Организмнинг улғайишидаги ўзгаришлари ва даврлари
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinfda oqiyotgan qiz bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi korsatkichlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar va osmirlarning osishi va rivojlanishini umumiy qonuniyatlari. Osish va rivojlanish togrisida tushuncha
8 II. Adabiyotlar taxlili II.1 Bolalar va o'smirlarning o'sishi va rivojlanishini umumiy qonuniyatlari. O'sish va rivojlanish to'g'risida tushuncha Organizmning ulg'ayishidagi o'zgarishlari va davrlari: 1. Ulg'ayishning davriyligi. 2. Organizmni yoshga oid o'zgarishlari. Bola organizmi voyaga yetgan organizmdan bir qator muxim belgilari bilan farq qiladi. Ularni bilish, empirik yo'l bilan emas, balki to'liq ilmiy asosda ya'ni bolalarni yoshga oid xususiyatlari hisobga olingan holda, ularni har tomonlama barkamol rivojlanish tizimini yaratish imkonini beradi. Odam organizmini rivojlanishi, uzluksiz jarayon sifatida, inson hayotining barcha davrlarida davom etadi. Faqat shuni e'tiborga olish zarurki, qarish jarayoni o'ziga xos bo'lib, bir qator hollarda qayta rivojlanish bilan bog'liqdir. Tana vaznini, alohida a'zolar va to'qimalarning kattalashuvidagi eng jadal o'zgarishlar hamda ularni differentsiyalashuvi bola hayotining birinchi yilida va bolalik davrida amalga oshadi. Voyaga yetgan davrda organizmning o'sishi to'xtaydi, lekin funktsional differentsiyalashuvi va reflektor faoliyatni takomillashuvi ichki kortikal aloqalarni rivojlanishi va murakkablashuvi hisobiga davom etadi. O'sish va rivojlanish bir xil mohiyatli jarayon emas, lekin bola barkamol va normal rivojlangan paytda ular yaqindan aloqada bo'ladi va o'zaro hamkorlikda harakat qiladi. Patologik holatlarda xam voyaga yetish, ayrim hollarda barkamol sharoitlarda sodir bo'lishi mumkin, lekin bunda, u, jadallangan holda kechadi. Masalan, ayrim hollarda, ba'zi bir morfologik strukturalar darajasida muddatidan oldin yetilish sodir bo'lib, bu hol bir vaqtning o'zida individda bolalik va voyaga yetgan belgilarni paydo bo'lishini tezlashtiradi. Bolaning yoshga oid rivojlanish davrlari tana va a'zolar og'irligi va kattaligi, skelet suyaklarini suyaklanish darajasi, tishlarini paydo bo'lishi, ichki sekretsiya bezlaridagi biriktiruvchi to'qimalarni rivojlanishi, kortikal faoliyat tavsifi va boshqa ko'rsatkichlar asosida aniqlanadi. Lekin, hozirgi davrgacha, yoshga oid davrlarni tizimlashtirish uchun asos bo'ladigan universal umumiy biologik 9 funktsional va morfologik belgilarning to'liq ro'yxati aniqlangani yo'q. Morfologik va funktsional belgilarni alohida yoshga oid davrlarda hamkorlikda o'tishlari hamda bolalarning o'sish va rivojlanishidagi tezkor o'tuvchi dinamik jarayonlar davrlarni qat'iy chegaralash va tizimlashtirishni qiyinlashtiradi. Bu hol, tizimlashtirishda birdamlikka olib kelmaydi. Pediatriyada, N.P.Gundobin taklif qilgan rivojlanish davrlari sxemasi eng ko'p tarqalgan:
Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling