Oriental universiteti mustaqil ish makroiqtisodiyot fanidan Mavzu: Guruh: Bajardi: Tekshirdi
Download 0.56 Mb.
|
Makroiqtisodiyot fanidan Mirzayev Shoxruh[1]
Davlat xarajatlarining kamayishi va soliqlaming oshishi esa bu egri chiziqni chapga siljitadi. Xuddi shuningdek, pul taklifining oshishi LM egri chizig'ini o'ngga, kamayishi esa chapga siljitadi. IS-LM modeli ma’lum makroiqtisodiy natijalarga erishishning turli variantlarini ko'rib chiqish imkoniyatini beradi. Zero, bir bozorda bo'lgan o'zgarish ikkinchi bozorga ham ta’sir etadi. Masalan, deylik, Markaziy bank ochiq bozordan obligatsiyalar sotib ola boshladi.
Iqtisodiy o'sish sur'atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo'llaniluvchi «70 qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko'ra. milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YalM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o'sish sur'atiga bo'lish kerak boMadi. Masalan, mamlakatimizdagi o'sish sur'atining 7.7% darajasida YalMni 2 baravar oshirish uchun 9.1 yil talab etiladi (70:7,7). Xolbuki, iqtisodiy o'sishning 2000 yildagi 4.0% darajasida bu ko'rsatkichga 17,5 yilda (70:4) erishish mumkin edi. Keyingi yillarda iqtisodiy o'sish sur’atining yanada oshirilishi bu muddatning ahamiyatli ravishda qisqarishiga olib keladi. Ijtimoiy mahsulotning o'sish sur'ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o'zgarishi o'rtasidagi nisbat iqtisodiy o'sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi. Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko'payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko'paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o'rnatilgan uskunalarning quvvati. miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo'yicha xuddi o'shanday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o'zgarmay qoladi. Iqtisodiy o'sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg'or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo'llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo'li bilan erishiladi. Intensiv yo'l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o'sishida, mahsulot sifatining oshishida o'z ifodasini topadi.
Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling