetuk, sog'lom va chiniqqan qilib tarbiyalash pedogog va tarbiyachilar, tibbiyot
xodimlari, ota – onalar va keng jamoatchilik oldida turgan asosiy vazifadir. Xozirgi
kunda davlatimiz tomonidan yosh avlodni yetuk inson darajasi yetkazish uchun
barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda. Biroq odamlarni o'zining salomatligiga
munosabati o'zgarmasa barcha tadbirlar qog'ozdaligicha qolib ketaveradi. SHuning
uchun bolalarga o'z salomatligini saqlashga oid odatlarni iloji boricha ularning
yoshligidan singdirib borish kerak. Odam salomatligiga ta'sir qiluvchi tashqi muxit
omillari ichda eng tabiiysi va samaralisi jismoniy xarakat xisoblanadi. Bolalar
salomatligiga jismoniy xarakatlarni ta'sirini o'rganish xar doim xam eng dolzarb
masala xisoblagan.
O'quvchilarni jismoniy rivojlanishini kuzatish orqali ularni qanchalik darajada
sog'lom ulg'ayayotganligi haqida ma'lumotga ega bo'linadi. Hukumatimiz va
shaxsan Prezidentimiz tomonidan o'sayotgan yoshlarni salomatligiga alohida
e'tibor qaratilayotganligi ham bu mavzuni shu kunning dolzarb muammosi
ekanligini yana bir marta ko'rsatmoqda.
SHuning uchun bizning bitiruv malakaviy ishimiz ―Birinchi va ikkinchi
sinfda o'qiyotgan qiz bolalarning jismoniy rivojlanishi va tayyorligini ayrim
ko'rsatkichlari ―ni o'rganishga bag'ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |