Bahosi har qancha o’zgargan holda, u mol miqdoriga bo’lgan talabning o’zgarmay doimiy qolishini grafik usul tasvirlasak, bunda talab egri chizig’i tik bo’ladi va talab bahosiga nisbatan mutlaqo noegiluvchandir. - Bahosi har qancha o’zgargan holda, u mol miqdoriga bo’lgan talabning o’zgarmay doimiy qolishini grafik usul tasvirlasak, bunda talab egri chizig’i tik bo’ladi va talab bahosiga nisbatan mutlaqo noegiluvchandir.
- Agar mollarga bo’lgan talab baho o’zgarishiga bog’liq bo’lmasa, u holda talab egri chizig’i yotiq chiziqdan iborat bo’lib, talab mutlaqo egiluvchan bo’ladi.
- Iste’molchilar molni sotib olishlari uchu avvalo bu mollarni ishlab chiqarish kyyerak. Mollarni ishlab chiqarish va ularni iste’molchilarga yetkazib berish esa ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotlarining sotilishi o’zgarishiga, eng avvalo narxlarning o’zgarib turishiga qanday munosabatda bo’lishlari bilan bog’liqdir. Bu esa taklif qonuni asosida amalga oshadi.
Taklif - Taklif – ishlab chiqaruvchilarning bozorda sotish hohishi bo’lgan mollar va xizmatlar miqdoridir. Taklif – ishlab chiqaruvchilarning bozorda sotishga hohishi bo’lgan mollardan qancha va qanday turlarda ishlab chiqarilganligini ko’rsatadi. Mollar taklifiga texnika taraqqiyoti, ishlab chiqaruvchilarning monopol hukmronligi, mollar bahosida bo’ladigan o’zgarish kabilar ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun ham taklifni ko’tarilib (yoki pasayib) boruvchi o’q tarzida ifodalash mumkin.
Taklif - Bizga ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar o’z mollarini yuqoriroq bahoda, ya’ni qimmatroq sotishga harakat qiladilar. Shuning uchun ham sotuvchilar o’z mollariga imkon chegarasidagi eng quyi bahoni belgilaydilar. Bundan past baho esa bu mollar ishlab chiqarishni samarasiz qilib qo’yadi. Umuman, taklif qilinayotgan mollarning bozor bahosi bilan ularning miqdori o’rtasida bevosita bog’liqlik mavjud bo’lib, bahoning o’sishi bilan taklif hajmi ortadi va bahoning pasayishi bilan taklif hajmi kamayadi. Baho bilan taklif o’rtasidagi bunday bog’liqlikni taklif qonuni deyiladi. Taklif qilinayotgan mollarning bozor bahosi bilan bu mollar miqdori o’rtasidagi munosabat taklif egri chizig’i deyiladi. Uni quyidagicha ifodalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |