Oriental Universiteti Pedagogika va psixologiya yoʻnalishi 2-15 guruh talabasi Savurov Jahongirning
Download 218.9 Kb.
|
2-15 guruh talabasi Savurov Jahongirning,,Pedogogik mahorat\'
Oriental Universiteti Pedagogika va psixologiya yoʻnalishi 2-15 guruh talabasi Savurov Jahongirning ,,Pedogogik mahorat''fanidan tayyorlagan Referati Soxta ishonchni bartaraf qilish uchun oqituvchi quyidagi uch yonalishda ish olib borishi kerak: Sinf jamoasida sog`lom ijtimoiy fikrni shakllantirish. Muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy hayotiy tajriba yaratish. Soxta ishonchni asosiy tarzda inkor qilish. Soxta ishonchni ozgartirishning quyidagi usullari mavjud: oquvchini ozini boshqalar bilan taqqoslashga undash. Uning fikriga qarama-qarshi fikrda bolgan kishi bilan yaqindan tanishish (masalan, bola oqishni xohlamaydi, lekin uning tanish ortog`i kop oqiydi va biladi, ammo ozining quruq yodlovchi yoki ota bilimdon qilib korsatmaydi); notog`ri qarashlar va ishonch oqibatda nimalarga olib kelishini korsatish (masalan, ana shunday xislatlarga ega bolib, oz hayotini barbod qilgan, oz erki, g`ururi va vijdonini yoqotgan kishilar haqida sozlab berish. Buning uchun hayotiy misollar, badiiy asarlar, kinofilmlar va boshqalardan foydalanish mumkin); soxta ishonchni yoqlab, himoya qiluvchi oquvchi fikrini mantiqiy rivojlantirib, uni hayratga soluvchi holatga yetkazish. Masalan, barcha oquvchilar oqituvchilarni aldash, ichki tartib-qoidalarga rioya qilmaslik nimalarga olib borishi mumkin). Oqituvchi tarbiyachi sifatida tarbiyalanuvchi oquvchilarni ozi uchun hamisha tarbiya obyekti deb hisoblashi kerak. Biroq tarbiyalanuvchi oqituvchi-tarbiyachi bilan erkin va ongli munosabatda bolishga erishsagina, tarbiyaviy munosabatlar samarali xarakter kasb etadi. Tarbiyaviy faoliyatning kommunikativ munosabatlar jarayonida oziga xos qator qoidalari ham mavjud bolib, oqituvchi oquvchilarga pedagogik tasir korsatishda ushbu qoidalarni mukammal bilishi lozim Oqituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish yollari Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun oqituvchi: oquvchilar bilan bolajak munosabatni modellashtira olishi; munosabatda boladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan bilishi; bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat ornatish; munosabatda ustunlikka ega bolib, uni demokratik talablar asosida oqilona boshqarish; munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini uzluksiz tahlil etib borishi lozim. Oqituvchi kasbiy mahoratida muhim ahamiyatga ega bolgan insoniy fazilat hamda xushmuomalalikni ozida shakllantirishi uchun muntazam faoliyat olib borishi zarur. Oqituvchi pedagogik faoliyatiga oid shaxsiy oz-ozini tarbiyalashning ozaro fikr almashish va aloqadorlikka doir quyidagi tizimlarini tavsiya etish mumkin. 1.Kasbiy faoliyat jihatidan oz-ozini anglashni (muomalada ozaro fikr almashishga doir sifatlarni, ijobiy va zaif tomonlarini aniqlashni) amalga oshirish va shu asosda ozaro fikr almashish asosida oz-ozini tarbiyalash dasturini ishlab chiqish. 2. Oz kasbiy faoliyatiga quyidagi yonalishlarda baho berish maqsadga muvofiq: kishilar bilan bolgan muomaladan song olingan taassurotlarni tahlil qilish, oquvchilar bilan muomalaning songgi holatlarini organib, muomala haqida ozining yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish, muomaladagi imkoniyatlaringizni atrofdagilar (oqituvchilar jamoasi, ota- onalar, oquvchilar) qanday baholashi haqidagi tasavvurlarga ega bolish. 3. Ozida insonparvarlikning asosiy xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan ixtisoslashtirilgan oz-oziga tasir otkazuvchi autogen mashqlar asosida ishlash. 4. Oquvchilar va ota-onalar bilan turli jamoat ishlarini olib borish, bundan ozaro fikr almashish faoliyatida konikma va malakalar (maruzalar, suhbatlar, kamolot yoshlar uyushmalari) hosil boladi. 5. Soz bilan ogzaki tasir otkazishda salbiy kayfiyatlarni yengish tajribasini shakllantiradigan va xushmuomalalikni rivojlantiradigan vaziyatlar tizimini yaratish. 6. Xushmuomalalikka milliy anana va urf-odatlarimiz, ozbekona muomala madaniyati, milliy manaviyatimiz nuqtai nazaridan yondashish. 7. Oz ona tilida puxta, londa va jarangdor sozlar tuza olish va uni nutqiy mahorat bilan ifodalash talim muassasalarida organilayotgan har bir fan oqituvchisi uchun eng zarur kommunikativ qobiliyatlardan biridir. Oqituvchi kasbiy faoliyati davomida nutqidagi soz qudratini takomillashtirib boradi. U ozbek tilining boy imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali soz boyligini gozal, ravon, ifodali, tasirchan bolishiga intiladi. Zero, gozal va tasirchan sozlay bilish ham sanat. Bu sanatdan bebahra bolgan oqituvchining kasbiy mahorati shakllanmaydi. Qaysi fanni oqitishdan qatiy nazar, oqituvchining asosiy quroli soz boyligidir, u soz qudrati asosida kommunikativ qobiliyatini namoyish etadi. Download 218.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling